MATEMATIK MODELLASHTIRISH, SONLI TAHLIL USULLARINI TIZIMLARDA AMALGA OSHIRISH. HISOBLI EKSPERIMENT. REJA: Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment.
Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD dasturlari misolida static va dinamik modellarni amalga oshirish. Tizim tarkibida dasturlash.
1. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment. Ilmiy texnika taraqqiyoti hisoblash texnikasini keng qo`llanishi asosida jarayonlar va tizimlarni avtomatik hamda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan foydalanib, mamlakatimiz halq xo`jaligiga fan texnikaning eng yangi yutuqlarini keng-ko`lamda qo`llab borishni taqazo etadi. Halq xo`jaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun ularning alohida sifat ko`rsatkichlarini hisobga olish etarli emas. Murakkab tizimlarni va jarayonlarni to`la tahlil qilish uchun texnik kibernetikaning usullarini keng qo`llash zarur bo`ladi. Ishlab chiqarishda tobora keng yoyilib borayotgan texnik–kibernetika tadbiqiy fan bo`lib, bu fan nazariy kibernetika ishlab chiqqan vositalar bo`yicha murakkab jarayonlar va tizimlarni EXM yordamida, kompyuterlar yordamida boshqarish usullarini o`rganadi. Hozirgi davrda modellashtirishning regression, korrelyatsion, o`xshash, taqlidiy, argumentlarni guruxlab hisobga olish usullari keng tarqalgan. Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy tahlil qilish natijasida yaratiladi. Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon yoki tizimning matematik modelini chiquvchi ko`rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning o`zgarish miqyosida optimal usulda qurish imkonini beradi Jarayon va tizimlar asosan murakkab operatsiyalarni bajarishni talab etadigan kategoriyani tashkil etadi. Bunday ob’yektlar odatda ko`p sonli o`zaro bog`langan faktorlar, nazorat qilish mumkin bo`lgan ta’sirlar, ba’zi faktorlarni o`lchash xatoliklari va vaqt mobaynida tasodifiy o`zgarishlar bilan baholanadi. SHuning uchun jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi: jarayon yoki tizimning mohiyati va qonuniyatlarini ochish; 2) ob’yektning optimal ishlashi yo`lini aniqlash; 3) ob’yektning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash va shunga o`xshashlar.
Tadqiqot natijalari jadval, grafik va tenglamalar ko`rinishlarida bo`lishi mumkin. Hozirgi davrda jarayonlar va tizimlarni keng miqyosda avtomatlashtirilayotganligi tufayli ularning matematik yozuvlarini ishlab chiqishga katta ahamiyat berilmoqda. Jarayon yoki ob’yektning matematik yozuvi- bu kiruvchi va chiquvchi faktorlar orasida bog`lanishni o`rganuvchi matematik modeldir, ya’ni (4.1.) bunda Y – jarayon va tizimning chiquvchi ko`rsatkichlari. Ko`pincha bu ko`rsatkichlarni optimallashtirish mezoni (kriteriysi), maqsad funktsiya, «qora yashik»ning chiqish ko`rsatkichlari yoki dinamik tizimning reaktsiyasi deb ataladi; X- kiruvchi ko`rsatkichlar (faktorlar) to`plami. Kiruvchi faktorlar argumentlar, kirish ko`rsatkichlari, «qora yashik» ning kirish ko`rsatkichlari yoki ob’yektga tashqi ta’sir etuvchilar deb ham ataladi; f{}- simvol jarayon (4.1.) tizimning matematik modelidir.