Avtotransport tarmogi korxonalari texnik xizmatining markazlashgan boshqaruv tizimi
Avtomobil o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, o‘rta sinfdagi zamonaviy avtomobillar 15-20 ming detallardan tashkil topgan. Avtomobilning ekspluatatsiyasi davrida mazkur detallarning texnik holati o‘zgaradi, buzilish va nosozliklar paydo bo‘ladi, shulardan 7-9 minggi ekspluatatsiya jarayonida o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotadi, shu jumladan, 3-4 minggining xizmat muddati avtomobil xizmat muddatidan kam. Ulardan 80-100 tasi bevosita harakat xavfsizligiga ta’sir etadi. Avtomobilning ish qobiliyatini muntazam tiklab turish uchun ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash lozim bo‘ladi. Sobiq ittifoq davrida avtoservisning paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi asosan, fuqarolarning shaxsiy avtomobillarga ega bo‘lishi bilangina bog‘liq bo‘lgan. Davlat siyosati hamma sohada bo‘lganidek, avtomobil transportida ham asosan, jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar transporti ikkinchi darajali hisoblanar va uning transport tizimidagi o‘rni qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarining o‘z muammolari bo‘lib qolgan edi. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mamlakatning faqat yirik va markaziy shaharlaridagina bo‘lib, ular asosan, chet el sayohatchilari va elchixonalari avtomobillariga xizmat qilar edi. Respublikamizda 1960-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab aholiga qarashli avtomobillar sonining oshishi munosabati bilan shaxsiy avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila boshlandi. Hukumatning 1969-yildagi “Fuqarolar transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni yaxshilash choralari” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan, 7 O‘zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibida “Uzavtotexxizmat” bosh boshqarmasi tashkil qilinib, uning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti vazirligining Namangandagi avtomobil ta’mirlash zavodi, 4 ta texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi, 7 ta avtomobil yuvish punkti va 48 ta avtomobil va mototsikllarni ta’mirlovchi ustaxonalar berilgan. Sobiq Ittifoq davlatlarida aholiga tegishli avtomobil parki 1970- yillardan boshlab tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni quyidagicha o‘sib borgan (1.1-jadval)1 . 1.1-jadval Sobiq ittifoq davlatlarida har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobil soni Yillar 1972 1973 1978 1981 1986 1990 Sobiq Ittifoq davlatlari 8 10 16 43 49 51 O‘zbekiston 6 8 14 38 42 45 Ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974-yildan boshlab firma usulida texnik xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat”, so‘ngra “KamAZavtotexxizmat”, “AvtoZAZtexxizmat”, “Moskvichavtotexxizmat” va boshqa avtomobil zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo‘shila boshladi. Firma usulida avtoservis xizmati ko‘rsatish o‘sha paytda MDHda, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham yangilik bo‘lib, bu sohadagi yangi davrning boshlanishi edi. Endilikda mamlakat avtomobil zavodlari dunyo avtomobilsozlik firmalari izidan borib, o‘z mahsulotlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatish majburiyatlarini ola boshladilar. O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobil parki 1991-yil boshida 1 mln ga yaqin va modellariga qarab 1.2-jadvaldagi ko‘rinishda taqsimlangan edi. 1 Ikramov M.A. Avtotransport vositalari servisi. Darslik. T.: Voris, 2010. 268 b. 8 1.2-jadval Avtomobil modellari Volga UAZ VAZ ZAZ Moskvich Chet el avtomobillari Ulushi % 2,9 0,05 47,4 15,6 26,9 7,15 Bu davrda 1500 ishchi postlariga ega bo‘lgan 300 ta texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari mavjud bo‘lib, bir ishchi postga 660 avtomobil to‘g‘ri kelgan, bu davrda rivojlangan davlatlarda bir ishchi postga 70-75 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan. Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar o‘tkazilib, mulkchilik shakllari o‘zgartirildi, deyarli 70% avtomobillarga TXK stansiyalari va avtoustaxonalar xususiylashtirildi. Davlatning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan siyosati natijasida Respublikamizning barcha shaharlari, hatto qishloqlarida ham kichik quvvatga ega bo‘lgan texnik xizmat postlari va ustaxonalar tashkil etildi. Quyidagi 1.3-jadvalda respublikamizda 2014–2018-yillarda jismoniy shaxslarga tegishli har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi avtotransport vositalarining soni to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. 1.3-jadval Respublikamizda 2014 – 2018-yillarda jismoniy shaxslarga tegishli har 1000 kishiga to‘g‘ri keluvchi avtotransport vositalarining soni to‘g‘risida ma’lumot № Hudud Yillar 2014- yil 2015- yil 2016- yil 2017- yil 2018- yil 1 O‘zbekiston Respublikasi 63,3 67,4 68,8 70,2 74,0 2 Qoraqapog‘iston Respublikasi 45,6 47,4 47,2 53,8 54,5 3 Andijon viloyati 52,2 54,0 53,8 54,0 54,6 4 Buxoro viloyati 94,6 95,0 94,0 94,5 94,6 5 Jizzax viloyati 42,6 42,6 43,1 46,0 48,8 6 Qashqadaryo viloyati 48,5 48,8 52,4 53,2 64,5 7 Navoiy viloyati 76,5 75,7 76,1 77,3 83,7 9 1.3-jadvalning davomi 8 Namangan viloyati 35,9 45,4 53,3 53,3 59,1 9 Samarqand viloyati 64,5 77,1 76,1 75,3 78,7 10 Surxondaryo viloyati 44,1 48,2 49,8 51,4 53,6 11 Sirdaryo viloyati 44,3 45,0 46,1 48,3 56,1 12 Toshkent viloyati 70,5 71,0 70,2 73,1 83,3 13 Farg‘ona viloyati 64,8 66,9 65,9 65,8 66,4 14 Xorazm viloyati 80,2 85,1 87,8 90,0 90,4 15 Toshkent shahri 120,0 130,7 137,4 141,8 143,5 Respublikamizda 2020-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra aholi soni 3483 ming kishi, jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 3083849 tani tashkil qiladi2 . Mazkur davrda respublika bo‘yicha har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha avtomobillar soni 89,7 ta, Toshkent shahrida 189,5 ta, Toshkent viloyatida 101,7 ta va Samarqand viloyatida 94,5 ta avtomobil to‘g‘ri keladi. 1.1-rasm. 2014–2019-yillarda “UzavtoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar soni, mln dona. Hozirgi kunda respublikamizdagi transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxslarga tegishli avtoservis korxonalarining soni 1500 dan ziyodni tashkil qilib, mazkur astoservis korxonalarining salmoqli qismi, ya’ni 94%ini kichik 2 https://kun.uz/63351313 245700 185400 88200 135500 220700 271098 2014 2015 2016 2017 2018 2019 Ishlab chiqarilgan avtomobillar soni Yillar 10 reglamentli xizmatlarga mo‘ljallangan avtoservis korxonalari, TXK postlari va ustaxonalari tashkil qiladi. Qolgan 6% servis xizmat ko‘rsatish ishlari “Uzavtomotors” AJ rasmiy dilerlik servis korxonalarining ulushidir, bunda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari 43%ni, ehtiyot qismlarni sotish 57%ni tashkil qiladi. “Uzavtomotors” AJ rasmiy dilerlik servis korxonalariga kiruvchi avtomobillarning ulushi quyidagicha: -“Avtotexxizmat” – respublikamizda mazkur tizimdagi 32 ta avtoservis korxonalari mavjud bo‘lib, “Uzavtomotors” AJ rasmiy dilerlik servis korxonalari mijozlarining 63%ini qamrab olgan, chunki mazkur korxonalar katta spektrdagi ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, postlar soni 466 tani, ishchilar soni 1667 nafar tashkil qiladi; -“Avtosavdo” – mazkur tizimdagi avtoservis korxonalari “Uzavtomotors” AJ rasmiy dilerlik servis korxonalari mijozlarining 19%ini qamrab olgan, mazkur tizimning potentsiali mayda reglamantli xizmat ko‘rsatish ishlari bilan cheklanadi; -“Lada”– mazkur tizimga avtomobillarning kirishi 14%ni tashkil etadi; -Boshqa dilerlar 4% ni tashkil etadi. 1.1.2. Respublikamizda avtomobil sanoati va transporti majmuini rivojlantirishga bog‘liq hukumat qarorlari 1. “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori (2017-yil 10-yanvar, PQ-2724-son) [7]. Qarorining maqsadi avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning rolini kuchaytirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirishdir. 11 2. “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (2019-yil 1-fevral, PF-5647- son) [8]. Farmonning maqsadi, transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etishdir. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanishi va vazirlik transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yo‘li orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshirishi belgilab o‘tilgan. Quyidagilar Transport vazirligining asosiy vazifalari etib belgilangan: - transportning barcha turlarini yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uyg‘unlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish; - transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish; - xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish; - transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish; 12 - butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash; - transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish; - transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash; - transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish. Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevralda “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143-sonli Qarori qabul qilingan. [5]. Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va cheklangan ishchilar soni belgilab berilgan. 3. “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (2019-yil 19-aprel, 336-son) [4]. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Qarorda 13 “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risida”gi mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini, faoliyati davomida bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysinishini belgilaydi. Nizom 7 bobdan iborat bo‘lib, Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari hamda funksiyalari, javobgarligi, vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, Vazirlik faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berilgan. 4. “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2020-yil 4-may, PQ-4703-son) [6]. Mazkur qarorning maqsadi respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirishdir. Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» Aksiyadorlik jamiyatining taklifi asosida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etish belgilab qo‘yilgan. Qarorda Toshkent davlat transport universitetining tuzilmasi idoraviy jihatdan bo‘ysinishi, universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari, institutning Vasiylik kengashi tarkibi, instituti faoliyatini moliyalashtirish manbaalari, rahbar-xodimlari va professoro‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish shartlari belgilab berilgan. 5. “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2019-yil 6-mart, PQ-4230-son) [9]. Qarorning maqsadi 14 transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirishdir. Qaror asosida “Yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. 6. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2019-yil 18-iyul, PQ-4397-son) [10].
Foydalanilgan adabiyotlar: