O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi Mamatqulova Sabinaning “Ommaviy-madaniy tadbirlarni ta’sirchanligini oshirish vositalari va uning ssenariyda aks ettirish” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga
ilmiy rahbar xulosasi
Mamatqulova Sabinaning “Ommaviy-madaniy tadbirlarni ta’sirchanligini oshirish vositalari va uning ssenariyda aks ettirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, talab darajasida tayyorlangan.
Mamlakatimizda maqom san’ati, milliy musiqa, baxshichilik san’ati, folklor san’ati, sirk san’ati, raqs san’ati, hunarmandchilik va nomaddiy madaniy merosning boshqa obektlarini asrab avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida san’atga bо‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, xalqlar о‘rtasidagi dо‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, jahon hamjamiyatida nufuzini yanada oshirish maqsadida yurtimizda ko’plab respublika va xalqaro festivallar, anjumanlar, ko’rik-tanlovlar bir so’z bilan aytgan ommaviy-madaniy tadbirlar o’tkazilmoqda. Tadqiqotchi bitiruv malakaviy ishini yozish davomida Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish va badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan mezonlarni hamda malaka talablarini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni batafsil o’raganib chiqqan. Undan tashqari tadqiqotchi xalqaro festivallar smetasi va ssenariylarini ham o’rganib bitiruv malakaviy ishda foydalangan. Bu albatta tadqiqotchining izlanganligidan dalolat berdi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida ba’zi stilistik va orfografik xatoliklarni kuzatish mumkin. Ammo, bu ishning mazmuniga ta’sir qilmaydi.
Bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
“Madaniyat va san’at muassasalarini
tashkil etish hamda boshqarish” kafedrasi
dotsenti v.v.b. S.Ikromov
Dostları ilə paylaş: |