Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslikdan olingan masalalar



Yüklə 33,62 Kb.
səhifə1/3
tarix06.06.2020
ölçüsü33,62 Kb.
  1   2   3

Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslikdan

olingan masalalar

1. To’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi g’ishtning eni, bo’yi va balandligi 2 marta qisqarsa, avval 100 dona g’isht ketadigan joyda endi “kichik” g’ishtdan nechtasini taxlash mumkin?

2. Sutkaning qolgan qismi o’tgan qismining 60% iga teng bo’lsa, hozir soat necha?

3. 15000 sonini shunday ikki qismga ajratingki,

1-qismning 5 % bilan 2-qismning 7% yig’indisi berilgan sonning 6,5% ga teng bo’lsin.

4. Qishloqda bolalar kattalardan 2 marta ko’p. Agar 15 sonining o’ng va chap tomoniga bir xil raqam yozilsa, qishloq aholisining soni hosil bo’ladi. Bu qanday raqam bo’lishi mumkin? Qishloqda kattalar necha nafar?

5. Barcha uch xonali sonlar orasida 45 ga bo’linadiganlari nechta?

6. Ketma-ket kelgan 3 ta juft sonning yig’indisi 54 ga teng bo’lsa, shu sonlarni toping.

7. A=12+23+34+45+...+7475,

B=34+66+98+1210+...222150. B yig’indi A yig’indidan necha marta katta?

8. Sonlarning oxirgi raqamini toping:

1275 1375 1498 1769 18111 192011

9. Oromgohda dam olayotgan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 13 yoshdan katta bolalar sonidan ikki marta ko’p. Agar 4 sonining o’ng va chap tomoniga bir xil raqam yozilsa, oromgohdagi bolalar soni hosil bo’ladi. Bu qanday raqam bo’lishi mumkin?

10. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar orasidan bir vaqtda

7 ga ham, 9 ga ham bo’linmaydiganlari nechta?

11. m va n sonlari 5 ga bo’linganda qoldiqlar 3 va 4 chiqdi. m+n yig’indi 5 ga bo’linganda qoldiq necha bo’ladi?

12. 2, 5, 7, 9 raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan:

1) 2 ga 2) 5 ga bo’linadigan barcha 4 xonali sonlarni yozing.

13. 123...300 ko’paytmaning oxirida nechta nol bor?

14. 24847+19247 yig’indining 2 ga va 5 ga bo’linishini ko’rsating.



15. va bo’lsa, =?

16. Bir kishi bozorga aylanib yurib, bexosdan tuxum to’la savatchani ag’darib yubordi. Barcha tuxumlar sindi. Sotuvchi tuxumlarning pulini to’lashni talab qildi.

Kishi: ­– Tuxumlar soni qancha edi?

Sotuvchi: – Tuxumlar soni 4 ga, 7 ga, 11 ga qoldiqsiz bo’linadigan eng kichik songa teng edi. Tuxumlar nechta ekan?

17. 123...131415 ko’paytmani 1001 ga bo’lishdan hosil bo’lgan qoldiqni toping.

18. Raqamlari shartni qanoatlantiruvchi uch xonali sonlarning nechtasi 3 ga bo’linadi?

19. Ikki xonali sonning raqamlari o’rnini almashtiramiz va bu sonlarning kattasidan kichigini ayiramiz. Ayirma nechchiga bo’linadi?

20. 1) a=2b 2) a=3b shartni qanoatlantiruvchi ko’rinishidagi nechta uch xonali son mavjud? Bunda b>c.

21. a va b noldan farqli raqamlar bo’lsa, sonini songa bo’lgandagi natijani toping.

22. a sonini 7 ga bo’lganda qoldiq 5 ga; b sonini 7 ga bo’lganda qoldiq 6 ga teng. ab ko’paytmani 7 ga bo’lganda qoldiq nechaga teng bo’ladi?(a va b-natural sonlar.)

23. Ikki xonali sonni 12 ga bo’lganda 4 qoldiq, 14 ga bo’lganda 6 qoldiq qoladi. Shu sonni 16 ga bo’lganda qoldiq necha bo’ladi?

24. O’ylangan sonni 2 ga ko’paytirib, hosil bo’lgan songa 1 qo’shilsa, yig’indini 3 ga ko’paytirib, ko’paytmaga 2 qo’shilsa, song hosil bo’lgan son 4 ga ko’paytirilib, bu ko’paytmaga 3 qo’shilsa, 95 hosil bo’ladi. O’ylangan sonni toping.

25. Tub sonlar yordamida hosil qilingan 5; 13; 23; 37; X; 61; 73; ... sonlar ketma-ketligidagi qonuniyatni aniqlab, X ni toping.

Qaysi biri tub son?

1) 131517 2) 45103-1 3) 1010+1 4) 210+1

26. 441 sonining barcha bo’luvchilari sonini toping.

27. 96 sonining barcha bo’luvchilari yig’indisini toping.

28. Matematika fanidan o’tkazilgan tanlov g’oliblarini bir xil sovg’a-daftar va kitob bilan mukofotlashmoqchi. 42 ta daftar va 30 ta kitobdan har bir g’olib o’quvchiga nechta daftar, nechta kitob beriladi? G’oliblar soni ko’pi bilan necha nafar?

29. EKUK(a,b)=180, EKUB(a,b)=18, a va b sonlar bir-biriga bo’linmaydi. Shu sonlarni toping.

30. 1) EKUK(a,b,c)=60 2) EKUK(a,b,c)=240

3) EKUK(a,b,c)=1001 bo’lsa, a, b, c qanday bo’lishi mumkin?

31. Uchta avtobus G’ijduvondan bir vaqtda bir bekatdan turli tomonga jo’nab ketadi. 1-avtobus 2 soat 10 minutdan keyin qaytib keladi va 20 minutdan keyin yana jo’naydi. 2-avtobus 1 soat 52 minutdan keyin qaytib keladi va 8 minutdan so’ng yana jo’naydi. 3-avtobus 1 soat 36 miunutdan keyin qaytib, 4 minutdan so’ng yana jo’naydi. Uchala avtobus ertalab soat 7 da jo’nagan bo’lsa, ular qancha vaqtdan so’ng birga jo’naydi?

32. Yuk tashuvchi uchta kemadan 1-si o’z qatnovini 5 kunda, 2-si 6 kunda, 3-si 10 kunda yakunlaydi. Agar ular bir vaqtda portdan chiqib ketsa, yana necha kundan so’ng bir vaqtda chiqib ketishadi?

33. Usta buyurtmani 5 soatda, shogirdi esa 8 soatda bajara oladi. Ular birga ishlab bir soatda buyurtmaning qanday qismini bajarishlari mumkin?

34. Mohiraning tug’ilgan kunidan boshlab 2016-yil

25-yanvargacha 4408 kun o’tdi. U nechanchi yilning qaysi oyi va qaysi sanasida tug’ilgan?

35. Qirrasining uzunligi 12 dm bo’lgan kubga qirrasi 12 sm bo’lgan kubdan eng ko’pi bilan nechtasini joylashtirish mumkin?

36. Birinchi nasos bakni 16 minutda, ikkinchisi 15 minutda, uchinchisi 18 minutda neft bilan to’ldiradi. Uchta nasos 1 minut ishlasa, bakning qanday qismi to’lmay qoladi?

37. Usta va shogird 1 soat birgalikda ishlab topshiriqning qismini bajarishdi. Agar topshiriqni ustaning o’zi 10 soatda bajara olsa, shu topshiriqni shogird necha soatda bajara oladi?

38. 1) Soatning minut vas oat millari hozir ustma-ust holatda. Necha soatdan keyin ular yana ustma-ust holatda bo’ladi?

2) Miloddan avvalgi XX asrdayoq misrliklarning Rind papirusida tenglik yozilgan ekan. Shu tenglikning to’g’riligini tekshiring.

3) Inson 73050 kun yashashi mumkinmi?

39. 1) Zokir otasidan vaqtni so’ragan edi, otasi: “Sutka tamom bo’kishigacha sutkaning o’tgan qismining 0,2 qismi qoldi. O’zing hisobla”, - dedi. Suhbat soat nechada bo’lgan?

2) Ifodalarning qiymatini taqqoslang:



a) va

b) va

40. Gugurt cho’plaridan yasalgan VI-IV=XI noto’g’ri tenglikda bitta gugurt cho’pining o’rnini almashtirish bilan to’g’ri tenglik hosil qiling.

41. Vannaga haroati 12oC bo’lgan 5 litr va uning ustiga 2 litr issiq suv quyildi. Natijada vannadagi suv harorati 30oC bo’ldi. Quyilgan suvning harorati qancha edi?

42. 1) Ko’paytuvchilardan birini 5 marta orttirsak, 2-sini 10 marta kamaytirsak, 3-sini esa 4 marta orttirsak, ko’paytma qanday o’zgaradi?

2) Bo’linmada 10 va qoldiqda 7 chiqishi uchun qanday sonni 135 ga bo’lish kerak?

43. 1 dan 1000 gacha natural sonlarni ketma-ket bitta son kabi yozib 12345...9991000 soni hosil qilingan. Shu son yozuvidagi 2015- va 2016- xonada turgan raqamlarni aniqlang.

44. Kitob 240 betlik. Sahifani nomerlash 3-betdan 3 raqami bilan boshlangan bo’lsa, sahifalash uchun jami nechta raqam ishlatilgan?

45. Yilning qaysidir oyida uchta shanba kuni oyning juft kunlariga to’g’ri kelgan. Shu oyning 19-kuni haftaning qaysi kuniga mos keladi?


Yüklə 33,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə