1-ma’ruza Kirish. Ekologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#192120
  1   2
1-ma`ruza


1-ma’ruza
Kirish. Ekologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Reja:


  1. Ekologiya predmet sifatida

  2. Ekologiya fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

  3. Ekologiyaning asosiy bo’limlari

  4. Ekologiyaning vazifalari

  5. Ekologiyaning rivojlanish tarixi

Tayanch tushunchalar: Ekologiya, atrof-muhit, autekologiya, sinekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, inson va biosfera, Vernadskiy ta’limoti, evolyutsion biologiya, genetika va poleontologiya, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi


Ekologiya fan sifatida. «Ekologiya» atamasi va uning ma’nosi fanga 1866 yilda nemis biologi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U ekologiya deganda muhit va organizmlarning o’zaro bog’liqligini tushungan va fanning bu tarmog’iga quyidagicha ta’rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik mavjudotlarning muhitdagi organiq va noorganiq komponentlari bilan o’zaro aloqadorligini o’rganadi, bunda hayvonlar va o’simliklarning noantogonistik va antogonistik o’zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so’z bilan aytganda, ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o’zaro munosabatlarni o’rganadigan fan bo’lib, Ch. Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan biridir. Ayniqsa, Ch. Darvinning evolyutsion ta’limoti, «Turlarning tabiiy yo’l bilan tanlanishidan kelib chiqishi» kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo’shdi. Ammo Shved olimlari Bengt Hultman va Erik Levlinlar fikri bo’yicha, ekologik fanning asoschisi bo’lib Gilbert Uayt (1793 yilda vafot etgan) hisoblanadi. Uning ”Zelburnning tabiiy tarixi” asari xozirgi zamon ekologik harakatining asosi bo’lib hisoblanadi.
«Ekologiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma’noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so’zning sinonimi «oykologiya»dir.
Mazmun jihatdan ekologiya «o’z uyingda»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma’noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
«Ekologiya bir-biri bilan o’zaro bog’liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o’zaro munosabatlari haqidagi fandir».
Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Ekologiya biologik fan. U «organizm - muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma’lum ma’noda muhitga bog’liq bo’lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun muhitning «ob - havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o’z o’rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o’zi yo’q». Shunga qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo’lganda organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o’z ishi faoliyati davomida zoologiya, botaniqa, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning ma’lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko’radi. Bu fanlardan ekologiya ko’pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul qilgan.
Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Yer to’g’risidagi boshqa fanlarning asosiy o’rganish manbaidir. Shunday qilib ekologiyani biologiya va Yer to’g’risidagi fanlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan, deb qarash mumkin.
Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko’p hollarda injenerlik va texnologik usullar bilan hal etiladi (chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va sanoat oqimlarini tozalash, energiyaning noan’anaviy usullardan foydalanish va boshqalar). Shuning uchun ham ekologiya ayniqsa, uning tarmog’i hisoblangan amaliy ekologiya, texnik va texnologik fanlar bilan uzviy bog’langan.
Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. Shuning uchun ekologik o’rganishning zarur yo’nalishlaridan biri-jamiyat va tabiiy tizimlar orasidagi munosabatni o’rganishdan iborat.
Ekologiya nafaqat yuqorida qayd etilgan fanlar bilan, balki ma’lum darajada iqtisod, matematika, informatika, kibernetika va boshqa qator fanlar bilan ham chambarchas bog’liq.
Ekologiyaning bo’limlari. Ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi.
1. Autekologiya (“autos”-yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2. Populyasion ekologiya (“populyatsion” fransuzcha so’z bo’lib “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalarning tuzilishi va dinamikasini o’rganadi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonini o’zgarishi sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya (“sin”-yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.
4. Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo’limi, ya’ni biosfera (yunoncha “bio”- hayot, “sfera” shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning ta’sirida o’zgargan hayot qobig’i “biosfera” deb aytiladi. Biosfera atmosferaning qo’yi troposfera qismini, butun gidrosferani va litosferaning ustki qismi bo’lgan nurash qobig’ini o’z ichiga oladi. Organizmlar hosil qilgan yoki o’zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olganda biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga kirib, o’rganilayotgan ob’ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug’lar, o’simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham ekologiya fanining ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Ekologiyani o’rganish uslublari. Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko’pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o’xshashlarni soddalashtirish yo’li bilan o’xshatish ma’nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir. Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko’p tarmoqlari mavjud. Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keldi.
Ekologiya, evolyutsion biologiya, genetika va poleontologiya tutash kelgan joyda evolyutsion ekologiya vujudga kelgan bo’lsa, tarixiy geologiya, paleogeografiya va paleoklimatologiyalar tutashgan joyda esa paleoekologiya vujudga keldi. Oxirgi o’n yillikda shahar ekologiyasi, qishloq xo’jalik ekologiyasi (yoki agroekologiya) va sanoat ekologiyasiga bo’lingan hududiy ekologiya rivojlandi. Ba’zan ularni maxsus (yoki amaliy) ekologiyaga birlashtiradilar. Undan umumiy ishlab chiqarish jarayonida jamiyatning tabiiy muhit bilan o’zaro harakatini o’rganuvchi injenerlik ekologiyasi ajralib chiqdi. Kosmos ekologiyasi, x¢jayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning tarmoq va bo’limlari jadal ravishda rivojlanmoqda.
Xullas, ekologiyaning yana bir: Yer sharining tirik qismi haqidagi bo’limi - global ekologiya vujudga keldi.
Global ekologiya butun Yer sharini o’z ichiga oluvchi biosfera (hayot qobig’i) ni o’rganadi.
Ekologiyaning vazifalari. Ekologiya boshqa tabiiy fanlar singari nazariya, amaliyot va dunyoqarashni shakllantiradi.
Nazariy funktsiya insonning sub’ektiv intilishlarini, tabiatning mavjud ob’ektiv qonuniyatlarini chuqur o’rganish, shu bilan birgalikda dunyoning ilmiy manzarasini tuzish uchun jonli va jonsizlar birlik qonunlari, ularning o’zaro harakatini o’rganadi.
Ekologiyaning amaliy faoliyati nazariy bilimlarga tayangan holda, biosferani antropogen omillar ta’sirida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy, agrar-sanoat va ijtimoiy tizimlarni ilmiy asosda boshqarish, kelajak avlod uchun sof tabiiy dunyoni saqlashni o’rgatishdan iborat. L.I.Tsvetkova va boshqalar insoniyat jonsiz planetaga o’z qabri ustida «Har kim o’ziga yaxshi bo’lishini o’ylagan», degan yozuvni qoldirmasligi uchun o’zining butun aqli, kuchi va mablag’ini sarflashi lozim, deb yozganida naqadar haq edi.
Bugun biosferaning kelajagini, nafaqat bugungi kuni, balki ertangni kunini o’ylaydigan madaniyatli, aql-zakovatli kishilarni topish qiyin emas. Biosfera taqdiri bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan tabiiy, texnogen, ma’naviy element sifatida qabul qilinmokda. Ko’pchilikka hozirgi kunda ijtimoiy muammolar ekologik muammolar bilan chambarchas bog’liqligi sir bo’lmaganligi kabi, zamonaviy ekologiya ham o’z navbatida sotsiologiya, siyosatshunoslik, etika, ma’naviyat va boshqa ijtimoiy fanlarsiz o’z ma’nosini yo’qotadi. Yuqorida qayd etilganlardan mantiqan ekologiyaning dunyoqarashni shakllantiruvchi funktsiyasi kelib chiqadi, ya’ni inson o’zi ham tabiatni bir bo’lagi ekanligini his etishi, tabiiy jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatishi, iqtisodiy va ekologik qiziqishlarni hisobga olishi shart. Ekologik muammolarni hal qilish uchun A.V. Losev va G.G.Provadkin ta’kidlaganidek, «Jamiyatning barcha qatlamlari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini birlashtiruvchi g’oya zarur». Shunday g’oya aql-idrok rivojlanishining noosferaga o’tish g’oyasi bo’lishi mumkin.
Ekologiyaning rivojlanish tarixi. Inson paydo bo’lganidan beri ekologiya bilan shug’ulanadi. Hayot tabiat dialektikasi asosida rivojlanishiga tarix guvohdir. Shuning uchun ham jamiyat va tabiat birligini noto’g’ri baholash unga nisbatan zid harakatlar qilish jamiyatda tuzatib bo’lmas hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayonni to’g’ri tushunish uchun ekologiya fanini o’rganish lozim. Ingliz olimi Djulian Xaksli (1972) ma’lumotlariga ko’ra, Yerda hayot 2700 000000 yil oldin paydo bo’lgan bo’lsada, insonning tabiatga faol ta’siri Kichik Osiyoda 10000 yil oldin boshlangan yoki boshqacha qilib aytganda, neolit, ya’ni yangi tosh asri davridan (Piter Farb, 1971) oldin boshlangan. Chex olimi Ya. Yelinek (1982) ma’lumotlari bo’yicha Yaqin sharqda eramizgacha bo’lgan 8-7 ming yillarda shaharlar mavjud bo’lib, suyakka ishlov berish texnikasi mavjud edi. V.S. Altunin va A.S. Shulyaklarning (1991) fikriga ko’ra, insonning tabiiy muhitga faol ta’siri meziolit (eramizgacha 10-5 ming y.) davridan boshlangan, Yaqin Sharqda meziolit madaniyati 10500 yillarda ancha rivojlangan.
Eramizgacha bo’lgan V asrda Suqrot (eramizgacha 169-399y.) ishlarida ham atrof muhit haqidagi fikrlar aytilgan. Keyinchalik Gippokrat (eramizgacha 480-377y.) iqlim-milliy harakter xususiyatlarini belgilaydi, qadimgi grek tarixchisi Gerodot esa jamiyat rivojlanishi tabiatga bog’liq degan fikrlarni bildirganlar.
Markaziy Osiyoning buyuk allomalari Xorazmiy (782-847 y.), Farg’oniy (861 y.), Farobiy (870-910 y.), Beruniy (973-1048 y.), Ibn Sino (980-1937 y.), Bobur (1483-1530 y.), Ulug’bek (1394-1449 y.), tabiat haqidagi fanlarga katta hissa qo’shgan. Ular tabiat qonuniyatlarini, ¢simliklar va hayvonot dunyosini har tomonlama o’rganib atrofimizni o’rab turgan muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga chaqirganlar.
O’rta asrlarda ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626 y.) jamiyatning ta’sir etishidan tabiiy muhitni saqlash vazifalarni qarab chiqqan edi. XVIII asr o’rtalarida taniqli tabiatshunos Karl Linneyning (1707-1778 y.) «Tabiat tizimi» nomli ajoyib asari e’lon qilinib, o’simliklar va hayvonlarni ilmiy tizimlarga ajratishga asos bo’ldi. Frantsuz naturalisti Jan Batist Lamark (1744-1829 y.) organizmlarga muhitning ta’siri masalasini o’rganishni o’rtaga tashladi. Tabiat haqidagi fanlarni rivojlantirish fikrlarini nemis olimi A. Gumboldt (1769-1859 y.), rus zoologi Karl Rule (1814-1858 y.) va N.A. Severtsov tadqiqotlarida kuzatish mumkin. 1913 yilda Ch.Adamsning hayvonlar ekologiyasi to’plami, 1927 yilda Ch. Eltonning fundamental ishlari, 1933 yilda D.N. Qashqarov, 1943 yillarda akademik V.N. Sukachev ekologiya haqidagi ishlari e’lon qilindi. XX asrning 20-30 yillarida hozirgi O’zbekiston Milliy Universitetida tashkil topgan D.N. Qashqarov - Ye.P. Korovin ekologlar maktabi fanning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. K.Z. Zokirov, T.Z. Zohidov, M.V. Kultiasov, E.M. Murzaev, R.U. Rahimbekov, A.K. Rustamov va boshqalar bu maktabning yirik namoyondalaridandir. Qashqarov-Korovin maktabi jahonning yetakchi ekologlari tomonidan e’tirof etilgan.
Amerikalik olim Yu. Odum va rossiyalik akad. V.I. Vernadskiylar ham XX asrning buyuk ekologlari qatorida turadi. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o’zining BMT assambleyasi (26-28 sentyabr) 48-sessiyasida so’zlagan nutqida jahon jamoatchiligini muammolarga e’tiborini qaratdi. YuNESKO ijroiya kengashida (23.04.96 y.) «Halqaro gumanitar siyosatda ekologik o’lchov asosiy mezon bo’lishi lozimligini tajriba ko’rsatmoqda» deb ta’kidlagan edi.
Prezidentning chuqur tahlillariga asoslangan chaqirig’i nafaqat O’zbekiston, balki butun Yer shari tsivilizatsiyasining ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishi uchun barcha kuchlarni birlashtirishga qaratilgandir. Chunki ko’pincha ekologik muammolar regionlararo, davlatlararo tavsifga ega bo’lib bitta mamlakat bu masalani hal etolmaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, ekologiya va tabiiy fanlarning rivojlanish tarixini yoritish, ochilmagan qirralarini aniqlash va uni kelajak avlodga yetkazish bugunning dolzarb masalasiga aylanmog’i darkor.


John Harper tabiatdagi o’zgarishlarni izohlar ekan, “tabiat barcha narsani hazm qilishi mumkin, biroq uning sog’lom muhiti yo’qolishi muqarrar” deydi. Ekologiyaning tarixi haqida quyidagi olimlar tadqiqot olib borganlar. Jumladan, Jonathan Anderson, Mike Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valerie Eviner, Andy Foggo, Jerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel Holyoak, Jim Hone, Peter Hudson, Johannes Knops, Xavier Lambin, Svata Louda, Peter Morin, Steve Ormerod, Richard Sibly, Andrew Watkinson, Jacob Weiner, and David Wharton. Shuningdek, Jane Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden, Delia Sandford and Nancy Whilton kabilar tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari haqida fikr yuritishagan.Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1869 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan.
Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. “Ekologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “oykos” – uy, vatan, makon va “logos” – ta’limot, - degan ma’nolarni bildiradi.
Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi. Ekologlar esa mana shu hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.1
The word ‘ecology’ was first used by Ernest Haeckel in 1869.
Paraphrasing Haeckel we can describe ecology as the scientific study of the interactions between organisms and their environment. The word is derived from the Greek oikos, meaning ‘home’. Ecology might therefore be thought of as the study of the ‘home life’ of living organisms.
John Harper has very reasonably decided that the attractions of retirement and grandfatherhood outweigh those of textbook co-authorship. For the two of us who remain, there is just one benefit: it allows us to record publicly not only what a great pleasure it has been to have collaborated with John over so many years, but also just how much we learnt from him. We cannot promise to have absorbed or, to
be frank, to have accepted, every one of his views; and we hope in particular, in this fourth edition, that we have not strayed too far from the paths through which he has guided us. But if readers recognize any attempts to stimulate and inspire rather than simply to inform, to question rather than to accept, to respect our readers rather than to patronize them, and to avoid unquestioning obedience to current reputation while acknowledging our debt to the masters of the past, then they will have identified John’s intellectual legacy still firmly imprinted on the text. In previous editions we thanked the great many friends and colleagues who helped us by commenting on various drafts of the text. The effects of their contributions are still strongly evident in the present edition. This fourth edition was also read by a series of reviewers, to whom we are deeply grateful. Several remained anonymous and so we cannot thank them by name, but we are delighted to be able to acknowledge the help of Jonathan Anderson, Mike Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valerie Eviner, Andy Foggo, Jerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel Holyoak, Jim Hone, Peter Hudson, Johannes Knops, Xavier Lambin, Svata Louda, Peter Morin, Steve Ormerod, Richard Sibly, Andrew Watkinson, Jacob Weiner, and David Wharton. At Blackwell, and in the production stage, we were particularly helped and encouraged by Jane Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden, Delia Sandford and Nancy Whilton.
Michael Begon, Colin R.Townsend and John L.Harper. Ecology. UK. Blackwell Publishing Ltd. 4 th edition, 2006. P.759. P. 9-12.



Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin