Aylanmadan olinadigan soliqning ahamiyati



Yüklə 62,73 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü62,73 Kb.
#159717

AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQNING AHAMIYATI

Qalandarov Feruzbek HBA 83

Reja:

  • 1. Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
  • 2. Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

  • Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi soliq to’lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo’yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

  • Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan ob’ektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi. Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

  • Soliq kodeksi bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan; -agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

  • Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq jami daromad soliq solish ob’ektidir, bundan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog’ida inobatga olinmaydigan daromadlar (Soliq kodeksi 304-moddasi “Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar”) mustasno.

Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

  • qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

  • - mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi; - vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar uchun — ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi; - tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, uchun - tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sog’lomlashtirish hamda xayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi; -notijorat tashkilotlarining Soliq kodeksi 318-moddasida ko’rsatilmagan daromadlari.

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

  • Soliq kodeksining 464-moddasiga ko’ra, jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: - O’zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo’yicha daromadlar; - soliq agentida soliq solinishi lozim bo’lgan dividendlar; - qaytariladigan ko’p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo’lsa; - amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo’shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;

Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi

  • hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar bo’yicha qayta hisob-kitob o’tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi; - tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning foizidan ko’prog’ini tashkil etsa

Yüklə 62,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin