“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” fanidan yangi o`quv yili uchun zamoniviy tipdagi laboratoriya virtual uskunalari olib kelindi. Bular: “НТЦ-11.61 НАСОСЫ РАЗЛИЧНЫХ ТИПОВ”, “НТЦ-22.05.1.Б ТЕПЛОТЕХНИКА И ТЕРМОДИНАМИКА” va “НТЦ-11.17.2 ГИДРАВЛИКА М2” nomli yangi laboratoriya jihozlari. Bu qurilmalarda quyidagi birqancha laboratoriya mashg`ulotlarini olib borish ko`zda tutilgan bo`lib, shu mavzular asosida namunaviy va ishchi fan dasturlari ishlab chiqildi.
Birinchi qurilma bo`yicha jami 4 ta laboratoriya ishini olib borish:
1-Laboratoriya ishi
Rotor-plastinali nasosning ishlash jarayonini o`rganish
2-Laboratoriya ishi
Uyurmaviy nasosning ishlash jarayonini o`rganish
3-Laboratoriya ishi
Markazdan qochma nasosning ishlash jarayonini o`rganish
4-Laboratoriya ishi
Suv osti nasosining ishlash jarayonini o`rganish
Ikkinchi qurilma bo`yicha 2 ta laboratoriya mashg`ulotlarini olib boorish:
1-Laboratoriya ishi
"Quvur ichida quvur" tipidagi issiqlik almashinish qurilmasida issiqlik jarayonini o'rganish
2-Laboratoriya ishi
Texnik issiqlik almashtirgichni o'rganish.
Uchinchi qurilmada jami 9 ta laboratoriya mashg`ulotlari olib boriladi:
1-Laboratoriya ishi
Bosim va oqim tezligini o'lchash, suyuqlik oqimini aniqlash
2-Laboratoriya ishi
Quvur liniyasining bosim va piezometrik liniyalarini qurish. Bernulli tenglamasini o'rganish
3-Laboratoriya ishi
Mahalliy gidravlik qarshilik koeffitsientlarini aniqlash
4-Laboratoriya ishi
Gidravlik ishqalanish koeffitsientini aniqlash
5-Laboratoriya ishi
Suyuqlikning gidrodrossel orqali oqib chiqishining statsionar bo'lmagan jarayonlarini o'rganish
6-Laboratoriya ishi
O`tkazuvchi klapan bilan birgalikda ishlovchi hajmli nasosning xususiyatlarini o'rganish
7-Laboratoriya ishi
Qurilmani o'rganish va gidravlik oqim tezligining sarf-xarajat xususiyatlarini o'rganish
8-Laboratoriya ishi
Qurilmani o'rganish va qaytarma klapan oqim tezligining sarf-xarajat xarakteristikasini o'rganish
9-Laboratoriya ishi
Gidrodrossel oqim koeffitsientining ishchi suyuqlik haroratiga bog'liqligini aniqlash.