1) Matematik modellashtirish.(muhim xossalari, matematik model, matematik modellash asosiy bosqichlari) Matematik model deb-matematik belgilash yordamida ifodalanuvchi qandaydir hodisa yoki tashqi dunyo jarayonini taxminiy tavsifiga aytiladi.Matematik modellash o’ziga uchta o’zaro bog’langan bosqichlarni qamrab oladi. 1) o‘rganilayotgan obyektni matematik tavsifini tuzish; 2) matematik tavsifi tenglamalar tizimini yechish usulini tanlash va modellashtiruvchi dastur shaklida uni joriy qilish; 3) modelning obyektga monandligi (adekvatligi)ni aniqlash. Matematik modellashtirish deganda - berilgan real obyektning ba’zi bir matematik obyektga muvofiqligini belgilash jarayoni 'tu- shuniladi. Bu matematik obyekt matematik model deb ataladi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilish uchun matematik modellashtirishni analitik, imitatsion va kombinatsionlarga bo‘lish mumkin.