Arximed (grekcha: Ἀρχιμήδης; mil. avv. 287–212) Sirakuzalik qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi – Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan.Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan.
Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib
keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan „Arximed kuchi“ yoki
„Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida
oʻrin egallaydi. Miloddan avvalgi 212-yilda rimliklar Sirakuzani
bosib olgandan soʻng Arximed oʻldirilgan.
Arximed qonuni
Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz ogʻirligiga teng gidro-, aerostatik "koʻtarish kuchi" ta’sir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuqlik yoki gaz tomonidan ta’sir qiluvchi bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi boʻlib, yuqoriga tik yoʻnaladi. Agar jismning ogʻirligi "koʻtarish kuchi"dan katta boʻlsa, jism choʻkadi, kichik boʻlsa – choʻkmaydi, teng boʻlsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi. Bu qonun bir jinsli boʻlmagan suyuqlik va gazlarga ham taalluqlidir.
Arximed qonunining formula koʻrinishi:
FA=pgV
bu yerdap– suyuqlik yoki gazning zichligi, g– erkin tushish tezlanishi, V boʻlsa – botirilgan jismning hajmi.
Aga Arximed kuchi jism og’irligidan kata bo’lsa, jism suyuqlikdan qisman botgan holda suzib yuradi
FA>mg
Agar Arximed kuchi jism og’irligiga teng bo’lsa,jism suyuqlik ichidagiistalgan joyida muallaq holda qoladi FA=mg
Agar Arximed kuchi jism og’irligidan kichik bo’lsa, jism suyuqlikda cho’kadi FA
Agar jismning ogʻirligi "koʻtarish kuchi"ga teng boʻlsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi
Arxime qonuni bo’yich jajriba
Jismning havodagi og’irligi Ph dan
suyuqlikdagi og’irligi Ps ning ayirmasi siqib chiqarilgan suvning og’irligi F ga teng bo’ladi
F= Ph- Ps
Xulosa
Suyuqlikka botirilgan jismga yuqoriga ko’taruvchi kuch ta’sir qladi
Yuqoriga ko’taruvchi kuch og’irlik kuchiga qarama qarshi bo’ladi