4-LABORATORIYA ISHI. AVTOPAVILONNING PERSPEKTIVASI VA
SOYALARINI UNING 3-O‘LCHAMLI MODELI ORQALI BAJARISH
ISHNING MAQSADI
Talabalarda AutoCAD grafikdasturida uch o’lchamli modellashtirish interfeysi
bilan ishlash, interfeys elementlarini sozlash
va ishchi muhit saqlash, uch o’lchamli
modellashtirishda talabalar grafik loyihalar chizishda amaliy bilim va ko’nikmasini
hosil qilish.
ISHNING MAZMUNI
AutoCAD grafik dasturida uch o’lchamli modellashtirish interfeysi bilan ishlash
ma’lumot
kiritish, beriladigan vazifaning 3D modelini tayyorlashgao’rgatish.
Avtopavilonning perspektivasini bajarish asnosida 3D grafik dasturning interfeys
elementlarini hamda chizish imkoniyatini o’rgatish.
AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash.
AutoCAD dasturida 3D modellarini
qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish
kerak bo’ladi. Buning uchun 3D geometrik ob’ektlarni
yaratish, tahrirlash
vizuallashtirish kabi funktsiyalar bilan bog’liq qo’shimcha
panellarni ekranga
chiqarish talab etiladi.
Qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun ekranda mavjud panellardagi
biron bir buyruq piktogrammasi ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va AutoCAD
panellari ro’yxati ekranga chiqariladi (1-rasm).
Ro’yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo’lgan 8 ta panellarga
qo’shimcha ravishda yana 7 panel tanlanadi. Bular:
1. «Вид» - «Ko’rinish»,
2. «Визуальные стили» - «Vizual uslublar»,
3. «Моделирование» - «Modellashtirish»,
4. «Орбита» - «Orbita»,
5. «ПСК» (pol’zovatel’skaya sistema koordinat) - «FKT» (foydalanuvchi
koordinatalar tizimi),
6. «Редактирование-2» - «Tahrirlash-2»,
7. «Редактирование тела» - «Jismni tahrirlash» panellari.
Endi jami panellar soni 15 ta bo’lib, oldingi 2D panellari vaziyati o’zgartirilmagan
holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi.
Ish jarayonida panellar vaziyatini o’zgartirib turish tavsiya etilmaydi. 2-rasmda
panellarni joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo’lib, ular o’rnatib chiqilgandan so’ng
albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish
tavsiya etiladi va panellar
joylashuvi o’zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o’tib panellarning oldingi
vaziyatini tiklash mumkin bo’ladi.