Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.06.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#132947
  1   2   3
ASOSIY FONDLAR AMORTIZATSIYASI VA YEMIRILISHI


ASOSIY FONDLAR AMORTIZATSIYASI VA YEMIRILISHI
Reja:


1. Asosiy fondlarning tarkibi va strukturasi.
2. Asosiy fondlardan foydalanishning samaradorlik korsatkichlari.
3. Asosiy fondlarning yeyilishi (eskirishi) va qayta tiklanishi.


Asosiy iboralar va tushunchalar: Binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashina va uskunalar transport vositalari, asbob-uskunalar, inventarlar, dastlabki va tiklanuvchi qiymat, yeyilish, qoshimcha kopayish, xisobdan chiqish, yangilanish, renovatsiya, fond sigimdorligi, smenalik, ishlab chiqarish me’yorlari, fond samaradorligi, amortizatsiya.
Yo’l xojaligining asosiy fondlari nisbatan mustaqil ikki qismdan tashkil topadi. Avtomobil yo’llari va yo’l tashkilotlarining asosiy fondlari. Yo’llar va yo’l inshootlarining qiymatlari, yo’l tashkilotlaridagi asosiy fondlar qiymatidan bir necha barobar kopdir. Yo’l xojaligining ekstensiv osishidan intensiv rivojlanish yuliga otishi, birinchidan, transportning asosiy fondlari bolgan avtomobil yo’llaridan samarali foydalanish hisobiga jamiyatning transportga bolgan talablarini qondirishdir. Ikkinchi tomondan, tarmoq ichi aspektida ishlab chiqarishni intensifikatsiya qilish yo’l tashkilotlarining asosiy fondlaridan ham samarali foydalanishni taqazo etadi.
Yo’l tashkilotlarining asosiy fondlari viloyatlarda yo’llar qurilishi va tasarrufi bilan shugullanadigan sho’ba korxonalarda mujassamlashgan bolib, ularning 45% ga yaqini yo’l qurilishi bilan, 55% ga ega yo’llar tasarrufida faoliyat korsatadilar. Ulardan tashqari umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan avtomobil yo’llarining tashkilotlari ham mavjud bolib, ular asosan yo’llarni ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlari bilan shugullanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va avtomobil yo’llarini yaroqli holda saqlash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismidir. Ular ishlab chiqarishning moddiy texnik sharoitlarini belgilab, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat davomidpa ishtirok etadilar va ozlarining natural korinishlarini ozgarishsiz saqlab qoladilar va oz qiymatlarini eskirgan sari asta-sekin yaratilayotgan mahsulot qiymatiga otkazadilar.
Yo’l tashkilotlari maishiy, kommunal, madaniy, meditsina xizmatlari uchun zarur bolgan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan asosiy vositalarga ham ega. Ular qatoriga uy-joy binolari, meditsina punktlari binolari, klublarni kiritish mumkin. Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan asosiy fondlar uzoq xizmat muddatiga egadirlar va ularning qiymatlari ham eskirgan sari asta sekin tashkilot ishlovchilari tomonidan yaratilayotgan mahsulot qiymatiga otib boradi.
Yo’l tashkilotlari asosiy fondlarining strukturasida yetakchi orinni mashina va uskunalar, hamda transport vositalari egallab turadi.
Yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish sanoat ishlab chiqarish fondlari sanoat ishlab chiqarish fondlaridan va boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish fondlaridan, asosiy ishlab chiqarishdan tashqari fondlardan tashkil topadi.
Umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan yo’llardagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshqa yo’llardagi asosiy fondlar strukturasidan farqi shundaki, avtomobil yo’llarining inventar qiymatlari tarkibiga umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan yo’llarga xizmat korsatuvchi yo’l tasarruf uchastkalari binolarining qiymatlari ham kiritiladi. Boshqa yo’llar tizimida bunday tartib yoq bolib, yo’llar tasarrufidagi sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi yo’l qurilishidagi asosiy fondlar strukturasidan farq qilmaydi. Farq faqat shundaki, pudratchi yo’l qurilish tashkilotlarida sanoat ishlab chiqarish fondlari qurilishga xizmat qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. Boshqa tarmoqlarning asosiy ishlab chiqarish fondlariga sanoat korxonalrining (yigma temir beton zavodlari, ta’mirlash ustaxonalari, yogochga ishlov beruvchi kombinatlar), yordamchi qishloq xojaligi korxonalaridagi qishloq xojaligida ishlatiladigan fondlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda qishloq xojaligi maxsulotlarini tayyorlash bilan shugullanuvchi tashkilotlarning fondlari kiradi.
Jadval. Yo’l tashkilotlari sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining strukturasi.

Umumdavlat ahamiyatiga ega bolgan yo’llardagi asosiy fondlarning elementlari




Umumiy qiymatidagi salmogi % boshqa avtomobil yo’llarida

Binolar va inshootlar

9,9

24,0

Uzatish qurilmalari

0,8

0,4

Mashina va uskunalar, jami

75,4

60,4

Shu jumladan, ish mashinalari va uskunalar

66,6

47,2

Тransport vositalari

12,5

13,5

Asbob-uskuna, ishlab chiqarish va xojalik inventarlari va boshqa turdagi assosiy fondlar

1,4

1,7

Jami

100,0

100,0

Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlari quyidagi elementlardan tashkil topadi:



  1. Тurli bolimlar va xizmatlarni joylashtirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish binolari, nazorat qorovullash budkalari, konlar, yordamchi ishlab chiqarish binolari, omborxonalar;

  2. Тexnik funksiyalarni bajarishga moljallangan, mehnat ozgarishi bilan bogliq bolmagan inshootlar. Bular qatoriga kopriklar, estakadalar, galereyalar, xojalik ichidagi yo’llar, temir yo’llar, osma yo’llar, har xil omborlar;

  3. Uzatish qurilmalari –transformator podstansiyalari, kabellari, elektr liniyalari;

  4. Mashina va uskunalar, sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining eng muhim qismi bolib, ular qatoriga issiqlik energiyasi, elektr energiyasi ishlab chiqarishga moljallangan kuch mashinalari va uskunalar, har xil dvigatellar va energiyani bir turdan boshqasiga ozgartiruvchi uskunalar, hamda qurilish montaj ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi ishchi mashinalar va uskunalar, olchov asboblari, laboratoriya anjomlari, hisoblash texnikalari kiradi;

  5. Тransport vositalari –yuk avtomobillari, tirkamalar, shatakchi avtomobillar, motovozlar, temir yo’l platformalari va boshqalar;

  6. Ishlab chiqarish jarayonida qol mehnatini mexanizatsiyalashtirishda muhim ahamiyatga ega bolgan, xizmat muddati bir yildan ortiq bolgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xojalik inventarlari.

Yuqorida sanab otilgan barcha sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarini aktiv va passiv qismlarga ajratish mumkin. Asosiy fondlarning aktiv qismiga, ya’ni mehnat vositalariga ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, asbob anjomlar va ishlab chiqarish inventarlari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etib, ishlab chiqarish masshtablarini aniqlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv qismiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bolgan moddiy sharoitni vujudga keltirishga xizmat qiladigan elementlar kiradi (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari va xokazo).
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul korinishida amalga oshiriladi.
Pul korinishida ifodalangan asosiy fondlar asosiy mablaglar deb ataladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul olchamida ifodalash ularning strukturasi va dinamikasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining alohida qiymat elementlarining miqdoriy salmogi uning strukturasini belgilaydi. Konkret yo’l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondalarining strukturasi, qurilish tashkilotining quvvati, ishlab chiqarish bazasining hududiy konsentratsiyalashuvi, bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlarning, soni, qurilish maydonining olchami, ishlab chiqarish dasturining strukturasi kabi bir qator muhim omillar asosida aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi hisobot yili uchun fondlarini, yillik ortacha qiymatlari xaqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. U 13 ta qoshiluvchilar yigindisining 1g12 qismi sifatida aniqlanadi: hisobot yilining 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi, keyingi yil 1 yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi olinadi. Fevraldan dekabrgacha bolgan oylar uchun esa toliq hisobot ma’lumoti boyicha olinadi.
Asosiy fondlarning qayta tiklanishini rejalashtirish va amortizatsiya ajratmalarining miqdorini aniqlash uchun asosiy fondlarning togri baholangan bolishiga muhim ahamiyatga ega. Asosiy fondlarning baholanishi quyidagi korinishlarda bolishi mumkin:
-ularning dastlabki narxlari boyicha, ya’ni asosiy fondlarni sotib olish yoki qurishga amalda sarflangan xarajatlar boyicha;
-tiklanish qiymati boyicha, ya’ni zamonaviy sharoitda qayta tiklashga boladigan xarajat boyicha.
Eskirishni hisobga olgan holda asosiy fondlarni tiklanish narxi boyicha baholash mavjud fondlar haqida ob’ektiv ma’lumotga ega bolish va amortizatsiya ajratmalarining eng togri hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Lekin bu usul vaqti-vaqti bilan qayta hisobga olish va qayta baholashlar otkazib tqurilishini talab qiladi, bu esa odatda kattagina mehnat sarflash bilan bogliq.
+iymat korsatkichlarining qollanilishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvoli va dinamikasi togrisida tarmoq va alohida tashkilotlar boyicha umumlashgan xarakteristika olishga imkon beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvolini xarakterlash uchun quyidagi korsatkichlardan foydalaniladi:
-asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsiyenti; eskirganlik qiymatining asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Eskirish summasi tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ravishda olinadi.
-asosiy fondlarning eskirishi bir yilda bir marta inventar ob’ektlarning hisobot davri oxiriga bolgan balans qiymatlarini tasdiqlangan yillik eskirish me’yorlariga kopaytirish orqali hisoblanadi. Hosil bolgan eskirish summasini avvalgi yilning oxiriga bolgan eskirish summasiga qoshiladi.
-mashinalar narxining yoshi strukturasi koeffitsiyenti –amortizatsiya xizmati muddati bitmagan mashinalar sonini, mashinalarning umumiy soniga bolib topiladi.
Yo’l tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining dinamikasini baholash uchun quyidagi korsatkichlar qollaniladi:
-Asosiy fondlarning osish koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent yil davomida olingan asosiy fondlar qiymatining, hisobot davri oxiridagi fondlar qiymatiga (hisobdan chiqarilgan fondlar qiymatidan tashqari) nisbati sifatida aniqlanadi.
-Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlarning toliq dastlabki qiymatlarini, hisobot davri boshlanishiga bolgan asosiy fondlar toliq dastlabki qiymatiga nisbati sifatida aniqlandi.
-Asosiy fonlarning yangilanish koeffitsiyenti yangitdan olingan asosiy fondlar qiymatining hisobot davri oxiriga bolgan asosiy fondlarning toliq qiymatiga nisbatidan iborat.
Asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsiyenti, mashinalar narxining yoshi boyicha strukturasi asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti barcha asosiy fondlar miqyosida va alohida olingan yo’l mashinalari va mexanizmlar miqyosida hisoblanadi. Korsatkichlarning konkret qiymatlari birinchi navbatda yo’l tashkilotlari ishlab chiqarish bazasiga kapital mablaglar rejasining bajarilishiga, yangi asosiy fondlarning ishga tushirish rejasining bajarilishiga hamda asosiy fondlarni kapital ta’mirlash rejasiga bogliq boladi.
Yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga boladigan ehtiyojlari natural va qiymat korsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin. Natural korsatkichlarda ifodalangan ehtiyojlar barcha ishlab chiqarishlar va xojaliklardagi umumiy bajariladigan ishlar hajmi asosiy mashinalar va uskunalarning turlari boyicha direktiv me’yorlar asosida aniqlanadi. Natural korsatkichlar ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab chiqishda qollaniladi. Ammo ular yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga ozlarining konkret buyumlashgan korinishlari tufayli biroz noqulaydirlar. Shu sababli natural korsatkichlarni qollash alohida mashina turlari va uskunalaridan foydalanish samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari (normo vorabotki) mavjudligi sababli ishlatiladi. Yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyojlari qiymat korsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda va alohida elementlarga ajratilgan korinishda beriladi.
Yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fonlariga ehtiyoji absolyut va nisbiy boladi. Absolyut ehtiyoj tegishli ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun barcha fondlar va ularning elementlari qiymatida ifodalanadi, nisbiy ehtiyoj esa solishtirma fond sigimdorligi koeffitsiyentlarida oz ifodasini topadi (umumiy va xususiy).
Umumiy solishtirma fond sigimdorligi koeffitsiyenti asosiy ishlab chiqarish fondlari yillik ortacha qiymatini yillik mahsulot qiymatiga bolish orqali aniqlanadi (yo’l qurilishida –korxonaning oz kuchi bilan bajarilgan qurilish montaj ishlari hajmiga; yo’llarni tasarruf etishda –xojalik usulida yo’llarni ta’mirlash va yaroqli holatda ushlab turish boyicha bajarilgan yillik ishlar hajmiga).
Хususiy solishtirma fond sigimdorligi koeffitsiyenti asosiy ishlab chiqarish fondlarining elementlari boyicha ular yillik ortacha qiymatlarini yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bolib aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning asosiy fondlariga boladigan nisbiy ehtiyoji yo’l tashkilotlari faoliyatiga bogliq bolgan va bogliq bolmagan bir qator omillar ta’sirida roy beradi.
Yo’l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bolgan absolyut ehtiyoji ishlab chiqarish dasturi hajmiga bogliq bolib, ishlab chiqarish nomenklaturasi boyicha barcha bajariladigan ishlar hajmi asosida yoki tegishli fond sigimdorligi koeffitsiyentlari va ishlab chiqarish faoliyati hajmining qiymat korinishida ifodalangan ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Har qanday hollarda ham qabul qilinayotgan normativlar yoki solishtirma fond sigimdorligi koeffitsiyentlari iloji boricha ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga boladigan nisbiy ehtiyojiga ta’sir etuvchi omillar kop bolganligi sababli, solishtirma fond sigimdorligi koeffitsiyentlari perspektiv davr uchun har qaysi yo’l tashkiloti uchun bajariladigan ishlarning konkret strukturasini, asosiy fondlardan foydalanishning amalda erishilgan saviyasini va rejalashtirilayotgan fondlar bilan qurollanganlik hamda mehnat unumdorligini hisobga olgan holda individual qiymatlariga ega bolishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish korsatkichlari yo’l xojaligi tarmogi faoliyatining samaradorligini belgilovchi xarakteristikalardan biri sanaladi. Bu korsatkichlarning amaliy ahamiyati ular asosida hal etiladigan iqtisodiy masalalar toplamida oz ifodasini topadi:
Ular quyidagilardan iborat:
-qator yillar uchun butun tarmoq, ishlab chiqarish birlashmalari, alohida yo’l tashkilotlari boyicha asosiy fondlardan samarali foydalanishdagi ozgarishlar tendensiyalarini aniqlash;
-asosiy fondlardan samarali foydalanishni rejalashtirish;
-turli yo’l tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishni solishtirish va baholash;
-konkret sharoitlarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish darajasini baholash hamda ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish asosida ularni oshirish imkoniyatlarini izlab topish;
-yo’l xojaligi ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish uchun uning asosiy fondlar va kapital mablaglarga boladigan ehtiyoji yiriklashtirilgan hisob-kitoblarini amalga oshirish;
-yangi mashinalar va uskunalar joriy etilishining samaradorligini aniqlash, mashinalar parkini optimal rejalashtirish, mehnat vositalarini ish turlari va inshootlar boyicha ratsional taqsimlash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi natural (xususiy) va qiymat (umumlashgan) korsatkichlarda baholanadi.
Natural korsatkichlar mashina va uskunalardan vaqt va unumdorligi boyicha, qiymat korsatkichlari esa hamma asosiy fondlar va uning elementlaridan foydalanishni xarakterlaydilar. Natural korsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: mashina va uskunalarning smenalilik koeffitsiyenti, sutka va yil mobaynida mashinalarning ortacha ishlash soati, mashinalar parkidan vaqt boyicha foydalanish koeffitsiyenti, smena ish vaqti balansida smena ichida vaqt yoqotishlar salmogi, mexanizatsiyalashgan ishlarda yillik direktiv va ishlab chiqarish ish me’yorlarining bajarilish darajasi, bitta royxatdagi mashinaga nisbatan natural birliklarda olchangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori.
Smenalilik koeffitsiyenti mashinalarning sutka vaqti mobaynida qanday ishlatilishini xarakterlaydi, ya’ni

bu yerda M1, M2, M3 – birinchi, ikkinchi va uchinchi smenada ishlaydigan ma’lum turdagi mashinalar soni;
Mumum – shu turdagi mashinalar parkining umumiy soni.
Hozirgi kunda asosiy qurilish va yo’l mashinalari boyicha yillik ish kunlariga togri kelayotgan smenalik koeffitsiyenti 1,1 ni tashkil etmoqda va 1,3-1,4 da yuqori emas. Yil mobaynida mashinalarning bir kunlik ish muddati 8-10 soatni tashkil etadi. Kopchilik qurilish va yo’l mashinalari yoz paytida 2 smena, qish paytlari esa xech bolmasa 1 smena ishlashliklarini hisobga olgan holda shuni tan olishimiz kerakki, yillik ish vaqti fondining anchagina qismini mashinalar turli sabablarga kora bekor turib qoladilar va bu sabablar ichida eng muhimi –yo’l qurilish va ta’mirlash ishlarining kop turlarining mavsumiyligidir.
Orta hisobda royxatdagi har bitta yo’l va qurilish mashinalari yil mobaynida yo’l qurilishida 1425 soat, turli tashkilotlarda esa 1000 dan 2000 soatgacha ishlaydi.
Mashinalarning yillik direktiv ish me’yorlari mashinalardan vaqt boyicha foydalanish korsatkichlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi: yil daomida bitta royxatda turgan mashinaga togri keladigan mashina-soatlar soni, parkdan foydalanish koeffitsiyenti.
Rejalashtirilayotgan mashinalar parkidan foydalanish koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda, V-bitta ortacha royxatdagi mashinaning yil mobaynidagi ish soatlari;
D-kalendar boyicha davrdagi kunlar soni;
Тsm-ish smenasining ortacha davom etish vaqti.
Mashinalardan foydalanishning ish unumdorligi boyicha yillik direktiv me’yorlari, mashinalardan yil mobaynida vaqt boyicha foydalanish korsatkichi V ni, mashinalarning ortacha soatlik tasarruf ish unumdorligi P soat ga kopaytirib topiladi, uning qiymati yagona me’yorlar haq tolash milliy miqdorlaridan olinadi (YeN i R).
Natural korsatkichlar asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismidan foydalanish haqida ob’ektiv korinishni aks ettiradilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishda qator yillar mobaynida tarmoqda va alohida tashkilotlarda yuz berayotgan ozgarish tendensiyalarini aniqlash, fondlar strukturasi va ratsional sostavini baholash kapital mablaglaridan aniqlashda natural korsatkichlardan foydalanib bolmaydi. Bunday maqsadda asosiy fondlar qiymat iqtisodiy samara bilan solishtirilgan holda hisoblab chiqilgan umumlashgan qiymat korsatkichlaridan foydalaniladi.
Har xil vaqtlarda ishga tushirilgan asosiy fondlar boyicha taqqoslashni amalga oshirish uchun ularning qayta tiklanish qiymati boyicha qayta baholash ma’lumotlaridan foydalanish kerak boladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi umumiy korsatkich sifatida tarmoq, birlashma va korxonalarda fond samaradorligi korsatkichi korsatilgan va u asosiy fondlar yillik ortacha qiymatining har bir somiga togri kelayotgan mahsulot ishlab chiqarish milliy miqdorini (ishlar milliy miqdorini) ozida aks ettiradi. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini rejalashtirishda fond samaradorligiga baxo berishda shuni yodda tutmoq kerakki, uning milliy miqdoriga kopdan-kop ob’ektiv va tartibga olinuvchi omillar ta’sir korsatadi.
Muhim ob’ektiv omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlab chiqarish daturining strukturasi, ya’ni alohida ish hajmlaridagi mutanosiblik;
-ishlarni amalga oshirishda ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, konstruksiyalar va detallarning umumiy hajmida korxonalarning oziga tegishli yordamchi ishlab chiqarishida tayyorlangan mahsulotlarning tutgan salmogi;
-mahalliy yo’l qurilish materiallarining mavjudligi, ularning xususiyatlari va ortacha tashish masofalari;
-yo’l tashkiloti faoliyat korsatayotgan rayondagi tabiiy iqlim sharoitlari;
-yo’l qurilish va rekonstruksiyasida bajariladigan ishlar uchun smeta narxlari;
-ishlarning mexanizatsiyalashganligi, shu jumladan kompleks mexanizatsiyalashish darajasi;
Fond samaradorligiga ta’sir etuvchi tartibga olinuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
-asosiy ishlab chiqarishsh fondlarining amaldagi strukturasi bilan ishlab chiqarish dasturi strukturasi va boshqa ob’ektiv ishlab chiqarish sharoitlari ortasidagi mutanosiblik;
-mashinalar narxi va uskunalar, transport vositalaridan vaqtida va unumli foydalanish.
Alohida yo’l tashkilotlari boyicha fond samaradorligining qiymati anchagina kengash chegarada bolib, 1,11 dan 3,8 gacha boradi. Ammo fond samaradorligining yuqoriligi har doim ham asosiy fondlardan foydalanishning yuqori darajasida samarali ekanligini bildirmaydi. Ma’lum bir sharoitlarda (masalan, umumiy ish hajmida yer ishlari salmogining yuqori bolishi, arzon mahalliy tosh materiallardan foydalanish, ishlarining kompleks mexanizatsiyalashganligi darajasining yuqori bolishi) fond samadorligi ortishi mumkin. Asosiy fondlardan yuqori samaradorlik bilan foydalanilayotgan tashkilotlarda fond samaradorligining qiymati past bolishi ham mumkin.
Kopdan-kop omillarning ta’sirlari ozaro chambarchas boglanib ketadilar va fond samaradorligining konkret qiymatlarini aniqlaydalar.
Korrelyatsion regressiv tahlilning turi bolgan kop omilli regressiya usullarni yo’l ta’mirlash qurilish boshqarmalari faoliyatini xarakterlovchi korsatkichlarga nisbatan qollanishi natijasida (100 ta tashkilot majmui miqyosida), fond samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim tort omilini aks ettiruvchi quyidagi tenglamani olish imkonini berdi:
Uq3,401+0,012·Х1-0,161·Х2-0,58·Х3+0,001·Х4
Bu yerda Х1-brigada pudrati uslubida bajarilgan ishlar hajmining salmogi, %;
Х2-fondlar bilan qurollanganlik (DRSU dagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda band bolgan ishlovchilar soniga nisbati), ming som;
Х3-DRSUning xizmat korsatiladigan yo’lning har kilometriga togri kelayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, ming som;
Х4-DRSU tomonidan yil mobaynida bajariladigan ishlar hajmi, ming som.
Тenglama tarkibiga kirgan omillar bilan fond samaradorligi ortasidagi aloqaning tigizligi yuqori. U 0,82 ga teng bolgan kop marta korrelyatsiyalanish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Bu koeffitsiyentning kvadratiga teng bolgan, kop marta determinatsiyalanish (0,67) koeffitsiyenti deb ataluvchi korsatkich shuni korsatadiki, fond samaradorligi variatsiyasining 67% tenglama tarkibiga kirgan omillarning variatsiyasi hisobiga sodir boladi. Тenglama tarkibiga kirmagan barcha boshqa omillarning variatsiyasi fond samaradorligi variatsiyasining 33% gacha ozgarishiga sababchi boladi, bu esa tenglama tarkibiga kirgan omillarning yuqori ahamiyatidan darak beradi.
Fond samaradorligi bir necha omiilarning birgalikdagi ta’siri tenglamaga tegishli omillar ozgarishilarining regressiyalarini qoyish yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarishining asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi (Х2 va Х3 omillari) fond samaradorligining pasayish tendensiyasini keltirib chiqarishiga e’tibor bermoq kerak. Gap shundaki, ishlab chiqarishning asosiy fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi yanada koproq jonli mehnatni buyumlashgan mehnat bilan almashinib borishiga, buning natijasida, bitta ishlovchiga togri keladigan mehnat vositalari massasining tinimsiz osib borishiga, ya’ni mehnatning fondlar bilan qurollanganligining osib borishiga sababchi boladi. Ishlab chiqarishda band bolgan ishchilar sonini kamaytiruvchi qoshimcha va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini kotaradi, agar vaqt birligida bajariladigan ishlar hajmi ozgarmay qoladigan bolsa, fond samaradorligining pasayishiga olib keladi, ishdan ozod bolgan ishlovchilar esa boshqa korxonalarga otkaziladilar. Bunday vaziyat bizning xalq xojaligimizning juda kop tarmoqlari rivojlanishida onlab yillar davomida tipik axvol bolib keldi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning yaxshilanishi, asosiy fondlar massasi osishidan kora mahsulot ishlab chiqarishning tezroq osishiga erishish, fondlar bilan qurollanganlikka nisbatan mehnat unumdorligi osish tempining ilgariroq bolishiga erishish fond samaradorligining kamayish tendensiyasiga chek qoyishi kerak. Bunda yo’l tashkilotlarining asosiy fondlarining bir birligiga togri keladigan xizmat korsatadigan yo’llarning uzunligi ortib borishi kerak boladi.
Asosiy fondlardan foydalanish bilan yo’l xojaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarining optimallashib va osib borish masalalri uzviy ravishda bogliq bolib, buning ma’nosi shuki, belgilangan ishlab chiqarish dasturi strukturasi, qabul qilingan smenalik, ishlab chiqarish resurslaridan tolaqonli foydalanishni ta’min etuvchi ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish sharoitida, maksimal imkoniyat darajasida oz kuchlari bilan qurilish montaj ishlari hajmini bajarishlari kerak. Amaliy hisob kitoblarda resurslardan, xususan, asosiy fondlardan foydalanish darajasi bazis yili boyicha, uning hisob kitob qilinayotgan yilda mumkin bolgan ozgarishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining quvvatini belgilovchi ish hajmi korsatkichiga otish asosiy ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik ortacha qiymatini progressiv (ijtimoiy zaruriy) fond samaradorligiga kopaytirish orqali aniqlanishi mumkin. Bunda fond samaradorligi har bir tashkilot uchun quyidagi shart sharoitlarga bogliq ravishda ozining ma’lum bir qiymatiga ega boladi:
-ishlab chiqarish dasturidagi ishlar strukturasi;
-narxlar hosil bolishining iqtisodiy geografik omillari;
-tabiiy iqlim sharoiti omillari;
-mehnatning fondlar va mexanizatsiya bilan qurollanganlik darajasi;
material resurslar iste’mol qilishda ozlarining yordamchi ishlab chiqarishlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmogi;
-asosiy fondlardan foydalanishning yillik va sutkalik rejimlari.
Ushbu omillar har bir alohida tashkilotlar uchun alohida ahamiyat kasb etganligi sababli, har qaysi tashkilot uchun fond samaradoligining progressiv qiymati har xil bolishi mumkin. Bundan korinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatlari bir xil bolgan korxonalarda ham, bunday uslubda hisob kitob qilinganda, ularning ishlab chiqarish quvvatlari har xil boladi.
Bunday uslub bilan hisoblangan ishlab chiqarish quvvati korxona shart sharoitlaridan olingan funksiya bolib, mazkur korxonada ishlar hajmini oshirish boyicha mavjud ishlab chiqarish rezervlarini aniqlashda ishlatilishi mumkin.
Konkret holatlarda yo’l ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan amalda bajarilgan ishlar hajmi ularning ishlab chiqarish quvvatlariga nisbatan yuqori yoki past bolishi mumkin. Ular koplab va har xil omillarga bogliqdirlar.
Hozirgi kunda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish har bir yo’l tashkilotining muhim ehtiyojiga aylanib bormoqda. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ektensiv va intensiv yo’llari bor.
Ektensiv yo’l asosiy fondlardan foydalanish vaqtini oshirishni bildiradi, ya’ni yil mobaynida ishlanadigan soatlar miqdorini kopaytirishni. Buning uchun ishlarning sezonligi bilan bogliq bolgan yoqotilish vaqtlarini qisqartirish, yo’l qurilish mashinalarini qish paytlarida ham maksimal yuklanganlik darajasida ishlatish kerak boladi.
Mashinalarning ishda bolish vaqtlarini oshirishda ularni ikki, uch smena ishlatish muhim ahamiyatga ega, lekin yo’l xojaligida mashinalarning smenalilik koeffitsiyentining ortishi oz navbatida masalalarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolar qatoriga yo’l tashkilotlarining mexanizator kadrlar bilan, injener texnik xodimlar bilan ta’minlanishi masalalarini qoyish mumkin. Undan tashqari smena ichida sodir boladigan mashina va uskunalarning nosozligi, ehtiyot qismlarning yetishmasligi, yonilgi moylash materiallari yoqligi, ish fronti, qurilish materiallari va konstruksiyalari, avtotransport vositalari, mehnat intizomining buzilishi bilan bogliq bolgan yoqotishlarni qisqartirishga harakat qilish kerak.
Тa’mirlashni kutishda va me’yoridan ortiq ta’mirlash ishlarida mashinalarning kutib qolishlari, yo’l qurilish mashinalarining smena orasida emas, balki toliq kun mobaynida ish vaqtlarini yoqotishning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Тa’mirlashni kutib qolish bilan bogliq bolgan vaqt yoqotishlar, mashinalarning tosatdan buzilib qolishlarini oldini olish maqsadida, sistematik tarzda texnikalarning holatlarini nazorat qilib turish, oz vaqtida va sifatlar texnik xizmat korsatish, kundalik texnik korik otkazish hisobiga qisqartirilishi mumkin.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda ektensiv yo’l bilan bir qatorda, vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini oshirishni bildiruvchi intensiv yo’ldan ham foydalaniladi. Buning uchun ishlarni bajarish texnologiyalarini mukammallashtirish, mexanizatorlar ishini tashkil etishning ilgor usullarini qollash, mashinalarning konstruktiv imkoniyatlaridan iloji boricha tolaqonli foydalanish kerak boladi.
Mavjud mashinalarni ish unumdorliklarini hisobga olgan holda ish turlari boyicha optimal taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zamonaviy iqtisodiy matematik uslublardan foydalangan holda alohida ish turlarini bajaruvchi otryadlar va zvenolar komplektlash, yo’l qurilish tashkilotlaridagi mashinalar parkini togri kompletlash ham katta ahamiyatga ega.
Asosiy fondlar tarkibiga kiruvchi avtomobil yo’llari koplab omillar ta’sirida tabiiy va jihatdan eskiradilar. Yo’l tashkilotlarining buxgalteriyasida buxgalterlik hisobi va hisobotlarida avtomobil yo’llarining eskirishi davlat byudjetidagi muassasa va tashkilotlarga qarashli asosiy fondlarning eskirishi sifatida aniqlanadi va aks ettiriladi. Bu maqsadda «Yo’llar va yo’l inshootlari», «Yo’llar va yo’l inshootlaridagi», «Yo’llar va yo’l inshootlaridagi fondlar» va «Yo’llar va yo’l inshootlarining eskirishi» subschetlaridan foydalaniladi.
Yo’llarning eskirishi boyicha yeyilish summasi har bir yilning oxirida tegishli inventar ob’ektlarning hisobot yili oxiriga bolgan balans qiymatini (hisobot yilining qaysi oyida sotib olinganligi yoki qurilganligidan qat’iy nazar) belgilangan yillik yeyilish me’yoriga kopaytirib hisoblanadi. Balans qiymati eskirishni hisobga olmagan holda dastlabki yoki boshqacha aytganda tiklanishi lozim bolgan qiymatini bildiradi.
U №01 «Asosiy mablaglar» aktiv schetning №01-1 «Yo’llar va yo’l inshootlari» nomli aktiv subschetida aks ettiriladi. Hisobot yili uchun aniqlab chiqilgan yeyilish (eskirish) summasi №85-1 «Yo’llar va yo’l inshootlaridagi fondlar» passiv subschetining debit qismida va №02-1 «Yo’llar va yo’l inshootlarining yeyilishi» nomli passiv subschetning kredit qismida aks ettiriladi. Bu schetlarning ja’mlari tegishli tarzda vaqti-vaqti bilan balansning «Avtomobil yo’llari tasarrufi» moddasida aks ettiriladi.
Balansning «aktiv» qismida (chap tomonida) aks ettiriladigan schet va subscheilar aktiv, balansning «passiv» (ong tomonida) aks ettiriladiganlari esa passiv deb ataladi.

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin