Maxsus fanlarni



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
23887 (1)

Metodologiya 
— tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini tashkil 
etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi 
ta‘limot. «Metodologiya metodlar haqidagi ta‘limot yoki yalpi umumiy 
bilish metodi» deb ham ta'riflanadi. 
 Metodologiya
metodlarga va umuman voqyelikka qanday 
yondashish yo‗lini o‗rgatadi. Voq‗elikning muayyan qismini, biron 
jihatini o‗rgatuvchi metodologiyaga metafizikani, voq‘elikni chiziqli 
rivojlanishi, o‗zgarish jarayonini uni tashkil etuvchi bilimlar o‗rtasidagi 
o‗zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi metodologiyaga dialektikani, 
voqyelikda ro‗y beruvchi, keskin halokatli o‗zgarishlar, nochiziqli 
rivojlanish jarayonlarini o‗rganishda qo‗llanilayotgan metodologiyaga 
sinergetikani misol sifatida kiritish mumkin» — deyiladi, mazkur 
ensiklopediyada. Insonning boshqa maxluqotlardan farqi uning ma'lum 
bir maqsad sari harakat qilishidir. Maqsadga yetishda turli-tuman 
to‗siqlarga duch kelinadi. Muayyan to‗siqni yechish uchun 
qo‗llaniladigan chora yoki tadbirni usul deyiladi. Maqsadga yetishda 
qo‗llaniladigan chora-tadbirlar ma'lum bir ketma-ketlikda qo‗llaniladi. 
Bu — qonuniyat. Ana shu turli-tuman chora-tadbirlarni ma'lum bir 
ketma-ketlikda qo‗llash usullar tizimi bo‗ladi. 
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma'lum bir fanni o‗rganish, 
o‗qilish metodlari to‗g‗risidagi ta‘limot. Boshqacha aytganda metodika 
— bu dars o‗tishda o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablarni realizatsiya 
qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
Dars o‗tish o‗qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‗z 
bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. 



Talabalar fanni puxta o‗zlashtirishlari uchun uni o‗rganishda 
qo‗llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin