«Axborot xavfsizligi» kafedrasi 5330300-“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun bitiruv malakaviy ishi
«Axborot xavfsizligi» kafedrasi 5330300-“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: “Tizim xavfsizligini ta’minlashda ikki faktorli autentifikatsiyani telegram-bot orqali amalga oshirishni tashkil etish”
Bitiruvchi: 407-guruh talabasi Xudayberdiyev G’. R.
Mavzuning dolzarbligi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi, ayniqsa, Internet paydo bo‘lgandan boshlab, axborot o‘g‘irlash va axborot mazmunini buzib qo‘yish hollari ko‘paydi. Natijada axborot xavfsizligi muammosi O‘zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammoga aylandi.
Tadqiqot maqsadi. Ikki faktorli (2FA) autentifikatsiya, foydalanuvchi kiritgan shaxsiy ma'lumotlarni tasdiq etish uchun birinchi xavfsizlik faktori sifatida parol, keying qadamda esa egalik faktori bo’yicha jo'natilgan tasdiqlash kodlari, yoki xavfsizlik kalitlarini qo'llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladigan xavfsizlik tizimlari tashkil etish.

Ikki faktorli autentifikatsiya, birinchi faktor sifatida, masalan, foydalanuvchi nomi va paroli, kabi narsalarni talab qiladi. Ikkinchi faktor sifatida telefon raqami yoki elektron pochta manzili kabi biror narsa ham talab qilinadi.
Ikki faktorli autentifikatsiya muhim bir tushunchadir, chunki bu usul orqali, foydalanuvchilar xavfsizligi yuqori darajada ta'minlangan xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, internetda xizmatlardan foydalanishni oson va ishonchli qiladi.
Ikki faktorli autentifikatsiya, shuningdek, foydalanuvchilarning xavfsizligini oshirish va xavfsizlik zaxiralari ko'paytirishning yaxshi usuli bo'lib, shu sababli bugungi kunda juda ko'p tashkilotlar uchun zarurdir.