“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-32, Issue-2, April - 2023
128
AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA
Shahrizoda Urunova
SamDU Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada buyuk davlat arbobi, Sohiqiron Amir Temur
qisqacha hayot yo’li va buyuk davlatga asos solgani haqida so’z boradi. Shuning
uchun davlat boshqaruviga doir “ Temur – tuzuklari” siyosiy
va harbiy faoliyati
mardonavor janglari aks etgan. Buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini
chuqur o’raganib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli
foydalanilayotganining isboti sifatida ko’rish mumkin.
Kalit so’zlar:
Buyuk, davlat, sarkarda, ilm-fan, shoir, qo’shin,
madaniyat,
shajara, harbiy yurishlar, kuch -qudrat, janglar, adolatli tamoyillar,
Temuriylar
davlati, musulmon fiqhi qoidalari, moliya, iqtisod, insonparvar, qonun-qoida,
adolat,
tartib-intizom , ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy.
KIRISH
Amir Temur (to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul)
1336-yil, 9-aprel Kesh hozirgi (Shahrisabz) yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’I -
o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli,
markazlashgan davlat
asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Amir Temurning onasi Takina xotun Buxorolik. Otasi Amir Tarag’ay esa
Barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan
hisoblangan. Temurning shaxsiyati shakllanishiga va kamolot darajasiga yetib
borishida uning otasi Tarag’ay bohodir va birinchi ustozlari Mulla Alibek,
Samarqandning mashhur so’fi va olimi Shayx Shamsiddin
Kulollarni xizmatlari
katta bo’lgan. Yosh Temur boshlang’ich ilm, ayni holda harbiy fanlar, diniy
ilmlarni “Qur’oni Karim” hifz (yod olgan) etgan. Amir Temurning yoshligi
Keshda kechdi. Yetti yoshga to’lgach, otasi uni o’qishga berdi.
Amir Temurning
yoshligi maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan
nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan.
Amir Temur hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko’zga tashlanadi.
Birinchi davr (1360-1385) Movaunnahrni mo’gul xonligidan ozod qilib yagona
markazlashgan davlat tuzish va o’zaro urushlarga barham berish.
Ikkinchi davr
esa (1386-1405) ikki yillik, uch yillik, besh yillik deb ataluvchi va boshqa
mamlakatlarga yurishi bilan xarakterlanadi.
Amir Temur ko’p janglar qildi va bu jangler davomida Egey va O’rta
yer dengizidan to Hindistonning g’arbi , Mo’g’uliston Xitoygacha Ural tog’lari
Moskva ostonasi, Denepr bo’lgan
hududlarni zabt, eta oldi. O’z harbiy yurishlari