Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslikdan olingan masalalar



Yüklə 33,62 Kb.
səhifə2/3
tarix06.06.2020
ölçüsü33,62 Kb.
#31816
1   2   3
6-afidum

46. O’zbekistonga kelgan 30 nafar sayyohdan 22 tasi Samarqand shahriga, 17 tasi Buxoro shahriga borish istagini bildirdi. Nechta sayyoh faqat Buxoro shahriga bormoqchi?

47. Uy bekasi kiloso 4500 so’mdan yong’oq sotib oldi. Yong’oqlar qobig’idan tozalangach umumiy og’irligining 60% i qoldi. Uy bekasi bir kilogram tozalangan yong’oq uchun necha so’m to’lagan?

48. Yig’indini hisoblang:

49. Yig’indini hisoblang:

50. Qutida 10 ta oq, 15 ta ko’k xil sharlar bor.

Kamida 2 ta bir xil rangli shar bo’lishi uchun nechta shar olish kerak?

51. Sotuvchi A dona tuxumning har biridan 50 so’mdan foyda olmoqchi bo’ldi. Shunda jami tuxum P so’m bo’lar edi. Agar 20 ta tuxum sinsa, ko’zlagan maqsadiga erishish uchun u qolgan har bir tuxumning narxini necha so’mga orttirishi kerak?

52. a va b natural sonlar bo’lib, a+b=32 bo’lsa, ab ifodaning eng katta qiymatini sinab toping.



53. Hisoblang:

54. Hisoblang: 2-1+4-3+6-5+8-7+...+100-99



55. Hisoblang:

56. Tenglamani yeching:



57. Kecha sinfdagi o’quvchilar kelmaganlardan 8 marta ko’p edi. Bugun esa yana ikki o’quvchi kelmadi va kelmaganlar kelgan o’quvchilarining 20% ini tashkil etdi. Sinfdagi o’quvchilar nechta?

58. Bir kishi har oyda oilasining daromadlarini va xarajatlarini yozib brogan. Istalgan ketma-ket 5 oyda xarajatlar daromadlardan ortishi va yil oxirida daromadlar xarajatlardan oshib ketishi mumkinmi?

59. 481 sonini bir necha natural sonlar yig’indisi ko’rinishida shunday tasvirlangki, shu natural sonlar ko’paytmasi ham 481 ga teng bo’lsin.

60. Shunday 6 bo’g’inli siniq chiziq chizingki, bu siniq chiziq o’z bo’g’inlarini faqat bir martadan kesib o’tsin.

61. AB=8 sm, BC=2 sm bo’lsa, AC necha santimetr?

62. Aylana bo’ylab 15 bola turibdi. Har bir qiz bolaning o’ng tomonida o’g’il bola turadi. O’g’il bolalar yarmining o’ng tomonida yana o’g’il bola turadi. Qolganlarining (o’g’il bolalardan) o’ng tomonida qiz bola turadi. O’g’il bolalar va qiz bolalar sonini aniqlang.

63. Doira shaklidagi soatda shunday ikkita chiziq o’tkazingki, hosil bo’lgan uchta bo’lakdagi sonlarning yig’indisi o’zaro teng bo’lsin.

64. Uchta tangalarning bittasi soxta ekanligi ma’lum. Soxta tanga yengil ekanligini bilgan holda, pallali tarozida bir tortish bilan soxta tangani qanday aniqlash mumkin?

65. Qirrasi 5 sm bo’lgan kub yasash uchun qancha sim kerak?

66. Kubning qirrasi 10% ga uzaytirilsa, uning hajmi necha foizga ortadi?

67. Fermer xo’jaligi rahbari bankdagi omonatining yarmini olib yangi texnikalar sotib oldi, keyin qolgan yarmini olib, qo’shimcha binolar qurilishiga sarfladi. Shundan so’ng qolgan omonatining yarmini olib, yengil mashina xarid qildi va, nihoyat, qolgan omonatining yarmini olib, xo’jalik a’zolariga mukofot tariqasida tarqatgach, bankda 10 million so’m pul qoldi. Dastlab fermerning bankdagi puli qancha bo’lgan?

68. Hisoblang:

1000000-(1000000-(1000000-(1000000-(1000000-999999))))

69. 2 ga bo’lganda 1 qoldiq, 3 ga bo’lganda 2 qoldiq,

4 ga bo’lganda 3 qoldiq, 5 ga bo’lganda 4 qoldiq, 6 ga bo’lganda 5 qoldiq qoladigan eng kichik natural sonni toping.

70. Ikki xonali(uch xonali) sonning o’ng va chap tomonlariga shu ikki xonali (uch xonali) son yozilsa, u necha marta ortadi?

71. Har bir olmani uch qismdan ko’p qismga bo’lmasdan 5 ta olmani 6 bolaga qanday teng bo’lish mumkin?

72. Eni 1,05 m bo’lgan 60 m matodan 25 ta palto tikildi. Eni 1,16 m bo’lgan 315 m o’shanday matodan nechta palto tikish mumkin?

73. Ikkita qishloq orasidagi masofa 40 km ga teng. Masshtab 1:1000000 bo’lsa, chizmada qishloqlar orasidagi masofa qanday bo’ladi?

74. Uchburchakning bir uchidan qarshisidagi tomonga tushirilgan 5 sm li kesma uni perimetrlari 18 sm va 26 sm bo’lgan ikkita uchburchakka ajratadi. Berilgan uchburchakning perimetrini toping.

75. Teng yonli uchburchakning perimetri 10 ga teng, yon tomoni asosidan 12 marta uzun. Uchburchak asosini toping?

76. Doiraning yuzi 36 ga teng. Shu doira aylanasining uzunligini toping.

77. Agar uchburchakning burchaklari 1; 2; 3 sonlariga proporsional bo’lsa, bu uchburchakning turini aniqlang.

78. Agar uchburchakning tomonlari turli butun sonlar bo’lib, uning perimetri 15 ga teng bo’lsa, tomonlarini aniqlang.

79. 1) Uchburchakning ikki tomoni 0,5 va 7,9 ga teng.



3-tomoni uzunligi butun son bo’lsa, uni toping.

80. Sonlarni o’sib boorish tartibida joylashtiring: , ,

81. Oltin va durdan yasalgan bezakning massasi

3 misqol, bahosi 25 dinor. 1 misqol oltin 5 dinor, dur 15 dinor bo’lsa, bezakda qancha oltin va dur bor?

82. Bitta xattot 8 kunda 15 varaq yoza oladi. 405 varaqni 9 kunda yozib tugatish uchun nechta xattot kerak bo’ladi?

83. Agar 10 dirham 2 oyda 5 dirham foyda keltirda,

8 dirham 3 oyda qancha foyda keltiradi?

84. Bir kishining 30 kunlik ish haqi 19 dinor va bitta ko’ylak edi. U kishi 3 kun ishlab ko’ylakli bo’ldi. Ko’ylak necha dinor turadi?

85. Koordinatalari -3,2 va 4,8 bo’lgan sonlar orasida nechta butun son bor?


Yüklə 33,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin