Angren universiteti fan: Informatika mustaqil ishi mavzu: Windows operatsion tizimi ishchi stolining asosiy obyektlari va ularning vazifalari Guruh: Bajardi: Qabul qildi: Angren 2023 yil
Mavzu: Windows operatsion tizimi ishchi stolining asosiy obyektlari va ularning vazifalari Guruh: _______ Bajardi: ________________________ Qabul qildi: ____________________ Angren 2023 yil Mavzu: Windows operatsion tizimi ishchi stolining asosiy obyektlari va ularning vazifalari
Tayanch iboralar:Operatsion tizim, Windows, Microsoft, ish stoli, yorliqlar, papkalar, disklar, Standart dasturlar, ПУСК menyusi
WINDOWS XP operatsion tizimining ish stoli Windows XP operatsion tizimi yuklangandan so’ng ekranga Windows XP operatsion tizimining ish stoli chiqadi. Bu 1-rasmda ko’rsatilgan.
1-rasm
Ish stolda quyidagi ob‘ektlar mavjud bo’ladi:
1 - PAPKA'>YORLIQLAR VA PAPKA - har xil dasturlar, papkalar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu papka va fayllar ochiladi.
2 – ПУСК MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin.
3 – TEZ YUKLASH QATORI - har xil dasturlarni tez yuklash imkonini beradi.
4 - VAZIFALAR QATORI - aktiv dasturlar va fayllar nomlarni ko’rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta‘minlanadi.
5 – KO’RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma‘lumotlar, klaviatura til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o’zgartirishimiz mumkin
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida o’zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to’rtburchak sohasi.
WINDOWS ish stolida papka yorliqlar va har xil maxsus belgilar joylashadi. PAPKA -bu so’z bilan nomlangan diskdagi ma‘lumotlar sohasi, uning ichida boshqa papka va fayllar joylanishi mumkin. Bu sohada fayl va boshqa papkalar saqlanishi mumkin. YORLIQ - bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yo’llanma. Bu yo’llanmaga sichqoncha bilan ikkitali bosish yordamida kirsaq kompyuter yo’llanmaga mos fayl yoki dasturni ochib beradi. Bitta fayl yoki dastur bir nechta yorliqlarga ega bo’lishi mumkin. Maxsus yoki ish stolninng asosiy papkalar - bu Windows dastur ustidan har xil amallarni bajaruvchi maxsus dasturlarga yo’llanma. Ular quyidagicha:
МОЙ КОМПЬЮТЕР - maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash (har xil amallar bajarish) imkoniyat yaratadi.
MOИ ДОКУМЕНТЫ - maxsus papkada foydalanuvchi tomonidan ish jarayonida yaratilgan matn, rasm, jadval va boshqa fayllar saqlanadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o’tishimiz mumkin va ular bilan ishlash imkoniyat yaratiladi)
СЕТЕВОЕ ОКРУЖЕНИЕ - maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizga tarmoqga ulangan kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash imkoniyat yaratadi.
КОРЗИНА - maxsus papkada siz tomoningizdan yaqinda uo’chirilgan fayl va papkalarni ro’yxati joylashadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o’tishingiz va ro’yxat yordamida ularni qayta joyiga tiklashingiz mumkin bo’ladi.
INTERNET EXPLORER – brauzer yorlig’i internet tarmog’ida ishlash imkoniyatini yaratib beradi. Bu yorliq yordamida internet tarmog’iga kirishimiz va unda ishlashimiz mumkin bo’ladi
Ekranda joylashgan hamma narsalar diskning WINDOWS papkasini РАБОЧИЙ СТОЛ papkasi ichida joylashadi. Bo’lardan МОЙ КОМПЬЮТЕР, КОРЗИНА, МОИ ДОКУМЕНТЫ, СЕТЕВОЕ ОКРУЖЕНИЕ ва ИНТЕРНЕТ EXPLORER bu standart maxsus papka va yorliqlar.