Sevgi er-xotin munosabatlarini qurish asos sifatida.
Melimamatov Davron RustamovichTerDPi
Pedagogika va san’at fakulteti Pedagogika
psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada nikoh oldi omillari, nikoh qurishga asos bo’lgan nikoh motivlari va nikoh motivlari klassifikatsiyasi, qolaversa olimlarning ushbu masalaga yondashuvlari muhokama qilinadi. Maqolada nikoh qurish sabablarni aniqlash ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so’zlar: Motiv, sevgi, sevgi turlari, eradus , pragmanikoh motivlari, klassifikatsiya, stereotip, nikoh oldi omillar,oila kodeksi.
“Motiv ” iborasi psixologiyada ma’lum bir xulq, faoliyatining yuzaga kelishiga asos bo’lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Nikoh oldi omillaridan yana biri shu nikoh qurilishiga asos bo’lgan nikoh motivlaridir. Adabiyotlarda bir necha o’nlab nikoh motivlari farqlanadi. Bular sevgi tufayli oila qurish, ya’ni ikki yosh oila qurishdan oldin bir birlarini sevib, va sevib-sevilib yurganlaridan so’ng shu sevgining mahsuli sifatida to’y qilib oila qurib ketishadilar. Motivlarning ikkinchi klassifikatsiyasi moddiy va o’ziga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekan nimanidir hisobga olgan holda, ma’lum bir maqsadni moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda “Agar shu yigitga turmushga chiqsam ertaga yaxshi yashiman” yoki “Shu qizga uylansam otasi orqali obro’ga mansabga ega bo’laman” – degan fikrlar asosida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan qutulishga harakat qiladi. Bunga o’xshash misollar sabablar sanasa talaygina. Nikoh motivlari klassifikatsiyasidan yana biri stereotip bo’yicha oila qurish. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarining ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekan stereotipga qarab oila quradilar. Bunday yoshlardan nima uchun oila qurganliklari so’ralsa “Hamma do’stlarim uylanib bo’ldi men ham uylandim” yoki “Yoshim o’tib qoldi shunga uylandim” qabilida javob beradilar. Xo’sh ushbu uchala motiv boyicha qurilgan oilalarning qay biri mustahkamroq, buni yoshlar naznida aytadigan bo’lsak albatta sevgi Z.Freyd ta’kidlaganidek “Sevgi bu insoniyatni hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir”. Inson yaratgan buyuk mo’jizalarning barchasi sevgi tufaylidir. Albatta sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng baxtli oila kechiradilar. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor bo’lganidek ajrimlarning ko’p qismi ham ushbu motiv orqali oila qurganlar bilan sodir bo’ladi. Birinchi navbatda yoshlarimiz sevgi nima ekanligini yaxshi tushunib yetishlari lozim. Sevgi haqiqiy bo’lsa sevishganlar bir-birlarini hurmat qilib, tushunib, e’zozlab, avaylab, kerak bo’lsa biri ikkinchisining baxti uchun o’z manfaatlaridan voz kechib har doim sevgi degan tuyg’uni parvarishlasa sevgi ularning yanada yaqinlashtiradi, oilaviy mustahkamligini taminlaydi.Sevgi yoki muhabbat — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi.Ijtimoiy fikrlar
tarixida Muhabbatga turlicha maʼno berilgan. Yunonistonda Muhabbatni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada Muhabbat xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl Muhabbat.olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon Muhabbatni 2 turga — hissiy muhabbat va aqliy muhabbatga ajratadi. Uning fikricha, hissiy muhabbat tashqi goʻzallikni his qilishdan hosil boʻladi va muhabbatning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy muhabbat esa goʻzallikni keng maʼnoda — axloqiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo boʻladi. U akliy (maʼnaviy) muhabbatni ustun qoʻyadi. To`laqonli sevgi — muhabbatni his etgan har bir inson muhabbatning boshlang`ich, alangalangan va o`zaro hurmat bosqichlarini bosib o`tadi. Boshlang`ich bosqich haqiqiy, istiqboli porloq, bir umrlik sof muhabbatning boshlanishi yoki aksincha shunchaki bir havas bo`lishi yoki umri qisqa sevgining birorbir ko`rinishi bo`lishi mumkin. Mazkur bosqich muhabbatning «agape»turining boshlanishi yoki «lyudus» turining o`zginasi bo`lishi mumki. Bu albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning o`ziga xos xususiyatlariga, ya`ni tez sevib
qolishiga, hissiyotni paydo qilgan omillarga, ya`ni o`z shaxsini tasdiqlash, o`zgalardan qolishmaslik, bo`sh vaqtini xursandchilik bilan o`tkazish, oila, ota-onalar iskanjasi yoxud nazoratidan ozod bo`lish, erkinlikni qo`lga olish, oila qurish, haqiqiy umr yo`ldoshini uchratib, bir umr unga g`amxo`rlik qilish,
unga hayotini bag`ishlashi va hokazolarga bog`liq. Bu albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning o`ziga xos xususiyatlariga, ya`ni tez sevib
qolishiga, hissiyotni paydo qilgan omillarga, ya`ni o`z shaxsini tasdiqlash, o`zgalardan qolishmaslik, bo`sh vaqtini xursandchilik bilan o`tkazish, oila, ota-onalar iskanjasi yoxud nazoratidan ozod bo`lish, erkinlikni qo`lga olish, oila qurish, haqiqiy umr yo`ldoshini uchratib, bir umr unga g`amxo`rlik qilish,
unga hayotini bag`ishlashi va hokazolarga bog`liq.Birinchi bosqichning o`sib ikkinchi va uchinchi bosqichlarga o`tishi zarurmi, yo`qmi? — degan savol ko`pchilikni qiziqtiradi. Birinchi bosqichda, yuqorida aytganimizdek, hamisha ham to`laqonli muhabbat bo`lavermaydi. Ikkinchi bosqichga o`tgandagina uni haqiqiy to`laqonli muhabbat deyish mumkin. Birinchi bosqich ko`p kishilarda kuzatiladi va ikkinchi bosqichga o`tmasdan so`nib qoladi. Muhabbatning bu bosqichi estetik didimizga birmuncha to`g`ri keladigan, estetik va jinsiy ehtiyojlarni qondirish (jinsiy yaqinlik shart emas) mumkin bo`lgan ikki jinsni ma`lum vaqtgacha bo`lgan o`zaro munosabati natijasida yuzaga keladigan hissiyotdir. Bu ko`pincha muhabbatning «lyudus» turini tashkil qiladi. Lekin ko`chada uchratib, birdan yoqtirib qolish kabi hollarni birinchi bosqichga kiritib bo`lmaydi.Ikkinchi, ya`ni alangalangan bosqichdan birinchi bosqichga qaytilmaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uchinchi — o`zaro hurmat bosqichiga o`tish mumkin, xolos. Demak, faqat birinchi bosqichgina qaytish xarakteriga ega, ikkinchi bosqichdan boshlab hissiyot ortga qaytmas xususiyat kasb etadi. Faqat ma`lum sabablarga ko`ra bu bosqichlar «tez» bosib o`tilishi mumkin. Bu ayniqsa, yoshlikda ilk sevgi — muhabbatni boshdan kechirishda yoki birdan sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda uchrashi mumkin. Buni birdan alanga olib tez so`ngan gulxanga o`xshatish mumkin. Demak, bunday hissiyot uzoq davom etmaydi. Ushbu o’rinda asardan parcha keltirsam “Xotin talab qilsang xotinning molini talab qilmag’il, nihoyatda xushro’y xotin olmag’il, uni mashuq tutarlar” deb takidlangan. Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi. “Nabiy sollalloxu alayxi vasallam : “Ayol to’rt narsasi uchun nikohlanadi: moli uchun, xasabi uchun, jamoli uchun, va dini uchun. Sen dindorini tanla qo’ling tuproqqa qorilur” dedilar. Ushbu sifatlar ichida dindoriga keladigani yoqdir, chunki moldorlik vaqtinchadir. Bir laxzada molu mulkidan ajralib qolganlar qancha. Malumotlarga qaraganda yuridik jihatdan turg’un oilalar stereotip bo’yicha oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajralishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda juda kam ko’rsatkichni tashkil qiladi. Bu motiv asosida qurilgan oila o’ta baxtli ham o’ta baxtsiz ham bo’lmaydilar. Chunki birgalikda hayot tufayli bir birlarini tushunish o’zaro hurmat oshadi. 2010 yilning ikkinchi yarmida AQSHlik mutaxassislar o’zlarining davlatlarida oila buzilishi bo’yicha dunyo bo’yicha eng yuqori o’rinda turishini e’lon qildilar. Britaniyada xar 6 ta yangi qurilgan oila xissasiga 5 ta buzilgan oila to’g’ri keladi. Musulmon davlatlarini o’rnak sifatida keltirsak bo’ladi ushbu xolatga. Shunday ekan bu masalalarni oila qurib bo’lingandan keyin o’ylagandan ko’ra hozir yaxshilab o’ylab eng maqbul fikrga kelish lozim. Hayotni faslga qiyoslasak bo’ladi uning ham “qaxraton qishlari” “jazirama yozlari” “ zavq –u shavqqa to’lgan gullab yashnagan bahorlari” “sarg’ayib xazon bo’lib to’kilgan kuzlari” bordir, hayotning azob uqubatlariga bardosh berish uning sinovlaridan birgalikda harakat qilib chiqa olish bu chinakam sevgidir. Sizlarga ham oila qurishda yuqoridagi fikrlarni inobatga olishingizni so’rab qolamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar G’.B. Shoumarov “Oila psixologiyasi” Toshkent 2010
SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Baxtiyor oila” Toshkent 2021