PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR
www.bestpublication.org
519
professional tayyorgarlik darajasiga ega bo‗lish vaqtini qisqartirish yo‗llarini, usullarini
va vositalarini izlash va ularni qo‗llash;
- harbiy jamoalarning o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganish va ta‘lim-tarbiya
jarayonida ularni hisobga olish;
- jangovar tayyorgarlik va harbiy intizomni, askarlarning ma‘naviy-ma‘rifiy
faolligini oshirish, ma‘naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‗llarini o‗rganish;
- harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalar o‗rtasida musobaqa tashkil etishning
pedagogik shartlarini aniqlash;
- jamoani jipslashtirish, unda nizom talablariga xos o‗zaro munosabatlarni, sog‗lom
ruhiy muhit va ijtimoiy fikrni shakllantirish metodlarini o‗rganish va boshqalar.
Shuningdek, ofitserlar, shartnoma bo‗yicha harbiy xizmatchilarning rahbarlik,
o‗qituvchilik va ustozlik faoliyatidan kelib chiqib, harbiy pedagogika uchun quyidagi
vazifalar ham muhim o‗rin egallaydi:
- harbiy-pedagogik jarayonda ularning o‗rnini aniqlash;
- ularda pedagogik madaniyat va pedagogik mahoratni shakllantirish yo‗llarini,
mazmuni va uslublarini ko‗rsatish;
- hurmat qozonish yo‗llari va mohiyatini ochib berish;
- ilg‗or pedagogik tajribani o‗rganish va umumlashtirish, harbiy-pedagogik
tadqiqotlar olib borish uslublarini ishlab chiqish.
Harbiy xizmat davomida o‘z bo‘ysunuvchilarini Vatanimizning munosib
himoyachisi qilib tarbiyalashda ofitser, serjant zimmasiga juda katta mas‘uliyat
yuklatiladi. U o‘z bo‘ysunuvchilariga nafaqat harbiy fanlar bo‘yicha saboq beradi,
malakali harbiy mutaxassis darajasiga ko‘taradi, balki ularni inson sifatida yanada
kamol topishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shu sababli ofitser va serjantdan o‘zining harbiy
mutaxassisligidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi bilan birga,
pedagogika, psixologiya, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlardan ham har taraflama
bilimga, tushunchaga hamda keng dunyoqarashga ega bo‘lishi talab etiladi. Harbiy
pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U fan sifatida o‘zi
rivojlanishi bilan birga boshqa fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi va mazmunan
boyib boradi. Hozirgi kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak
haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada harbiy pedagogika fani uchun
manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi harbiy pedagogika ham har bir insonning, shu
jumladan harbiy xizmatchi shaxsining ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va
jamiyatning rivojlanish qoidalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham
ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Ana shu nuqati nazardan harbiy pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida
uzviy aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs, jumladan harbiy xizmatchi shaxsi rivojlanishi jarayonining
dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta‘limotlarning
falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.