Andijon mashinasozlik instuti Iqtisod fakulteti menejment yo’nalishi K-13-23 talabasi Habibullayev Behzodbekning falsafa fanidan mustaqil ishi.
Mavzu: oilam— mening baxtim
Reja:
1.Oila- bu muqaddas
2.Oilada ota ona o’rni
3.Oilaning jamiyatdagi òrni
Oilamizni mustahkam bir daraxtga o’xshatsak,uning baquvvat ildizlari OTA-ONAMIZ va shoxlari biz farzandlarmiz.
Oila bu muqaddasdir, oila bu jamiyat.Agar oilamiz tinch bo’lsa jamiyatimiz ham tinch bo’ladi. Oila bu xursandchilik va hotirjamlik maskanidir.Dunyoda hech kim o’z oilasini tanlamaydi , chunki oila bu Alloh tomonidan berilgan ne’matdur. Oila tinch-totuvligi bu bizning qo’limizda, agar biz oilamizni asrab avaylamasak oilamizdagi hotirjamligimizni yo’qotib qo’yamiz. Oila bizning eng yaqinlarimiz, sirdoshlarimiz, mehribonlarimizdan iboratdir
BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”
Har bir oilaning o’z boshi bo’ladi albatta bu dadajonlarimiz. Oilaning saranjon, sarishtaligi, ahil inoqligi onalarimiz zimmasida. Biz farzandlar esa ularga chiroyli itoat va hurmat qilishimiz kerak. Oila mustahkamligi uchun inson sabrli, itoatli, mehr-muhabbat, fidoyilik va insof-diyonat kabi xislatlar bo’lishi lozim
Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili 15 may mamlakatimizda Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi
Ota-onalar o’rni, oila tuzilishi va aloqalari uchun ahamiyatli bo'lgan muhim bir faktordir. Ota-onalar orni, oiladagi munosabatlar, qo'llanmalar va tarbiyaviy jarayonlar uchun katta o'rin egallaydi.
Oila jamiyatning asosiy bo‘lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o‘chog‘i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi hisoblanadi.
Ota-onalar orni, bolalar uchun ta'lim va tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Ota-onalar, bolalarga qanday qilib o'z malakalarini o'rgatish, qanday qilib adabiyot, etika va ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirishadi.
Ota-onalar o’rni, oilaning aloqa va muloqotini mustahkam qiladi. O'rtacha muloqot yoki maslahatlar o'rtasidagi o'zaro tushunchalarni oshiradi va oilaning bir-biriga qanday yordam bermoqda qanday muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bir xil maqsadlarga ega bo'lishini ta'minlaydi.
Ota-onalar, oilaning a'zolari o'rtasidagi maslahat va yordamni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarning bir-biriga qanday yordam bermoqda qanday muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bir-biriga maslahat bermoqda, oilaning barcha a'zolari o'rtasidagi mazmunli muloqotlarni talqin qilishda yordam bermoqda.
Ota-onalar orni, oiladagi har bir a'zo uchun muhim va unchalik muhimdir. Bu orni qo'shsa, oila salomat va barqaror bo'lishi uchun asosiy shartlar o'rnini topadi.
Ota-onalar, oilaning a'zolari o'rtasidagi maslahat va yordamni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarning bir-biriga qanday yordam bermoqda qanday muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bir-biriga maslahat bermoqda, oilaning barcha a'zolari o'rtasidagi mazmunli muloqotlarni talqin qilishda yordam bermoqda.
Odatda otamizni “Padari buzrukvor”, onamizni esa “Mehribon volida” deymiz.
Ota- bu oilamiz boshi va yo’l ko’rsatuvchimizdir. Ro’zg’orning og’ir yukini ko’tarib oila boqadigan inson. Otamiz shu ishni qilar ekanlar aslo nolimasdan o’z vazifalaridan mamnunlik bilan bajaradilar. Chunki ular bizni o’z farzandlarini va oilalarini yaxshi ko’radilar. Oilada otaning o’rni katta bo’ladi. Ularni hurmat qilishimiz va doim itoat qilishimiz lozimdir. Ular bizga yaxshi yomonni to’g’ri noto’g’rini ajratib beradilar va to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Otamizga ishonishimiz va har ishda suyanishimiz lozim.
Oilaning jamiyatdagi o‘rni
Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalash kerak.Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi.Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir.
Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi.