12
darajasiga salbiy tasir etdi.
Natijada, yigit va qizlar o‗z qobiliyatlari,
istaklari, ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlariga, moyilliklariga monand
hayot yo‘lini tanlashda qator qiyinchiliklarga duch keldilar.
O‗quv jarayoni, odatda, bilim darajasi o‗rtacha bo‗lgan
o‗quvchilarga mo‗ljallanadi. Shu bois ta‘limning iqtidorli yoshlar bilan
yakka
tartibdagi
o‗quv
dasturlari
bo‗yicha
ishlashi
kabi
mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmaydi.
Hunar texnika bilim
yurtlaridan yangi tipdagi ta‘lim muassasalariga o‗tish ko‗proq og‗izda
bo‗lib, amalda esa ularda ta‘lim eskirib qolgan moddiy texnika va
o‗quvuslubiy bazada, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‗tmagan
o‗qituvchi kadrlar bilan amalga oshirildi.
Ko‗ngildagidek bilimdon,
mutaxassis kadrlar tayyorlash, inson
salohiyatini yuzaga chiqarish har jixatdan ustozlarga ularni o‗qitish
jarayonini tashkil etishlariga bog‗liq. Ta‘lim tizimi kadrlarning miqdori
va malakasi, mutaxassisligi jihatidan bozor
talablariga tezda moslasha
oladigan bo‘lishi zarur. Tizimdagi qator kamchiliklar, zamon talablarini
hisobga olgan holda respublikamizda kadrlar tayyorlashning mutloq
yangicha tizimini barpo qilishga kirishildi.
Ta‘lim tizimini isloh qilish, o‗quvchilarni kasbga yo‗llash va
ta‘limning amaliy yo‗naltirilganligini yetarli bosqichga ko‗tarish
yoshlarda
mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko‗nikmalarini
yorqinroq shakllanishiga yordam beradi.
Ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni eski mafkuraviy qarashlardan
to‗la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida,
yuksak
ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi.
Bu maqsadni ro
‘
yobga chiqarish quyidagi qator
vazifalarni amalga oshirishni talab qilishi belgilab qo‗yildi:
Dostları ilə paylaş: