Maxsus fanlarni


Ta'lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
23887 (1)

Ta'lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:
Faollik tamoyili
Tushunarlilik


10 
ifodalash usuli o‗quvchi-talabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. 
Lekin bu ilmiy terminlardan foydalanilmaydi, degani emas. 
 5. Namunalardan foydalanish -
o‗quv materialining mazmunini 
tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. 
Yaxshi model, amaliyotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar 
ham olingan natijaning sifati qanday bo‗lishini aniq ko‗rsatadi.
6. Ilmiylik - 
o‗quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan 
tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‗lishi kerak. 
Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‗zida aks 
ettirishi lozim. O‗qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga 
asoslangan material qo‗llanilmasligi kerak. 
 7. Bilimlarni qo„llash - 
talabalar olgan bilimlarini amalda qo‗llay 
olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qo‗llanilgan va amaliy vaziyatda 
sinalgan bo‗lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‗qituvchi tomonidan 
yaratilishi lozim.
8. Natijalarni mustahkamlash tamoyili 
- o‗qishdagi muvaffaqiyatlar 
tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o‗quvchi va o‗qituvchi o‗rtasida 
doimiy aloqa bo‗lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash 
varaqalari» da qayd qilinishi kerak.
Didaktik tamoyillar o‗qituvchi faoliyatining yo'1-yo'rig‗i sifatida 
xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo‗llab- 
quvvatlaydi. Oliy o‗quv yurti o‗zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o‗rta 
ta‘limdan farqlanadi. Fanni o‗rganish fanda erishilgan zamonaviy 
yutuqlarni amaliyot bilan bog‗lash, dolzarb muammolarni aniqlash, 
ularning yechimini topishga yo‗naltirish bilan ajralib turadi. Oliy 
ta‘limning o‗ziga xosligi dars o‗tish metodlarini tanlashga ham ta'sir 
ko‗rsatadi. Olim I. T. Ogorodnikov o‗z tadqiqotlarida oliy o‗quv 
yurtidagi o‗qitish metodlarining o‗ziga xosligi deganda, uning ilm 
o‗rganish metodlari bilan yaqinlashuvidir deb ta'riflaydi. S. I. 
Arxangelskiy esa oliy o‗quv yurtidagi o‗qitish metodlari nafaqat dars 
berish usullari va uslublarini birlashtirish, balki bilishning o‗quv va 
ilmiy faoliyatga yo‗naltirilgan tizimi degan fikrni bildiradi. Shuning 
uchun ko‗proq talabalarni o‗ylashga undaydigan dars o‗tish metodlarini 
qo‗llash muhim ahamiyatga ega. Umuman talaba o‗ylashga o‗rganmasa, 
olgan bilimlaridan foydalana olmaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotida 
insonning o‗ylashi, tahlil qilishi, taqqoslab, qaror chiqarishi muhim 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Chunki, har qanday sohada muvaffaqiyatli ish 


11 
yuritish uchun tafakkur rivojlangan bo‗lishi zarur. O‗qitish uslubining 
yakuniy maqsadi chuqur bilim berishgina bo‗lmay, yoshlarda mustaqil 
bilim olishga intilishni uyg‗otish, ularni tarbiyalash hamdir. Axborot 
turli-tuman shakllarda qabul qilinadi. Kimning axborotni turli tarzda 
qabul qilish qo‗lidan kelmasa, bu — uning uchun katta yo‗qotish 
bo‗ladi. Ularda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish ko‗nikmasini 
hosil qiladi. Ta‘lim metodlarini o‗qitish metodlari va o‗rganish 
metodlariga ajratish mumkin. o‗qitish metodlariga bilim berish usullari 
sifatida qaraladi. Bunda o‗qituvchi talabalarning bilish faoliyatiga ta'sir 
ko‗rsatadi, uning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beradi. 
O‗rganish metodlari bilim, malaka, ko‗nikmalarni ijodiy egallashga 
yo‗naltiradi. Oliy o‗quv yurtidagi ta‘limning o‗ziga xos xususiyatlari 
o‗quv jarayonini tashkil etishda ham ko‗rinadi. O‗rta ta‘limda o‗quv 
jarayoni asosan dars o‗tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg‗ulot, 
laboratoriya mashg‗uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o‗quv yurtlarida esa 
o‗quv jarayoni dars mashg‗ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy 
konferensiya, amaliy seminarlar va boshqalarni ham keng qo‗llab tashkil 
etiladi. 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin