Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari !!!! Ismi: Shag’zod



Yüklə 0,55 Mb.
tarix01.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#71708
Akbutayiv Shag\'zod232

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari !!!!

Ismi: Shag’zod


Qurilish Matireallari Muhandisligi 803-22 Guruh Talabasi
Mavzu:Kompyuter tarmoqlari ularning turlari.
Familya;Akbutayiv

Reja

  • 1-KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING TURLARI
  • 2-Mintaqaviy tarmoq

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING TURLARI

  • Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnikdasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi, Kompyuter tarmoqlari Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi

Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi. Mintaqaviy tarmoqbiror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.
Seleksiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlarmodellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.

Mintaqaviy tarmoq


Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.

Etiboringiz uchun raxmat!!!

Etiboringiz uchun raxmat!!!


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin