Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli ota –onalar, hurmatli o’quvchilar! Hammangizga ma’lumki, ayol dunyodagi eng mo’tabar va muqaddas zotdir. Dunyoni ayolsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi.
Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish degan ma’nolarni bildiradi. Ona go’zallik, donolik timsolidir.
Bugungi bayramni ochib berish uchun sozni maktabimiz direktori Xatam aka yusupovga beramiz
Kimdir savol berdi aytgil Muhammad yolg’iz sen rahimsan butgul olamda, kimga ko’p yaxshilik qilay o’zing ayt, ota-onamgani yoxud bolamga?
Rasul javob qildi tingla birodar, gapimni uch bora quloqqa olgin, imkon topa olsang dunyoda agar eng avval onanga yaxshilik qilgin. Bu hikoyat sharhini o’yladim uzoq rostan ona erur qiblai olam garchan padarimiz biroq Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.
Ba’zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki qo’l ko’tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutila olmaymiz. Shu orada bir rivoyat keltirmoqchiman. (sahna ko’rinishi) Bir yigit onasini opichlab makka-yu madinaga olib boribdi: ———Ey olloh, men endi onamning qarzidan qutildimmi? ____Sen onang bir kecha bedor bo’lib bir marta bergan oq suti haqqinidan endi qutilding,—deya ollohdan nido kelibdi. Ha buyuk zot ona qadrini ona bo’lganda bilasan deganlari rost. Senga dziz mehribon, oq sut bergan onadir. Yotsang, tursang soyabon, parvonang shu onajon. Yaxshi yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi Holing ko’rib, bolam deb,ham quvonib kuyuvchi. Shu onadir unutma,ta’zimda bo’l eg boshing, Bir kun qo’ldan ketganda,befoyda to’kkan yoshing.
1
Hursand bo’ldim—nigoh soldim, olamga deb O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb, Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech, Nima qildim yolqizgina onamga deb.
2
Quyoshdan so’rashibdi: Sening haroratingdan zo’roq harorat bormi? Bor——-javob berdi Quyosh——ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq. O’limdan so’rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o’lim-Ona mehri meni ham chekintiradi. Daryoi azimdan so’rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq. Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan. Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g’uncham Mehringizdan bol ichaman,so’zlaringiz joylab dilga Otlanaman porloq yo’lga,Siz quvonchim hayajonim, Mehribonim onajonim.
3
Nur, ziyoga toʻla koshonam,
Baxt, iqbolga yordir peshonam,
Mehribonim, munis, parvonam,
Baxtimga siz koʻp yashang onam.
Endigi soz navbatini maktabimiz kasaba uyushmasi raisi Murodov Abdurazzoq akaga beramiz
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
Dilda orom qocharkan,
Uyimizdagi rayhonlar chanqab suvsiz qolarkan.
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
Kapkur menga qolarkan,
Bemaza ovqatlarim, faqat sizga yoqarkan.
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
Opam, Singlim og’rib qolarkan,
Ko’zlariga yosh olib, yonizga yotib olarkan.
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
OTAM soqov boʻlarkan,
Siqilgandan sigaret, ovqat bo’lib o’tarkan.
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
Menga qiyin boʻlarkan,
Kir ko’rmagan ko’ylaklarim kirhonada yotarkan.
Ona, tobingiz qochmasin,
Ona, tobingiz qochmasin,
Alam hasrat tirnarkan,
Uyda fayz yoʻq, xavo aynib qolarkan.
4
5
6
7
8
Eslatma 1 shart qo’shiq 2-shart saxna ko’rinish 3-shart o’yin 4-shart qo’shiq 5-sharrt saxna ko’rinish 6-shart o’yin
Dostları ilə paylaş: |