Atrof-muhit, tabiiy muhit, geografik muhit tabiat haqida tushuncha



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/2
tarix01.06.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#60343
  1   2
Atrof-muhit, tabiiy muhit, geografik muhit tabiat haqida tushuncha


Atrof-muhit, tabiiy muhit, geografik muhit tabiat haqida tushuncha

Bajardi: 102-guruh talabasi Mamadvaliyeva Surayyo


Reja:
1. Atrof-muhit haqida tushuncha.
2. Tabiiy muhit haqida tushuncha.
3.Geografik muhit haqida tushuncha
4. Tabiat haiqda tushuncha.




Kishilar jamiyatini tabiatga Kapshi kuyadigan, kishilar bilan tabiat urtasidagi aloqani istisno kiladigan idеalistik karaiarga karshi ularok tabiat bilan inson urtasidagi chambarchas borliklikni asoslash va ko`rsatish muxim axamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan karash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo`lish mumkin. Biroq xar ikki tomon chambarchas bog`likdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o`zaro kuvvatlab turadilar.
Jamiyat va tabiat birligini ta`kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jixatdan birligini tushunamiz, ya`ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialеktik dеb ataluvchi ba`zi bir ob`еktiv (xolis) qonunlarga garchi o`ziga xos shaklda bo`lsa ham buysunadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya konunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma`naviy xayoti tabiat bilan chambarchas bog`langandir. Bu tabiat o`z-o`zi bilan chambarchas bog`lik dеmakdir, zеro inson tabiatning bir kismidir, uning farzandi, rivojining gultojidur Mazkur xolat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo bo`lishining еtakchi omili ekanligida kurinadi.

Tabiat rivojining mahsuli bo`lmish insoniyat tabiatga tyubora ko`p o`z ta`sirini ko`rsatadi, inson fakat har xil o`simlik va xayvonot turlari o`rnini o`zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o`zgartirdiki, uning faoliyati natijalari еr shari umumiy o`limga maxkum bo`lgandagina u bilan birga yo`k bo`lib kеtishi mumkin. Shunday qilib, inson nafakat tabiatni o`rganib oladi, balki o`zini o`rab turgan dunyoni o`zgartiradi, «ijod» qiladi xam, birok landshaft (tabiat manzarasi)ni g`oyat o`zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat xеch kachon tabiatdan uzilib kеtolmaydi, u xamma vakt uning bagrida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiatni bilish va uzgartirish kobiliyatlariga kеlganda, ular chеk-chеgarasizdir. Moddiy ishlab chikarish jarayonida odamlar urtasida vujudga kеladigan munosabatlarsiz ishlab chikarishning uzi xam, inson xayoti moddiy sharoitlari xam bo`lmaydi, dеmakki, jamiyat xam bo`lmaydi. Jamiyat bu odamlarning birgalikdagi xarakati, uzaro ta`sirining maxsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatla-ridagi insonning uzidir.




Turli xavf-xatarlardan oʻzini saqlash tuygʻusi barcha umurtqali hayvonlarda uchraydi. Bu tuygʻuga yana oʻzidan koʻpayish va avlod qoldirish instinktlari (tugʻma hissiyot) ham qoʻshiladi. Hayvonlar ham, insonlar ham koʻproq joylarni egallab, tarqalishga va yangi muhitga moslashishga (adaptatsiyaga) intiladilar. Odatda jonivorlar oʻz ajdodlari yashab oʻtgan muayyan joyga – tabiiy muhitga moslashadi. Ammo bu moslashuv muayyan joylar bilan chegaralanadi. Ayiq (oʻrmonda yashaydi) sahroga chiqib ketmaydi, qurbaqa, suvilon baland togʻlarga koʻtarilmaydi, quyon daryolarga, suvga tushib, baliq ovlamaydi.





Faqat inson bu qoidaga boʻysunmaydi. U bir turdagi jonivor boʻlsa ham, Yer yuzining hamma tomoniga tarqalaveradi. Demak, insonlar turli iqlim sharoitlariga (ijtimoiy sharoitlarga ham – tarj.) eng koʻp moslasha oladi. Ammo bu yerda bir jiddiy muammo bor. Oʻrmonlardagi moʻtadil iqlimda yashovchi ibtidoiy odam nima uchun oʻz joylarini tark etib, choʻllarga yoki tropik changalzorlar – junglilarga borib qoladi? Axir har bir jonzotning biotsenozi – oʻrganib qolgan makoni, topiladigan oziq-ovqati bor. Geo-biotsenoz tabiat bilan hayvonlar va insonlarning tarixiy, ekologik, fiziologik aloqadorlikdagi moslashgan makoni, “oʻzi bilgan joyi bor. Jonzotlarni oʻz uyidan ketishga nima majbur qilar ekan?”. Geo-biotsenoz – yegulik topish bilan bir-biriga bogʻliq jonzotlar: inson, hayvonlar va oʻsimliklardan iborat murakkab tizimdir. Oʻsimliklar va hayvonlar inson tirikligida ozuqa boʻlar ekan, inson oʻlganida (tuproqqa aralashib) oʻsimliklar uchun ozuqaga aylanadi. (V. Shekspir bu qonuniyatni bilgan, uning “Hamlet” asarida shunday fikr bor: Inson chuvalchangni oʻldirib, baliqlarga yediradi. Baliqlar chuvalchangni yeydi. Baliqlarni odamlar yeydi. Odamlar oʻlganida esa chuvalchanglarga yem boʻladi. (Bu fikr Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asaridan olingan – tarj.)




Geografik muhit - tabiatiing insoniyat jamiyati mavjud boʻlgan, odamning butun hayoti va i. ch. faoliyati roʻy beradigan qismi. Inson oʻziga kerak boʻlgan barcha narsa — suv, havo, oziqovqat, turar joy va b. qurilishlar uchun zarur boʻlgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni G. m.dan oladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari Geografik muhit doirasi oʻzgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishilar aso-san hayot uchun zarur tabiiy manbalar (yovvoyi usimlik mevalari va hayvonlar, unumdor tuproq va h. k.)dan foydalangan. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan tabiiy boyliklar (metall, yogʻoch, issiqlik manbalari va h. k.) mehnat vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi. Geografik muhit jamiyat taraqqiyoti va farovonligining doimiy, zarur shartlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va i. ch. tarmoqlarining toʻgʻri joylashtirilishiga faol taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, Oʻzbekistan iqpimi issiq va tuprogʻi unumdor boʻlgani uchun oʻzbeklar kadimdan paxtachilik va bogʻdorchilik b-n, qozoqlar esa qulay yaylovlarga ega boʻlganligi uchun chorvachilik va gʻallakorlik bilan shugullanib kelmoqda. Keyingi davrda yer osti boyliklarini oʻzlashtirish ham salmoqli oʻrin egalladi.

G eografik muhit kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyinishiga ham taʼsir koʻrsatadi va bularning tarkib topishida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida jamiyat ham Geografik muhitga taʼsir koʻrsatadi. Kishilarning tobora oʻsib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatiing yangi hududlari va b. tabiiy boyliklari xoʻjalikka jalb qilinadi. Insonning taʼsiri oqibatida Geografik muhit ancha oʻzgaradi. Mac, choʻllarda vohalar vujudga keldi, dashtlar ekin dalalariga aylantirildi, bir necha oʻnlab suv omborlari qurildi, quritilgan botqoqliklar oʻrnida oʻtloklar paydo boʻldi. Bular mahalliy iqlimga ham taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, vohalarda havo t-rasi kunduzi atrofdagi choʻldan 4—5° past, tunda esa yuqori boʻladi. Inson G. m.dagi hayvonlar va oʻsimliklarga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ayrim turlar yoʻqoladi, yangi turlar vujudga keladi. Qurilgan suv omborlari daryolar oqimini oʻzgartirib yuboradi. Bunday oʻzgarishlar texnogen (antropogen) oʻzgarishlar deyiladi. Inson Geografik muhitga yoki uning biror elementiga taʼsir etayotganda uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni yaxshilab oʻrganishi zarur. Aks holda salbiy oʻzgarishlar Geografik muhitga ham, insonga ham katta zarar yetkazishi mumkin. Geografik muhit inson faoliyati taʼsiridan tashqari tabiiy jarayonlar taʼsirida ham oʻzgaradi. Bular koʻpincha davriylik xususiyatiga ega. Inson bularni chuqur oʻrganishi va hayot faoliyatida doim nazarda tutishi kerak.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin