Umrzaqova Gulhayo Andijon Shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi - Shaxs, predmet, joy yoki hodisa nomini bildiradigan so’zlarga ot deyiladi : odam, o’quvchi, ishchi so’zlari shaxsni, maysa, kitob, ildiz, bulut so’zlari predmetni, yolg’on, bahs, kengash, raqobat, bayram, janjal so’zlari hodisani, qishloq, shahar, ovul so’zlari joyni bildiradi.
Ot kim, nima, qayer so’roqlariga javob bo’ladi. - Ot kim, nima, qayer so’roqlariga javob bo’ladi.
- Kim? so’rog’i shaxsni bildiruvchi so’zlarga, nima? so’rog’i narsa-buyumni bildiruvchi so’zlarga, qayer? so’rog’i joy nomini bildiruvchi so’zlarga beriladi. Shunga ko’ra otlar shaxs otlari, narssa-buyum otlari, o’rin-joy otlariga bo’linadi.
Aniq va mavhum otlar - Sezgi a`zolarimiz yordamida(ushlab, ko`rib)bilishimiz mumkin bo`lgan narsalarni bildirgan otlar aniq otlar deyiladi: kitob, daftar, stol, stul.Aniq otlar birlik va ko`plik shaklda qo`llaniladi,birlik va ko`plik ma`nolarini anglata oladi:kitoblar-birdan ortiqlik ma`nosini anglatadi.
- Sezgi a`zolarimiz yordamida (ushlab, ko`rib) bilishimiz mumkin bo`lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlar mavhum otlar deyiladi: baht, sevinch, yahshilik, go`zallik, ishq…
Mavhum otlar faqat birlikda qo`llaniladi va ko`plik(-lar) qo`shimchasini olganda grammatik ma`no ifodalanmaydi, ma`no kuchaytiriladi, uslubiy ma`no anglashiladi: Tuyg`ularim toshib ketdi. BEVOSITA KUZATISH MUMKIN/MUMKIN BO’LMAGAN NARSA NOMINI BILDIRISHIGA KO’RA OTLAR: ANIQ OTLAR - Ifodalagan narsani sezgi a’zosi bilan sezish mumkin :
Daraxt, kishi, ovoz, rang MAVHUM OTLAR - Ifodalagan narsani sezgi a’zosi bilan sezish mumkin emas :
Dev,sevgi, tuyg’u, yaxshilik, gina, ibo, mung, rashk, taskin, go’zallik - Aniq otlar birlik va ko’plik shaklida qo’llana oladi, ammo mavhum otlar ko’plik ma’nosi emas , balki ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi.
- Mavhum otlar –lik, -ch, -inch qo’shimchalari yordamida yasaladi.
- Shodlik, quvonch, sevinch, ovunch, tinchlik, yupanch, yaxshilik, o’kinch
Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin: Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin: - lik shodlik, yaxshilik, go`zallik
- ch quvonch, o`kinch, sog`inch, yupanch
- inch qo`rqinch,
- gi sevgi, kulgi
- at, -ot samimiyat, hissiyot
Yakka va to`da otlar. Donalab sanaladigan predmetlar yakka otlardir: daftar, ruchka, qalam. Bir turdagi predmetlarning jamini bildiruvchi, o`zi alohida predmetga xos atash ma`nosini anglatmaydigan otlar to`da otlardir: xalq, el, yurt, sabzavot, meva.
Uy, o’rindiq, o’qituvchi, kompyuter, ostona, opa, hovli, olchazor, g’alla, do’kon, duradgor
Baxt, pari, farishta, uyqu, hayo, orzu, aql, o’y, tafakkur, hasad, yalqovlik, qalb, ruhiyat, mardlik, ahillik, to’kin-sochinlik
Mavhum
Aniq
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Dostları ilə paylaş: |