Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish. Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi



Yüklə 35,06 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü35,06 Kb.
#115596
Jumanazar 3


Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil 
etuvchilari bilan tanishish. 
Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi  
Boshqarish qurilmasi - funksiyasi bo‘yicha mikroprotsessorning eng 
murakkab qurilmasi hisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga 
yetkaziladigan boshqarish signallari qayta ishlaydi. Buyruqlar registri - 
buyruqlar kodi saqlanadigan registr. Bu yerda bajariladigan amal va operandlar 
manzili joylashadi. Buyruqlar registri mikroprotsessorning interfeysli qismda 
joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi. Amallar deshifratori - ushbu 
mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish 
yo‘lini tanlaydi. Mikrodasturalarni doimiy saqlash qurilmasi (DXQ) - o‘z 
yacheykalarida boshqaruv signallarini saqlaydi. Ushbu impulslar ShK 
bloklarida bo‘ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. 
Impuls operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofik. Doimiy 
xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o‘qib oladi. Berilganlar, 
adreslar, instruksiyalar kodli shinalar – mikroprotsesssor–ning ichki shina 
qismi. Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni 
bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi.
Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor 
xotira yacheykalarini tanlash;
Tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va 
buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish;
Amal kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash;
Qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish 
impulslarini o‘qish va bloklarga yuborish;
Buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarning 
tashkil etish adreslarini o‘qish ;
Operatsiya natijalarini xotiraga yozish;
Dasturning keyingi buyrug‘i adresini aniqlash.
Har qanday EHM ning asosiy maqsadi informatsiyani qayta ishlashdan 
iborat bo‘lib, biz bilamizki, turli tipdagi informatsiyalar sonlar yordamida 
ifodalanadi. Hisoblash mashinalarida sonlar bilan ishlash uchun maxsus qism 
mikroprotsessor qurilmasi mavjud bo‘lib, ular mantiqiy universal qurilma 
hisoblanadi va mantiqiy matematik oddiydan murakkabgacha bo‘lgan 
amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada ko‘rilganligi 

tufayli 
uning 


hajmi 
unchalik katta bo‘lmaydi, keyingi yillarda 
mikroprotsessorlar bir-biridan tezligi va imkoniyati bilan farqlanadi.
Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish 
mumkin:
a) 
mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketma-
ketligini beradi.
b) 
operatsion qurilma (arifmetik mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlar 
bajariladi.
Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg
1
– Rg
7
registrlari kiradi, 
ularda tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi.
Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrobuyrug‘i bilan beriladi. U 
A
1
, A
2,
...,A
n
ketma-ket mikrobuyrug‘lar sifatida yoziladi. Shu yerning o‘zida 
mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi:
Tashqi mikrobuyrug‘lar ya’ni bular arifmetik mantiqiy qurilmaga tashqi 
qurilmalardan keladigan buyruqlar;
Ichki mikrobuyrug‘lar ya’ni arifmetik mantiqiy qurilmada yaratiladigan 
va mikrodastur qurilmasiga ta’sir etadigan. Masalan: arifmetik mantiqiy 
qurilma hisoblash natijalariga qarab turib holatlarni generatsiyalashi mumkin. 
Arifmetik mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u
1
, u
2
,…,u
n
kodli shinalar 
orqali beriladi.
Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari:
Rg

summator, arifmetik mantiqiy qurilmaning asosiy registri, unda 
hisoblash natijalari yaratiladi.
Rg
2
, Rg

- qo‘shiluvchi, ko‘paytuvchi, bo‘luvchilar registrlari.
Rg
4
- adresli registr operandalar adresini va natija adresini eslab qolishga 
mo‘ljallangan.
Rg
6
-adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr.
Rg
7
- qo‘shimcha yordamchi registr, u dastur xohishiga qarab 
akkumlyator, indeksli registr yoki oraliq natijalarni eslab qoluvchi xotira 
sifatida ishlatilishi mumkin.
Tezkor registrlar bir qismi dasturiy murojatli hisoblanadi, ya’ni ular 
buyruqlar bilan adreslanishi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi: -
summator;
-indeksli registr:
-ba’zi yordamchi registr:
qolgan registrlar dasturiy murojaatga tegishli emas, ya’ni ular dasturda 
adreslanishi mumkin emas. Operatsion qurilmani qayta ishlanadigan 
ko‘rinishiga qarab klassifikatsiyalash mumkin (7-rasm).
Arifmetik mantiqiy qurilmaning to‘liq kvalifikatsiyasi chizmada 
keltirilgan. Arifmetik mantiqiy qurilmaning mantiqiy strukturasining 

qiyinligini Arifmetik mantiqiy qurilmaga qo‘yilgan masalani yechishda 


ishlatiladigan mikrodasturlar, ko‘pligi bilan tushuntiriladi.
Har bir registrning kirish yo‘liga tegishli mantiqiy sxemalar yig‘ilgan. Ular 
registrlararo muloqotni qo‘llashda ishlatiladi.
So‘zlar ustida olib boriladigan operatsiyalarni bajarilishi so‘zlarni 
o‘zgartiradigan va arifmetik mantiqiy qurilmada so‘zlarni yetkazadigan mikro 
buyruqlarga olib boriladi. Mikrobuyruqlarning bajarilish tartibi bajariladigan 
operatsiyalar algoritmi bilan aniqlanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish 
mumkinki, arifmetik mantiqiy qurilma registrlar va ular bajaradigan 
funksiyalar bo‘ladigan operatsiyalarning uslubiga bog‘liq, arifmetik mantiqiy 
maxsus arifmetik amalga ega.

7-rasm
Arifmetik mantiqiy qurilma bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati raqamli 


hisoblash mashinasi turiga bog‘liq.
Shu tariqa arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi berilgan arifmetik 
mantiqiy va maxsus operatsiyalarni bajarilishi bilan belgilanadi. Arifmetik 
mantiqiy qurilma qurilishi esa mikrodasturlarda bajariladigan mikrobuyruqlar 
bilan belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning undanda soddaroq sxemasini 
olish uchun arifmetik mantiqiy operatsiyalardan eng minimalini tanlash lozim. 
Bunda arifmetik mantiqiy qurilmaning berilgan tezkorligini hisobga olish 
zarur.
· natija to‘lib-toshishi (AV)
· ishora (AS)
· holati (AQ)
Sikl oxirida arifmetik statusga ega bo‘lgan signallar o‘z holatlarini 
o‘zgartiradi (ASTAT):
X kirish porti 2 ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin: AX- 
registr blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi 
qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi.
Download 5.64 Mb.
Yüklə 35,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin