Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakukteti Iqtisodiyot yo’nalishi 3-kurs 65-20 guruh talabasi Akbarov Izzatilloning Investitsion loyihalar tahlili fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 191,77 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü191,77 Kb.
#103317
investitsiya

Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakukteti Iqtisodiyot yo’nalishi 3-kurs 65-20 guruh talabasi Akbarov Izzatilloning Investitsion loyihalar tahlili fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: O’zbekistonda amalga oshirilayotgan chet el investitsiya loyihalari tahlili


Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin.
1.Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, vekselьlar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
2.Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzuuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
3.Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
  • ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
  • - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
  • - to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan
Investitsiyalar tavakkalchilik darajasi bo’yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkalchiliklik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo’ladi, boshqacha aytganda «tavakkalchilik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Qo’yilma mablag’lariga foydani mutloq yoxud nisbiy miqdorlarining yoyilishi qanchalik keng bo’lsa tavakkalchilik shunchalik katta bo’ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka ega bo’lgan davlat qimmatli qog’ozlardan tortib eng yuqori tavakkalli tovarlargacha bo’lgan vositalarni keng tanlash imkoniyatiga ega.

Investitsion loyihalarni baholash

  • Hozirda Uzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan chet ellik tashkilotlar vakolatxonalarining biznesga texnikaviy yordam berish va qo’llab-quvvatlash salohiyatidan tuliqrok foydalanish imkoniyatlari mavjud. Masalan, nemis iqtisodiyoti vakolatxonasida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar ishlab chikaradigan firmalar rekvizitlari buyicha axborotlar olish mumkin. Bundan tashqari, katta ekspertlar jamiyati marketing sohasi, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish menejmenti buyicha nemis mutaxassislarining bepul maslahatlarini tashkil etadi

Loyihani baholashda ushbu loyihani taklif etuvchi kompaniyaning moliyaviyiqtisodiy tahlili zaruriy komponent bo’ladi. Kompaniyaning layoqati va barqarorligiga ishonch hosil qilgandan keyingina loyihaning o’zini tahlil qilish va uning moliyalash to’g’risida qaror qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan samaradorlik belgilanadi.
Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash;
-broker va diller aloqalarini tashkil qilish;
-loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish.
Yüklə 191,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin