Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»



Yüklə 107 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü107 Kb.
#185098
  1   2   3   4   5
Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari


Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari
Reja:

  1. Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»

  3. Qisqacha xulosalar

Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus­trial rivojlanish yo'llaiini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.

Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin