Arifmetik vektorlar va ular ustida amallar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə1/8
tarix15.04.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#98680
  1   2   3   4   5   6   7   8
maktabgacha yosh davri bolalarida diqqat barqarorligini taminlashning psixologik xususiyatlari


Arifmetik vektorlar va ular ustida amallar
Reja:



  1. n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo. Arifmetik vektor haqida tushuncha

  2. Arifmetik vektorlar va ular ustida amallar

  3. Vektorlar sistemasi

  4. Koshi-Bunyakovskiy tengsizligi. Vektorlar orasidagi burchak. Uchburchak tengsizligi

  5. Vektorlar chiziqli kombinatsiyasi. Chiziqli tenglamalar sistemasini vektor tenglama shaklida yozish

  6. Vektorni berilgan vektorlar sistemasi bo`yicha yoyish

  7. Chiziqli bog`liq va chiziqli erkli vektorlar sistemalari

1. n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo. Arifmetik vektor haqida tushuncha
O`rta maktab matematika kursida real fazo vektorlari – yo`nalishli kesma shaklida tasvirlanishi mumkin bo`lgan geometrik vektorlar va ular ustida amallar o`rganilgan edi. Maktab kursida real (bir, ikki va uch o`lchovli) fazo vektorlari va nuqtalari orasida o`zaro birga-bir moslik borligini uqish muhimdir. Real R3 fazo tushuncha va elementlarini ixtiyoriy n (n ≥ 4, n  N) o`lchovli fazo uchun yoyish yoki umumlashtirish mumkin. n o`lchovli haqiqiy fazo abstrakt - to`qima tushuncha bo`lib, uning vektorlarini yo`nalishli kesma – geometrik vektor shaklida emas, balki arifmetik ifodalash mumkin.
n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo tushuncha va elementlari murakkab, xususan iqtisodiy jarayonlarni matematik tekshirish imkonini be-radi.
n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo deb, mumkin bo`lgan barcha n ta haqiqiy sonlarning tartiblangan tizimlari to`plamiga aytiladi va Rn yozuv bilan belgilanadi.
Har bir alohida olingan x = (x1, x2, …, xn) tizim Rn fazo arifmetik vektori yoki nuqtasi deyiladi. x1, x2, …, xn haqiqiy sonlarga x vektor yoki nuqtaning mos koordinatalari yoki komponentlari deyiladi. Tizim koordinatalari soni n esa x arifmetik vektor yoki nuqta o`lchovi deyiladi.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin