Inson va tabiiy landshaftlar landshaft va uning tuzilishi



Yüklə 135,53 Kb.
tarix10.06.2023
ölçüsü135,53 Kb.
#127974
Inson va tabiiy landshaftlar-fayllar.org


Inson va tabiiy landshaftlar

Inson va tabiiy landshaftlar

LANDSHAFT VA UNING TUZILISHI


  • «Landshaft» nemischa so‘z bo‘lib, «joy» degan ma’noni bildiradi. hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k. Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajra- lib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho‘rxokli landshaftlar, tog‘lardagi yaylov, o‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir.

LANDSHAFT VA UNING TUZILISHI


  • Odatda landshaftlar tabiiy va atropogen landshaftlarga ajratila- di.

  • Tabiiy landshaft — faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir Tabiiy landshaft. Archazor

  • etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo‘riqxonasidagi

  • archazorlar shular jumlasiga kiradi.

Antropogen landshafti

— tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaftdir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi (22-rasm). Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar u yoki bu darajada inson ta’sirida bo‘ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaft- lar insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo‘linadi: qishloq xo‘jalik yoki agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar, yaylovlar); suv yoki gidrogen landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari); sha- har yoki seliteb landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); sanoat land- shaftlar (zavodlar, shaxtalar, chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo‘llar va h.k.). Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo‘lib, uning eng kichik birligi fatsiyadan iboratdir.

Fatsiya

— bir xil tog‘ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, mikroiqlimga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan eng kichik tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, qayir fatsiyasi, o‘zan fatsiyasi, toshli qayir, gilli qayir fatsiyalari. Antropogenlar landshaft. Karyer

Maydon

(urochisha) — fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy hududiy kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo‘lib, bir necha fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan, botiqdagi sho‘r va sho‘rxoklar; oq saksovulli tekis qumlar; do‘ngli qumlar va h.k.

Joy


  • — maydonlar majmuasidan iborat bo‘lgan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, yoyilmalarning yuqori, o‘rta va quyi qism- lari, tog‘larning suvayirg‘ichi, yonbag‘irlari va h.k. Ma’lum bir hududdagi joylar yig‘indisi landshaftni tashkil qila- di. Masalan, cho‘l landshafti — qumli, gilli, toshli, taqirli joylar- dan iborat. Demak, landshaft — joylar majmuasidan, joylar — maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyasidan iborat. Yoki landshaft- lar — joylarga, joylar — maydonlarga, maydonlar — fatsiyalarga bo‘linar ekan.

  • Landshaft — hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butun, geografik tuzilishi, relyefi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil bo‘lgan tabiiy hududiy kompleksdir.

  • XX asrning 60-yillarida Tojikistondagi Zarafshon tumanida Mirzacho‘lning janubiy qismidagi prolyuvial tekislikning yuqori qismida 15 ming gektar yer o‘zlashtirilib, sug‘orila boshlandi. Oqibatda prolyuvial tekislikning quyi qismida joylashgan O‘zbekistonning 50 ming gektar yerida yer osti suvlari sathi ko‘tarilib, tuproqlarni sho‘r bosdi. Chunki, prolyuvial tekis- likda yer osti suvlarining gorizontal (yotiq) harakati kuchli bo‘lishi tufayli Zafarobod tumanida sug‘orish boshlanishi bilan tuproqqa shimilgan suvlar prolyuvial tekislikning etak qismlari tomon hara- kat qilgan. Oqibatda yer osti suvlari sathi ko‘tarilib, Mirzacho‘l- ning avvaldan sug‘orib kelinayotgan yerlarida katta hududni sho‘r bosishiga olib kelgan.

Yüklə 135,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin