Mustaqil ishi bajardi: Sevara Tuxtamishova Jizzax-2023 Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish



Yüklə 97,89 Kb.
səhifə1/10
tarix17.05.2023
ölçüsü97,89 Kb.
#115164
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi Jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish


FAN VA INNOVATSIYALAR OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti


BOSHLANG'ICH TA'LIM VA JISMONIY TARBIYA

MUSTAQIL ISHI
Bajardi:Sevara Tuxtamishova


Jizzax-2023

Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasiga kirish



  1. Jismoniy madaniyat nazariyasi fani haqida.

  2. Jismoniy madaniyat –faoliyat sifatida.

  3. Jismoniy madaniyat predmetlar - boyligi sifatida.

  4. Jismoniy madaniyat – natija sifatida.

  5. Jismoniy madaniyat nazariyasi fani o‘quv va ilmiy fan sifatida.

  6. Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari: “jismoniy madaniyat”, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tarbiya”, “jismoniy tayyorgarlik”, “sport”, “jismoniy kamolot”.

  7. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.

Jismoniy madaniyat nazariyasi fani jismoniy madaniyat va sport hamda organizmga ta’sir ko‘rsatadigan biologik umumiy qonun qoidalarni o‘rganadi va umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalarini, vosita va usuliyatlarini, tamoyillarini, jismoniy yuklama va uni qo‘llash qonuniyatlarini, jismoniy tarbiyaning zvenolaridagi jismoniy tarbiya xususiyatlarini, jismoniy tarbiyaning aqliy, ahloqiy/ estetik va mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, sport trenirovkasi va uni qonuniyatlarini ochib beradi.


Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanib boradi Rivojlanish manbaii bo‘lib respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilhor tajribalar hisoblanadi.
Inson ham, jamiyat ham umuman o‘zini ob’ektiv rivojlanish qonunlarini bekor qilaolmaydi va o‘zgartiraolmaydi, chunki ular insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. Masalan, organizmni asta-sekin son va sifat jihatdan o‘zgarishi, organizmda funksional va tuzilish o‘zgarishlar qonuni, organizm va uning hayot sharoiti bilan birligi va h.k. qonunlar. Shunday bo‘lsada qonuniyatlar bilan birgalikda tabiiy rivojlanish jarayoniga (jumladan organizmning jismoniy rivojlanishiga) jamiyatni va shaxsni talabiga javob beruvchi ma’lum tuzilishi bo‘yicha yo‘nalish berib, ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu tomondan jismoniy madaniyat, kishining jismoniy rivojlanish jarayoniga maxsus ijtimoiy omil sifatida maqsadga muvofiq ravishda, ta’sir ko‘rsatib, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarini yo‘naltirilgan holda tarbiyalashga yordam beradi. Insonning jismoniy rivojlanishiga ijtimoiy hayot sharoiti, tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya, genetik va akseleratsiya jarayoni ta’sir etadi.Jismoniy madaniyat eng avval yosh avlodni va kattalarni mehnatga tayyorlashdagi, jamiyatning amaliy talablari ta’sirida tarixan ro‘yobga chiqdi. Shu bilan birga jamiyatda o‘rgatish va tarbiyalash tizimini tashkil topishida, jismoniy madaniyat, asosiy omil sifatida, har xil harakat ko‘nikmalari va malakalarini amalga oshirish va kishini faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish, jismoniy qobiliyatlarini, shu bilan birga intellektual, ahloqiy va estetik tarbiyani amalga oshirish organik ravishda kirib keldi. Texnika taraqqiyoti sharoitida, mehnat xarakterini va hayot sharoitini o‘zgarishi, kishining jismoniy madaniyatini o‘zgartirishda katta boylik sifatida, kasallikning oldini olish, organizmning funksional ishini yaxshilashni, ish faoliyatini oshirishi va saqlab turishda, qisqacha qilib aytganda, sog‘lig‘ini saqlay va mustahkamlashda uning jismoniy holatini eng yuqori darajadagi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham jismoniy madaniyat, umumiy madaniyatning katta va ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Umuman jamiyat madaniyati singari, jismoniy madaniyatning har xil tomondan va har xil soha bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur. Nisbatan to‘liq tavsif berish uchun eng bo‘lmaganda uch soha bo‘yicha ko‘rib chiqish kerak:


  1. Yüklə 97,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin