Anatomiya fani



Yüklə 79,15 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,15 Kb.
#201598
  1   2   3   4   5   6   7   8
ANATOMIYA FANI


ANATOMIYA FANI

Odam anatomiyasi (anatomiya yunoncha anatomeo - kesaman so’zidan olingan) odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o'rganadigan fandir. Bu fan har bir a'zoni jinsiy tafovutlar jihatidan, shuningdek atrof muhitning a'zolar tuzilishi xamda vazifasiga bulgan tasirini o’rganadi.


Organizmning paydo bo’lishini, tug’ilguncha ona qornida o’sib, rivojlanib borishini embriologiya (embriogenez - embryon - murtak, kurtak) o’rgansa, tug’ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo’lgan davrni "yoshga doir" anatomiya o’rganadi.
Anatomiya shu bilan birga a'zolarning individual xususiyatlarini, ularning ozaro munosabatlarini, joylashish - topografiyasini ham o’rganadi.
Organizmning shakllanishi va rivojlanishiga, shuningdek, odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy-geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum kabi omillari ham ta'sir etadi. Bu ta'sirlarni antropologiya fani urganadi.
Fiziologiya (yunoncha physis - tabiat va logos - fan, ta'limot so’zlaridan olingan) esa organizmni, a'zolar sistemasi va alohida a'zolarni, to’qimalar, xujayralarning hayotiy faoliyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Fiziologiya bu xususiyatlarni ¢rganishda yoshga, jinsga va atrof-muhitning organizmga ta'siriga ham axamiyat beradi. Shu jihatdan ham anatomiya bilan fiziologiya fanlari o’zaro bog’langan bo’lib, biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiyada morfologiya fani (yunoncha - morphe shakl so’zidan olingan) organizm hamda a'zolarning tuzilishi va shakllarini o’rgansa, fiziologiya fani ularning hayotiy vazifalarini o’rganish bilan shug’ullanadi.
A'zolarning ichki tuzilishini, ularni tashkil qilgan tuqimalar, hujayralarni o’rganish bilan gistologiya fani shug’ullanadi. A'zolarning kasallik holatidagi tuzilishini o’rganish bilan esa patologik anatomiya shug’ullanadi.
Odam anatomiyasini o’zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli ravishda bir necha sistemaga ajratib o’rganiladi (sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar qismi - osteologiya, suyaklarning uzaro birlashishi (bo’g’imlarni o’rganadigan qismi - sindesmologiya), muskullar - miologiya, ichki a'zolar sistemasi - splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi - angiologiya, ichki sekret bezlar qismi - endokrinologiya, sezgi a'zolari - esteziologiya va nihoyat, nerv sistemasi - nevrologiya bo’limlaridan iborat.
Topografik anatomiya esa a'zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari ularning o’zaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o’rganadi.
anatomiya mayib-majruh bo’lib tug’ilgan bolalar organizmining tuzilishini (teratologiya yunoncha - teraios), bola tug’ilgandan boshlab qarilik davrigacha bulgan vaqtdagi organizmdagi morfologik o’zgarishlarni ham (yoshga qarab) o’rganadi. Organizmning kasallik davridagi anatomiyasini esa patologik anatomiya (patos - xastalik, azob chekish), shu bilan birga muskullarning qisqarishini (dinamikasini) dinamik anatomiya yoki sport anatomiyasi o’rganadi
ANATOMIYANI O`RGANISh USULLARI

Bular quyidagilar:


1 Antropometrik usulda gavdaning uzunligi, kengligi va og’irligi o’lchanadi, olingan ma'lumotlar organizmning ayrim bulaklariga taqoslanib, o’sishi yoki o‘zgarishi kuzatib boriladi.
2. Kesib ochish yuli bilan preparatlar (preparate) yasash usuli.
3. Arralash usulini birinchi marta N.I. Pirogov qo’llagan. U dastlab murdani qattiq, muzlatib, sungra o’rganish kerak bulgan organizm bulagini qavatma-qavat qilib arralagan. Bu usulda a'zolar topografiyasini aniqrog’ o’rganish mumkin
4 In'eksiya usuli (injectio - lotincha quyaman) - ichi kavak a'zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy buyoklar yuborib o’rganiladi.
5. . Yoritish, ravshanlashtirish usuli. Buning uchun a'zoni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan har xil to’qimalar nurlarning turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko’rinadi
6. . Korroziya yoki yemirish usuli - ichi bo’sh a'zolar ichi tez qotadigan modda bilan to’ldirilib, so’ngra uni turli kislota yoki ishkorlar suyuqligiga solinsa, a'zo to’qimalari yemiriladi va bo’shlig’iga yuborilgan modda a'zolar shaklini saqlab qoladi
7. Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli. K. Rentgen nuri kashf etilgandan buyon (1895) qo’llaniladi. Bu usul tirik odam tuzilishini o’rganishga keng imkon beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa uning taraqiy etishini kuzatish mumkin. Ichi kavak a'zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib, ekranda ko’rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini
olish (rentgenografiya) yuli bilan o’rganiladi.
8. Paypaslab (palpatio) o’ganish usulu .
9. Perkussiya (percussio - barmoq yoki bolg’acha bilan urib aniqlash usuli .
Bu ikki usul kasalni kurish paytida qo’llanilib, a'zo chegaralarini urganishda keng foydalaniladi.
10. Auskul'tasiya (auscultatio - eshitib k¢rish) usuli - maxsus eshituv asboblari yordamida a'zolar (yurak va o’pka)ning ishlab turgan paytidagi tovushi eshitiladi. Bu usul a'zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi.
11. Mikroskopda ko’rib urganish usuli. Bu usulda a'zolarning nozik tuzilishlari maxsus buyoklar bilan buyalib, mikroskoplar yordamida o’rganiladi.

Yüklə 79,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin