Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
23887 (1)




O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYHLARI UNIVERSITETI 
AKT SOHASIDA KASB TA‘LIMI FAKULTETI 
D.A. ZARIPOVA, G.R.HAMRAYEVA 
MAXSUS FANLARNI 
O„QITISH METODIKASI
(O‗quv qo‗llanma) 
Toshkent – 2020 




KIRISH 
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ―Yana bir 
muammoni hal etish o‗ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va 
professor-o‗qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning 
maxsus bilimlaridir. Bu borada ta‘lim olish, ma‘naviy ma‘rifiy kamolot 
masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol 
ko‗mak beradigan muhitni yaratish zarur‖.
1
– deb aytgan fikrlari 
ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini 
isloh qilish, hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko‗tarishga 
davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi sifatida katta e‘tibor berib 
kelinmoqda. Hozirgi kunda uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi 
har qanday davlatni zamon talablariga hamohang ravishda innovatsion 
rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omilga aylanganligi hammaga 
ma‘lum. Hozirgi kundagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab 
chiqarishning ko‗p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy-
gumanitar bilimlar, ta‘lim sohasiga ham innovatsion texnologiyalarni 
joriy etishni taqozo etmoqda. Ma‘lumki, ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖da 
―.....o‗quv-tarbiyaviy 
jarayonni 
ilg‗or 
pedagogik 
texnologiyalar bilan ta‘minlash‖
2
ta‘kidlanib, uzluksiz ta‘lim sifatini 
oshirish va takomillashtirishning bosqichlarida bajariladigan jiddiy 
vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta‘lim tizimiga yo‗naltirilayotgan 
katta hajmdagi investitsiyalar O‗zbekistonning eng ilg‗or mamlakatlar 
qatoridan joy olishiga zamin yaratmoqda. 
Bugungi kunda 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha ―Harakatlar 
strategiyasi‖ning 
―Ijtimoiy 
sohani 
rivojlantirishning 
ustuvor 
1
Sh.M.Mirziyoev ―Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak‖. Toshkent 2017, 45-bet. 
2
2005. Ergashxodjaeva Sh.J. Innovatsion marketing. O‗quv qo‗llanma. TDIU, 
Iqtisodiyot, 2014, 177-b.
Шамшиева Н.Н. Стратегия инновационного развитиявысших учебных 
заведений в условиях интеграции «вуз-производство. Монография. Т.: 
―Iqtisodiyot‖, 2016. С.156 



yo‗nalishlari‖ deb nomlangan 5 ta yo‗nalishining ―Ta‘lim va fan 
sohasini rivojlantirish‖ bandida shunday deyilgan: 
- uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim 
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom 
ettirish; 
- ta‘lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital 
ta‘mirlash, ularni zamonaviy o‗quv va laboratoriya asboblari, kompyuter 
texnikasi va o‗quv-metodik qo‗llanmalar bilan jihozlash orqali ularning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-
tadbirlarni ko‘rish; 
Oliy ta‘lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini modernizatsiya 
qilish va mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‗rganish, mahalliy 
shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda 
jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga 
oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta‘minlamoqda.
Uzluksiz ta‘lim tizimida oliy ta‘lim alohida o‗rin egallaydi. Oliy 
ta‘lim muassasalari talabalari kasbiy tayyorgarligi sifatini ta‘minlashda 
ularni innovatsion ta‘lim texnologiyalari, o‗qitishning yangi metod va 
vositalari, kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati 
bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, ―Maxsus 
fanlarni o‗qitish metodikasi‖ o‗quv fani bo‗lajak kadrlarni zamonaviy 
talablar asosida o‗qitish metodikasi faoliyatni loyihalashtirish, tashkil 
etishning nazariy va didaktik asoslari bo‗yicha ko‗nikma-malakalarini 
shakllantirishga yo‗naltirilgan. 




Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin