Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan mustaqil ish



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə1/4
tarix14.09.2023
ölçüsü10,23 Mb.
#143506
  1   2   3   4
NODIRA KENEYI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” fanidan mustaqil ish

BAJARDI: YAKUBOVA NODIRA

TEKSHIRDI: JUMABOYEVA SH.X

MAVZU:MARJINALISTIK TAʼLIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

REJA:

  • KIRISH
  • MARJINALIZMNING UMUMIY TA'RIFI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
  • AVSTRIYA MAKTABI. SUB'EKTIV - PSIXOLOGIK YO'NALISH
  • U.JEVONS VA L.VALRASNING MARJINALISTIK G'OYALARI
  • XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

X1X asrning ikkinchi yarmi- XX asrning boshlarida iqtisodiy ta'limotlarning rivojlanishi (evolyusiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. X1X asrning so'nggi chorasida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo'ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o'rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro'y berdi. X1X asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o'zgarish yuz berib aynan shu davrda Evropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi.
Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta'limot fanda «marjinalizm» ta'limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o'z mavqeini saqlab turdi.
Bu boradagi o'zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assosiasiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish»nomli ma'ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag'ishlangan fundamental asar bo'lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ham e'lon qilindi.Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi.
1874 yilda Shveysariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to'liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo'nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.

Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin