Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan.
So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar. 685-705-yillarda xalifalik taxtini Abdumalik ibn Marvon boshqardi. U Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishni o'z oldilariga asosiy maqsad qilib qo'ydilar. 705-yilda boshlangan hujum natijasida Qutayba ibn Muslim Balx, Chag'oniyon, Shumanni egallab, O'rta Osiyo janubidagi kichik viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710—712-yillarcia Xorazmshoh Chag'on Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. Qutayba endi o'z nigohini Samarqandga qaratadi. Unga Xorazmshoh va Buxorxudot qp'shinlari yordam berdilar Bu paytda Samarqandda norozilik qo'zg'oloni bo'lib, Tarxun taxtdan ag'darilgan edi. Samarqand taxtiga Tarxunning ukasi G'urak (710-737) o'tirgan edi. U arablarga qattiq qarshilik ko'rsatsa-da, yengildi. Ikki o'rtada sulh tuzildi. Shartnomaga ko'ra, G'urak So'g'd, Kesh, Nasaf hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2000 boiak gazmol to'lash majburiyatini oldi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu erda o'z ukasi Abdurahmon ibn Muslimni saralangan qo'shin bilan qoldiradi. Ammo 712-yilda shaharda arablarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon faqat 713-yil bahoridagina Qutayba tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq arablarga qarshi kurash lo'xtamadi. Bu gal arab istilochilariga qarshi So'g'd, Choch, Farg'ona ittifoq tuzadi. Ittifoqqa Panjikent hokimi Divashtich ham qo'shiladi. Qutayba faqat 715-yil boshidagina Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazmdan 20 ming askar yordam olgach, raqiblarini tor-mor keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma viloyatlarda arab amirlarini noiblikka qo'ydi. Xuddi shu yili arab xalifasi Volid vafot etadi.