Andijon 2022 Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#145102
  1   2
21 Faol tajriba o\'tkazish ketma-ketligi.



Andijon 2022
Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish 


AndMI 
Alijonov Xabibullo 
Faol tajriba o'tkazish ketma-ketligi
 
Reja: 
1. Faol tajribalashtirishning afzallliklari.
2. Tо'liq omilli tajriba va uning natijalarini qayta ishlash.
3. Regressiyaning kodlangan koeffitsiyentlarini aniqlash


AndMI 
Alijonov Xabibullo 
Faol tajriba ma‘lurn otlari bo'yicha empirik modellarni qurish
 
Sinov tadqiqotlami o'tkazishda tajribalar faol va passiv tajribalarga farqlanadi. Passiv tajribalashtirish 
uslubiyati kirish o'zgaruvchilari x ning ketma-ket variatsiyalangan qiymati va chiqish o'zgaruvchilari y 
(laboratoriya tajribasi yoki uchish qurilmasidagi tajriba) ni o'lchash natijalarining tahlili bilan katta sinov
tadqiqotlarini amalga oshirishga mo'ljalIangan.
Qabul qilingan passiv tajribaga yana sanoat qurilmasini ishlatish rejimidagi sinov ma‘lumotlari to'plami - 
sanoat tajribasi ham tegishli.
Passiv tajriba natijalarini qayta ishlash regression va korrelatsion usullar hamda empirik modellar 
(regressiya tenglamasi) turini tanlash, ya‘ni yetarlicha murakkab masala hisoblanuvchi strukturali 
identifikatsiya masalasini yechish yordamida amalga oshiriladi.
Bu tajriba ma‘lumotlarining tanlanmasi bo'yicha olingan regressiyaning empirik chizig'i grafigidagi 
o'zgaruvchilarning o'zgarish tavsifi bo'yicha aniqlanishi lozim bo’lgan regressiya tenglamasining turiga 
bogliq.


AndMI 
Alijonov Xabibullo 
Bunday masalalarni yechish uchun bitta kirish o‘zgaruvchi x li, xuddi kirish o‘zgaruvchilari (x ), uchun 
boigani kabi chiqish o‘zgaruvchilari (y) uchun ham koordinatalar tizimini o‘zgartirishni nazarda 
tutuvchi samarali usullar keltiriladi. Kirish o‘zgaruvchilari (x
1
,,...x
m
) ning soni katta boigan regressiya 
tenglamalarini turini aniqlashning ishonchli usullari hozirgi vaqtda mavjud emas. 
Faol tajriba nafaqat tajriba o‘tkazishning optimal shartlarini aniqlash masalasining qo‘yilishi bilan, 
balki jarayonni optimallashtirish (tajribani optimal rejalashtirish) bog‘liq holda oldindan tuzilgan reja 
asosida o‘tkaziladi. 
Bunda regressiya tenglamasi (empirik modellar) asosan ikki chegaralangan sohalardagi faol tajriba 
malumotlarini tavsiflaydi va quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi: 
chiqish o‘zgaruvchisi y ning ekstremum qiymatidan ancha uzoqdagisi: 
chiqish o‘zgaruvchisining ekstremum qiymatiga yaqindagisi («deyarli statsionar sohada»): 


AndMI 
Alijonov Xabibullo 
Keltirilgan tenglama a regressiya koeffitsiyentlariga nisbatan chiziqli hisoblanadi va yetarlicha sodda 
ko‘rinishga ega. 
Ular ikkita o‘zaro ta’sirli kirish o‘zgaruvchilar 
ega qo‘shiluvchilami mujassamlashtiradi va ehtimoli kichik bo’lgan, yuqori tartibli (uchinchi, 
to‘rtinchi va h.k.) o‘zaro ta’sirlami hisobga olmaydi. 
Oxirgi tenglama kirish o‘zgaruvchilari
ning kvadratlari bilan qo‘shiluvchilami 
mujassamlashtiradi va uning koeffitsiyentlari LI - tartibli ( y : y" da yuqori indeks LI) faol tajriba 
natijalarini qayta ishlashda olinadi, masalan, TOMKR 
tajribaning ortogonal markaziy kompozitsion rejasi. 


AndMI 
Alijonov Xabibullo 
Oxiridan oldingi tenglama kirish o‘zgaruvchilami kvadratlari bilan qo‘shiluvchilami o‘z ichiga olmaydi 
va uning koeffitsiyentlari I - tartibli ( y:y‘ da yuqori indeks I) faol tajriba natijalarini qayta ishlash 
natijasida olinadi, masalan, T F T - to ‘liq faktorli tajriba.Empirik modellardan foydalanib (masalan, 
Boks - Vilson usuli bilan) jarayonni kyechishining optimal shartini aniqlashda chiqish o'zgaruvchisi y 
optimallik mezoni yoki maqsad funksiyasi hisoblandi. 
Faol tajribalashtirish nazariyasida chiqish (bog’liq) o‘zgaruvchilarni 
javob funksiyasi
, kirish (mustaqil) 
o‘zgaruvchilarini esa faktorlar deb atash qabul qilingan. Muvofiq ravishda (x
1
,,x
2
,...,x
m
) koordinatali 
koordinata fazosi - faktorli fazo, faktorli fazoda javob funksiyasining geometrik tasvirlanishi esa-javob 
yuzasidir. 
Faol tajriba uning regression va korrelatsion tahlil usuli bilan olingan natijalarini qayta ishlash uchun 
rejalashtiriladi. Faol tajribalashtirishda foydalaniladigan tajribalarning ortogonal rejalari regression 
tahlildagi korrelatsiya matritsasi C ning diagonal koTinishi va mos ravishda regressiya 
koeffitsiyentlarining statistik mustaqilligini ta’minlaydi. 
Faol tajribalashtirishning boshqa afzalliklariga quyidagilar tegishli: 
amalga oshirilishi mumkin boTgan sinovlar sonini bashorat qilish imkoni; 
sinovlar amalga oshiriladigan faktorli sohadagi nuqtalami aniqlash; 
regressiya tenglamalarini tanlash bilan bog’liq muammolarning yo‘qligi; 
tajriba - statistik usul bilan jarayonning optimal parametrlarini aniqlash imkoniyati; 
sinov tadqiqotlarining hajmini qisqartish. 


AndMI 
Alijonov Xabibullo 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin