PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR
www.bestpublication.org
517
HARBIY PEDOGOGIKA VA HARBIY PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH
MASALALARI.
Bobojonov Rasul Tohir og’li
Nizomiy nomidagi TDPU harbiy ta’lim fakulteti talabasi.
Anotatsiya: Zamonaviy innovatsion usullardan foydalanish, ularni o’zlashtirish, o’quv
tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalari, mamlakat va hayotida harbiy
pedogogikaning ahamiyati.
Kalit so’zlar: Harbiy ta’lim va fanda innovatsiya, didaktik talimot, jangovar
tayyorgarlik.
Hozirgi kunda ―Harbiy pedagogika‖ pedagogika fanining alohida tarmog‗i sifatida
boshqa fanlar bilan hamkorlikda taraqqiy etmoqda.
Harbiy pedagogika askarlar va harbiy jamoalarga ularda doimiy yuksak jangovar
tayyorgarlikka ega bo‗lishlari, tinchlik davrida va urush sharoitida o‗z harbiy burchini
muvaffaqiyatli bajarishlari uchun yuksak ma‘naviy, siyosiy
va jangovar xislatlarni,
jangovar mahoratni shakllantirish, aqliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish,
ma‘naviy-ruhiy tayyorgarligini amalga oshirishning
pedagogik qonuniyatlarini
o‗rganuvchi fandir.
Harbiy pedagogikaning ob‘ekti shaxsiy tarkibni o‗z xizmat va jangovar
vazifalarini bajarishga tayyorlash jarayonidan iborat; uning predmeti (mazmuni)
sifatida askarlarning jangovar va ma‘naviy-ma‘rifiy
tayyorgarligi jarayonining
pedagogik qonuniyatlari xizmat qiladi.
Harbiy pedagogikaning asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat:
Tarbiya – ilmiy dunyoqarash, ma‘naviy-ma‘rifiy tushunchalar,
axloqiy
munosabatlar, jangovar va kasbiy xislatlar, borliqqa estetik munosabat,
jismoniy va
ruhiy kuchini rivojlantirish maqsadida askarning ongi, ruhiyati,
irodasiga maqsadli,
belgilangan tizim asosida pedagogik ta‘sir ko‗rsatishdir.
Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida askarlarni xizmat va jangovar
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bilim, ko‗nikma va malakalar bilan
maqsadli va belgilangan tizim asosida qurollantirish jarayonidir.
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida egallangan va tizimga solingan bilim, hosil
qilingan ko‗nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Rivojlanish – askarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarining
bajarilishi lozim
bo‗lgan vazifalar xususiyatlari va harbiy xizmat sharoitlariga muvofiq maqsadli
takomillashuvi jarayonidir.
Ruhiy tayyorgarlik – harbiy burchini bajarish, turli sharoitlarda qo‗yilgan
vazifalarni ado etish uchun askarning doimiy ichki tayyorligi va yuksak hissiy-irodaviy