«Tasdiqlayman» Institut rektori. ____________U.Turdialiyev. «______» __________ 2021- yil
“ALOQA YO‘LLARI”fanining
Fan DASTURI
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:
310000-Muhandislik ishi
5310600 –Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
Andijon -2021
Andijon mashinasozlik institutining Ilmiy - kengashida tavsiya qilingan 2021 yil “_____” ____________dagi “______” sonli . Ilmiy – kengashida “Aloqa yo‘llari”fanining dasturi tasdiqlangan.
Fanning o’quv dasturi Andijon mashinasozlik intitutida ishlab chiqilgan.
TUZUVCHI: Turg‘unaliyev E.T. – AndMI “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi assistenti
TAQRIZCHILAR : 1. N.Ikromov - AndMI “YUTT” kafedra dotsenti , t.f.n.
2. A.Asronov.- Andijon viloyat transport boshkarmasi avtotransport bo`limi boshlig`i.
Kengash raisi: ___________ ________________________________
I. O`quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy talimdagi o`rni.
Aloqa yo‘llari rivojlanishi, hozirgi zamon texnikasi va iqtisodiyoti taraqqiyoti mutaxassislar faoliyati doirasini kengaytiradi, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va texnik oqibatlarini baholashga bo’lgan talablarni oshiradi. “Yer usti transport tizimlari” va “Transport vositalari muhandisligi” yo’nalishlaridagi bakalavrlar keng qamrovli bo’lib,avtomobil transporti sohasida yetakchi mutaxassisliklardan biridir.
Fanni o’qitish avtomobil transportida Aloqa yo‘llari asoslarini belgilovchi standart va me’yorlarga asoslangan. Uni o’qitishda ilmiy tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda ortirilgan ko’p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida Aloqa yo‘llarini rivojlanishi va undan texnik foydalanish masalalari hamda mamlakatimiz va chet ellar tajribalari, rivojlanish bosqichlari talabalarga o’rgatiladi.
Yer usti transport tizimlarida aloqa yo’llarini tashkil etishda, xizmat ko’rsatishning ilg’or usul va vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi.