Amaliy topshiriq
Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar har bir talaba 21+10=31
ta masalani
ishlashi kerak. Talabalar topshiriqlarni daftar yoki listga yoziladi hamda pdf
holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz
so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan,
ism
familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan
talabalarning javoblari baholanmaydi.
1. Berilgan uch nuqtaning ikkitasidan o`tkazilgan to`g`ri chiziqqa parallel qilib
uchinchi nuqtadan to`g`ri chiziq o`tkazing.
2. Berilgan to`g`ri chiziqda shunday nuqta topingki, uni to`g`ri
chiziq tashqarisida
berilgan nuqta bilan tutashtiruvchi kesma va shu to`g`ri chiziq bilan berilgan
kattalikdagi burchak hosil qilsin.
3. Faqat sirkuldan foydalanib, berilgan kesmani davom ettirmasdan uning davomida
yotuvchi nuqtani toping.
4. Ma`lum uzunlikdagi kesmani berilgan burchak tomonlari orasiga burchakning
tomonlarini kesib o`tuvchi ma`lum to`g`ri chiziqqa parallel ( yoki bu kesma
burchakning bir tomoni bilan ma`lum burchak tashkil etadigan) qilib joylashtiring.
5. Berilgan burchak tomonlari orasiga ma`lum uzunlikdagi kesma uchlarini burchak
tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan qilib joylashtiring.
6. Berilgan nuqtadan berilgan burchak tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan to`g`ri
chiziq o`tkazing.
7. Berilgan burchakning uchidan uning tashqarisida
yotuvchi hamda burchak
tomonlari bilan teng burchaklar hosil qiluvchi to`g`ri chiziq o`tkazing.
8. Burchak va nuqta berilgan. Shu berilgan nuqtadan shunday to`g`ri chiziq
o`tkazingki, uning berilgan burchak tomonlari orasidagi kesmasi burchakning bir
tomonida shu to`g`ri chiziq ajratgan kesmaga teng bo`lsin.
9. Berilgan nuqtadan berilgan ikki parallel to`g`ri chiziq orasidagi kesmasi ma`lum
uzunlikda bo`lgan to`g`ri chiziq o`tkazing.
10. Berilgan burchak tomonlarini ma`lum uzunlikdagi kesmalar hosil qilib kesib
o`tkazuvchi to`g`ri chiziq o`tkazing.
11. Uchburchakning asosiga parallel qilib uchburchak yon tomonlarini kesganda, bir
yon tomonining pastki kesmasi ikkinchisining ustki kesmasiga teng bo`lgan to`g`ri
chiziq o`tkazing.
12. To`g`ri burchakni teng uchga bo`ling.
13. Sirkul va chizg`ich yordamida
quyidagi burchaklarni
yasang:
15⁰, 22⁰, 30′, 60⁰, 75⁰, 105⁰, 112⁰30′, 120⁰, 135⁰, 150⁰.
14. O`rta perpendikulyar tushunchasidan foydalanmay, berilgan to`g`ri chiziqqa
uning berilgan nuqtasidan perpendikulyar chiqaring.
15. Uchi chizmada ko`rsatilmagan burchakning bissektrisasini toping.
16. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki,
berilgan B va C
nuqtalardan u to`g`ri chiziqqacha masofalar teng bo`lsin.
17. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, berilgan B va C
nuqtalardan bu to`g`ri chiziqqa o`tkazilgan perpendikulyarlar orasidagi masofa
berilgan kesmaga teng bo`lsin.
18. Berilgan ikki nuqtaning har biridan bittadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki,
ularning berilgan to`g`ri chiziq bilan kesishuvidan teng tomonli uchburchak hosil
bo`lsin.
19. Burchak ichidagi nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, uning burchak
tomonlari orasida qolgan kesmasi shu nuqtada teng ikkiga bo`linsin.
20. Berilgan aylanaga shunday ikki urinma o`tkazingki, ular o`zaro berilgan burchak
ostida kesishsin.
21. Aylana ichida berilgan nuqtadan shunday vatar o`tkazingki, u vatar shu aylanada
teng ikkiga bo`linsin.
1-masala. Bir burchagi va shu burchak uchidan chiqqan balandligi hamda
bissektrisasi berilgan uchburchak yasang.
2-masala. Asosi
c va ikki yon tomoniga tushirilgan medianalari
m
a
, m
b
berilgan
uchburchak yasang.
3-masala: Aylanada
shunday nuqta topilsinki, u berilgan ikki nuqtadan teng
masofada yotsin.
4-masala: Uchburchakning bir tomonida shunday nuqta topingki, u nuqta
uchburchakning qolgan ikki tomonidan teng uzoqlikda joylashgan bo`lsin.
5-masala. Berilgan radius bo`yicha berilgan nuqtadan o’tib,
berilgan to’g’ri chiziqqa urinuvchi aylana chizing.
6-masala. Asosi, uchidagi burchagi va shu uchidan tushirilgan balandligi berilgan
uchburchak yasang.
7.Masala: Balandligi, perimetri va asosiga yopishgan bitta burchagi berilgan
uchburchak yasang.
8-masala. A burchak va
uning bir tomonida B berilgan; bu burchakning ikkinchi
tomonida shunday C nuqta topingki,
|AC|+|CB| yig`indi berilgan
l kesmaga teng
bo`lsin.
9-masala. Quyidagi elementlarga ko`ra to`g`ri burchakli uchburchak yasang
10-masala. Ikki tomonining ayirmasi va shu tomonlar qarshisidagi burchaklarining
yig`indisi va ayirmasi berilgan uchburchak yasang.