Амир темур ва темурийлар даврида жисмоний тарбия



Yüklə 25,64 Kb.
səhifə1/2
tarix14.03.2023
ölçüsü25,64 Kb.
#87791
  1   2
Amir Temur va temuriylar davrida jismoniy tarbiya


Amir Temur va temuriylar davrida jismoniy tarbiya. (XIV-XVIII asrlar)
R E J A :
1. Amir Temur buyuk tarixiy va jismoniy
saloxiyatli shaxs.
2. Jangchilar orasida yakka kurash turlarining axamiyati.
1. Amir Temur buyuk tarixiy va jismoniy saloxiyatli shaxs.

Amir Temur 1336 yil 9 aprelda (xijriy 736 yil) da kashkadaryo voxasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga karashli Xuja Ilgor kishlogida tugilgan. Temur yoshligidan yaxshi ta’lim va tarbiya oladi, o’ o’smirlik yoshidayok Kur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtixon kilishib, kuvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O’n ikki yoshga tulganida u: «bolalarcha o’yinlardan orlanadigan bo’ldim va vaktimni o’zimga tengkur o’spirinlar bilan o’tkazishga xarakat kildim» (Amir temur Kuragon. Zafar yo’li, T. «Nur», 1992, 30-bet).


Temur tugilishi bilan, ya’ni chakalok tugilgan zaxoti namakobga cho’miltirib, ketidan badaniga mol yoki yogini surtganlar. kirk kungacha chakalokni kanda kilmay sho’r suvga cho’miltirishda, bosh-oyogini yoglab, tezdan paxlavon bo’lib ulgaysin, degan niyatda ko’l-oyoklarini tortib-tortib kuyishar edi.
Yosh Temurning dastlabki savodi oilada chikarilgan va etti yoshidan madrasada o’kiy boshlagan. Bu xakda u o’zining «Tarjimaixoli» da shunday yozgan: Etti yoshga tulganimda, meni madrasaga olib borishdi. Men o’kiy boshladim va erishgan muvaffakiyatlarimdan bexad xursand bo’ldim. Tadkikotchi olim B.Axmedovning ta’kidlashicha, Temur madrasaga kelganda xarf taniydigan bo’lgan.
Jismoniy tarbiya va sportning tarakkiyotini o’rganishda jaxonga mashxur sarkarda va davlat arbobi bo’lib tanilgan Amir Temur yaratgan saltanat xamda uning xayot faoliyati o’ziga xos ibrat maktabi xisoblanadi.
Amir Temur o’zining umri davomida turli mamlakatlarga o’ttiz marotabadan ortik ko’shin tortib borgan va janglar kilgan. U bu janglar natijasida Kora, Egey va O’rta Er dengizidan to Xindistonning sharki, Muguliston va Xitoygacha, Xind okeanidan to Urol toglari, Moskva ostonalari va Dnepr bo’ylarigacha bo’lgan
Xududlarni zabt etdi va buyuk bir saltanat barpo kildi. Yukorida kayd kilingan jangu jadallar, xarbiy yurishlar insondan afsonaviy jismoniy saloxiyatni, kudrat, baxodirlik, akli zukkolikni talab etardi, Amir Temur ana shunday siymolardan biri edi.
Temurning bunchalik shon shuxrati va zafar kozonishining siri moxir sarkardaligi, odillik va zukkolik bilan ish yuritishligi donishmandligi bilan bir katorda yoshlikdan kurash, chavandozlik, nayzabozlik, kalkonbozlik, tiyranbozlik, kilichbozlik xamda ov kilish ilmini mukammal egallaganligidir. Bu borada Saloxiddin Toshgandiyning «Temurnoma» asarida
(1990y) keltirilgan vokealar dikkatga sazovor.
«…Roviylar rivoyat kilurlarkim, Amir Soxibkiron 12 yoshga to’lgan payt to sarxadiga etkuncha ushok bolalarni o’rtasida saltanat rusumi kilur erdi. Xar bakacha bir mansabni mukarrar kilib, o’zi amir bo’lib, o’zgalarni vazir, bakkavul, yana xar erga korovul kilib, alarga sipoxlik ilmini o’rgatar edi. Odamlar anga uzok-yakindin tomosho kilur erdilar, xar kun ushbu odatda la’bat ila o’ynar erdi. Birov aytdi: «Abo Muslim kassobni sixlik kanorasin bir barmogila otib yuboribdur, kitobda ko’rdim» deb Amir Temur aytdi: «.. bu saxal martabadur, men xam ko’tarurman». Anda kassob kanorasun kelturdilar: bir barmok birla otib tashladi. Amir Temurni 4 kirdorini kitobga yozganlar, nechunkim avval bir kuli birla to’la yuklik arobani ostidan ko’targan, ikkinchi ajdar boshini tishi birla tishlab olib tashlagan. Uchinchi, birla tishlab olib kishi tortadurgon kovgani yolgiz o’zi tortib olgan. To’rtinchi, kutir uyiz bo’lib etti yilgacha sira o’zin kashumagan erdi».
Jamiyat tarakkiyoti tufayli xarbiy-amaliy jismoniy mashklardan sof sport turlari ajralib chikkan, binobarin tirandozlik, chavandozlik yoki ot sporti, kilichbozlik va boshkalar. kilichbozlik sport turida xam Amir Temur kuragoniy o’z davrining eng moxir ustalaridan sanalgan. U xech tab tortmay, xatto o’n-o’n besh nafar dushmanga karshi kilich solgan. «Temurnoma» dagi kuyidagi satrlar bunga yorkin misol bo’la oladi:
«... Amir Temur 14 yoshga kelib erdi... xon surdikim» turuk otlik kimdur? Anda birov turib aydi: «bu Turagay baxodir o’glidur. Amir Temur. Xonning nazariga yosh bola ko’ribdur, buyurdikim: «Turagay boxodirni o’gli janga bormasun» Anda Amir Temur o’k yosin olib toblab yubordi. Otilib ellik kadam erga borib tushdi. Mirzo Sayfiddin ancha taklid kilib, ani o’rniga yuborolmadi. Andin keyin Soxibkiron dasturi Chigatoy birla xonga kelib, tizin bukib duo kildi. Aydi: « iltimos kilib sizni xoxlayurman, davlati xumoyunningizda ushbu ko’shin men birla talosh kilsalar». Anda uch kun talosh kildilar. Barchalari akalli aning ko’lidane yarogin to’rtib ololmadilar.
Bu jur’atni Soxibkirondin ko’rib, ba’zilari yoshurun zur kildilar, kuchlari etmadi, tortib ololmadilar.
Nayzabozlik xam xarbiy amaliy sport turlariga kirgan. Abu Ali ibn Sino «nayzabozlikni, tez xarakatlar nayza uchi bilan sanchishni ravon va engil mashklar jumlasiga kiritgan. Nayzabozlik ot ustida bajariladigan mashk turlaridan biri. Amir Temur shiddatkor nayzaboz bo’lgan «Filxol, kilich Arslon asloxa-yaroglarini tokinub, nayzasini ko’liga olib Amir xam musallix bulub, otlariga minub ikki tarafdin shovkin solib, birdan nayzabozlik kilib, Amirga nayza soldi. Amir chap berib, nayza solib erdi, orkasidin yana soldi. Xozir bo’l, deb, Amir otin yoliga yopushti, nayza borib toshga tegib, ikki korish botti, yana tartib olib nayza soldi. Amir nayzani o’tkazib, kilich koldi, yosiga tegib bogidin uzildi..»
Xar bir elat, urug, millat o’zining milliy, ma’naviy va madaniy merosini asrlar osha avaylab asrab kelmokda, xuddi shu asosda xalkimizning kadimiy va navkiron milliy kurashi bunga misol bo’la oladi.
Kurash-bu paxlavon yigitlarning kuch sinashini. Elkama-elka turib ushlashib, buyin va belni kaytarib xar xil usullarni ishlatib rakibining elkasini erga tekizishdir. Milliy kurashimiz yoshlarni xayotga soglom, bakuvvat, jasur, epchil, kuchli, chidamli kilib tayyorlash va tarbiyalashda asosiy vosita bo’lib xizmat kilgan.
Amir Temur baxodir, jasur, ko’rkmas, sheryurak paxlavon bo’lgan. Jismoniy kamchiligi-oyogining oksokligi va ikki barmogining yo’kligiga karamay rakiblari bilan elkama-elka olishuvlaga chikaravergan. «Temurnoma» da Amir Temur va kilich Arslon o’rtasidagi kurash bayon kilingan. «Amirni belidan tutib, ikkovlari yayovlik xolda talashga mukayid bo’ldilar. Lekin Amirni bir kulu, bir oyoglari andak nokor erdi. Shunda bo’lsa xam kech vaktgacha talosh kildilar. Amirni xoli ziklikga olib, iltijoda bo’ldilar. Bu baytni aytdilar:
ko’lim oling, yo pirim, menda kuvvat kolmadi,
Yo’lga soling, yo pirim, menda gayrat kolmadi.
Filxol, Nakshband pirimga ayon bo’lib, ikkovini borib kultugidan olib, er uzra ottilar. Amir yikildim deb gumon kilsa, kilich Arslonni kuksi uzra ulturibdur».
Temurning shaxsiy kiyofasi, kuch kudrati to’grisida mashxur muarrix Ibn Arabshoxning kuyidagi iboralari goyatda asoslidir: Amir Temur jismu jasadi kelishgan, kaddi-komati tik, uzun tik, uzun bo’yli, guyoki kadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo’lib, boshi katta, goyatda kuchli va salobatli.ko’l-oyoklari bakkuvat, elkalari keng barmoklari yo’gon , pochalari gushtli, bo’yi basti kamoliga etgan, sersakol, ikki ko’zi bamisoli ikki shamdek bo’lsada-da, shodligi bilinmas, yfgon ovozli edi. U o’limdan ko’rkmas, yoshi saksonga etgan bo’lsada iztirobsiz, vazmin, badani tula va pishik bo’lib, go’yo zich (kalin) tosh misoli kattik edi. U xazil-mazax va yolgonni yoktirmas, o’yin-kulgi-yu ko’ngil xushlikka maylsiz, garchi unda o’ziga ozor etadigan biron so’z bo’lsa xam xakikat (to’gri so’zlik) unga yokar edi. U bo’lib o’tgan ishga aziyat chekmas va ko’lga kiritiladigan yutuklardan shodlanmas edi» (Ibn Arabshox. Amir Temur tarixi, 2 kitob,T. «Mexnat», 1992-65 bet).
Amir Temur ulug davlat arbobi va saloxiyatli sarkarda bo’lishi bilan bir katorda bizga ibrat bo’ladigan darajada turli soxalarga kizikkan, ko’p soxalarda muvaffakiyatga erishgan edi. Xususan, shoxmot soxasida o’z davrida kamdan-kam unga tenglasha olgan (Xurshid Davron, Soxibkiron nabirasi yoki mitti yulduz kissasi-T «Shark», 1995-131 bet).
Shoxmot yoki Shatranj Markaziy Osiyo xalklarining eng kadimiy o’yinlaridan xisoblanadi. Shuning uchun xam Turoni zaminimizda, shoxmot o’yini xakida ko’plab tarixiy manbalar uchraydi. Turon mamlakati mashxur va moxir shoxmotchilarga boy bo’lgan. Amir Temur davrida shatranjchilardan Muxammad ibn Akiyl al-Xaymiy, Zeyn al-Yazdiy va boshkalar bo’lib, ularning allomasi fikxchi, xadischi olim Allouddin at-Tabriziy edi. U Zeyin al-Yazdiyga ortikcha bir piyola kuyar va undan golib chikar edi. Ibn Akiylga esa bitta ot kuyib, uning ustiga minib olardi, ya’ni engardi. Temur sharku garb iklimlarigacha borib etdi. Uning jangu jadalida xar bir sulton yutkazib, xar bir shox jangda xam, shoxmot o’yinida xam undan engilib mot bo’ldi.
Temur Alouddinga: «Go’yo men saltanat siyosatida yagona bo’lganim kabi sen xam shoxmot olamida tengi yo’ksan»,-der edi. Yana bizlardan, «ya’ni men va mavlonno Ali Shayxdan xar kaysimiz o’z san’atimizda karomatlarga ega bo’lib, benazir kishilarimiz»,-derdi. Shoxmot o’yini-yu mansublari ilmida Ali Shayxning o’ziga xos sharxi bo’lib, u bilan o’yinda chukur uylamasdan turib, uning fikri xaddiga etishga xech bir kimsa kodir emasdi. Bir vaktning o’zida u ikki rakib bilan goyibona uynar va xisobini olish natijasida uz tomonida kanday donalar borligini bilardi. U va Amir Temur katta shatranj o’ynardilar» («Somon yo’li») Amir Temur xayotiga bagishlangan.T,Kamalik,1992, 61-bet).
Yildirkim Boyazid jang oldidan o’z kumondonlari oldida otashin nutk so’zladi va beklaridan fidokorona jang kilishni talab kildi. Amir Temur bo’lsa, ko’shinlari safga tizilgandan so’ng dargoxida xizmat kilgan o’z zamonasining ulug shatranjchisi Alouddin at-Tabriziy bilan shu kadar xotirjam kiyofada katta shatranj o’ynashga kirishdiki, go’yo uning oldida xar kungi adabiy vokea sodir bo’layotganidek edi (266-bet).
Amir Temur buyuk jaxongirligi bilan bir katorda, jismoniy saloxiyatda benazir shaxs edi. U ta’kidlaganidek, «O’z kudratimni saklash uchun men bir kulimga adolat shamini va ikkinchi ko’limga begarazlik shamini olib, bu ikki sham bilan butun umr buyi o’z yo’limni yoritib yurdim». U tiyrandozlik, chavandozlik, nayzabozlik, kilichbozlik, merganlik, ko’l jangi va ko’pgina milliy sport turlarini mukammal egallagan. Xarbiy yurishdan oldin jangchilarning jismoniy tayyorgarligiga aloxida e’tibor berib dushman kul, oyoklarini kayirib sindirish, oyok bilan tepish, mushtlashish, oyok-ko’lni bir vaktda ishlatish usullarini ko’rsatib, sipoxlariga namuna bo’lgan. Shuningdek, maxsus tayoklar, zanjirlar, gurziyu chukmorlar yordamida zarba berish, pichok, bolga sanchish maxoratini ularga jangoxlarda juda ko’l kelgan. Soxibkiron navkarlarining kanchalik jismoniy tayyorgarlikka ega ekanligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Sipoxlarning yarok-jabduklari va anjom-jixozlari xakida, u: «Shunday buyruk berdikim, yurish vaktida oddiy askardan xar o’n sakkiz kishi o’zi bilan birga bir chodir olsin, xar bir askar ikki ot, bir kamon bir sadok o’kdon, bir kilich, arra, digiz, bir kop, juvoldiz, bolta o’nta igna va orkaga osiladigan charm xalta olinsin. Baxodirlar xar biri bitta oddiy temir sovut, dubulga, bir kilich olsin»,- deydi. (Temur tuzuklari T.,G’.G’ulom nashriyoti. 1991 yil 83-bet).
Yukorida kayd kilingan kurol aslaxa va anjom-jixozlarini manzildan-manzilga ko’tarib yurishning o’zi sipoxdan kanchalik kuch, matonat, jismoniy tayyorgarlikni talab kiladi. Urush oldidan u kishining umuman jangovar ko’rigini o’tkazgan va xar bir lashkar boshining kismlari sinchkovlik bilan kuzatgan. M.Ivanovning ma’lumotiga ko’ra «jangovar tartibda saflangan Amir Temur ko’shinlari ko’rik paytida 4 farsang masofani egallagan». Ulardan tashkari «toglarda olib boriladigan janglar uchun Amir Temur tik koyaliklarga chika oladigan toglik erlarda janglarga ko’nikkan tog axolisidan tashkil topgan maxsus piyoda kismiga ega edi». (Ivanov M. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur,-T., Fan. 1994-240 b).
Amir Temur ega bo’lgan uch turdagi otlik askarlar tizimida uning taktik uslubi namoyon bo’ladi, ya’ni jangovar katorlarning markazi kuchsiz bo’lgan. Bu maxsus o’ylab ishlatilgan taktik uslub bo’lib, dushman kuchlarining markazdan yorib kirishiga ataylab sharoit yaratish va so’ngra kanotlardagi zarbdor kuchlar yordamida uni urab olib, tor-mor kilish nazarda tutilgan, Ularning asosiy vazifasi bir xamla bilan dushmanning bayrogini ko’lga kiritishdan iborat edi. Chunki tug va nogora xokimiyat belgisi xisoblangan janglarda jasorat ko’rsatgan jangchilarga botir, jasur, baxodir unvoni berilgan.
Sharofuddin Ali Yazdiyning kayd etishicha, Amir Temurning xarakterli xususiyatlardan biri-davlat, mamlakat fukaroga gamxurlik kilar edi. Uning koidasi «rosti-rasti» edi. Xakikat sixat-salomatlik, xakikat-targib, xakikat-adolat demakdir, deb tushuntiradi u. U insonparvarlik va mardlikni Allox xam, xalk xam uluglaydi, degan ko’p takrorlar edi.


Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin