2-amaliy mashg‘ulot. Ishqalanish koeffitsientini hisoblash. Ishning maqsadi



Yüklə 329,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2023
ölçüsü329,08 Kb.
#89032
2-амалий



2-amaliy mashg‘ulot. Ishqalanish koeffitsientini hisoblash. 
Ishning maqsadi. Turli materiallardan yasalgan sirpanib ishqalanuvchi 
jufliklarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlashdan iborat. 
Nazariy ma'lumotlar. Sirpanib ishqalanishda ikki qattiq jism tutashuv 
nuqtasidagi tezlik miqdori va yo'nalishi har xil bo'ladi. Ishqalanish jarayoni 
ishqalanishda ishtirok etuvchi juflikka ta'sir etuvchi normal va ishqalanish 
kuchlari, sirpanish tezligi va ishqalanish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. 
Ishqalanish koeffitsiyenti deb № bir-biri bilan tutashuvda bo'lgan qattiq jism 
orasidagi ishqalanish echini shu jismlarni bir-biriga bosib torgan normal kuchga 
nisbati aytiladi. Ishqalanish va yeyilishning molekular-mexanik nazariyasiga 
muvofiq ishqalanish koeffitsiyenti molekulyar va mexanik qismlardan iborat. 
Ishqalanish koeffitsiyentining molekulyar qismi ishqalanish sirtlarini o‘zaro 
adgeziyasi sifatida namoyon bo‘ladi, mexanik qism esa ishqalanish sirtladagi 
g'adir-budirliklami o'zaro mexanik ta'siridan hosil bo'ladi. Ikki jism orasidagi 
ishqalanish koeffitsentiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: ishqalanish juftligiga ta'sir 
etuvchi normal yuklama; yuzaning g'adir-budirlik darajasi; ishqalanish juftliklari 
materialarining mexanik xususiyatlari; ishqalanishda ajralib chiqayotgan issiqlik va 
hokazolar. 
Kerakli asbob va uskunalar. Sirpanib ishqalanuvchi jufliklarning 
ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash qurilmasi, sirpanib ishqalanish koeffitsiyentini 
aniqlash uchun turli xildagi materiallar, tarozi tosh-lari. 
Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishi kafedrada yasalgan sirpanib 
ishqalanuvchi jufliklarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash (chizmasi 2-
rasmda keltirilgan) qurilmasida bajariladi. Sirpanib ishqalanish koeffitsiyentini 
aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi. Na-muna (7) ishqalanish sirti (6)ga 
qo'yilib, shunur (5)ning bir uchi na-munaga bog'lanadi va shunur g'altak (4) orqali 
o'tkazilib, uning ikkinchi uchiga tarozi toshini osish moslamasi (1) ga bog'lanadi. 
Laboratoriya ishini o'tkazishda tarozi toshini osish moslamasidagi yuklama (Q) 
sekin asta-oshirilib boriladi, yuklama ma'lum miqdorga yetganda namuna sirpana 
boshlaydi. Bu paytga to'g'ri keluvchi shnurning taranglik kuchi toshini osish 
moslamasidagi yuklama g'altak va uning o'qi o'rtasidagi ishqalanish kuchi hisobga 
olinmaganda son jihatdan ishqalanish sirti va namuna o'rtasidagi ishqalanish kuchi 
(F)ga teng bo'Iadi. Laboratoriya ishi mashinasozlikda ko'proq qo'l-laiuladigan 
materiallardan yasalgan ishqalanish juftliklarida o'tka-zilach. Namuna va 
ishqalanish sirti o'rtasidagi sirpanib ishqalanish koeffitsryenti quyidagi formuladan 
aniqlanadi: 


,
G
F
f

bunda, F- ishqalanish sirtini va namuna o‘rtasidagi ishqalanish kuchi; 
G- namunaning og‘irligi. 
2.1-rasm. Sirpanib ishqalanuvchi jismlarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash 
quritmasining chizmasi: 1 - tarozi toshini osish moslamasi; 2 - torozi toshi; 3 - g'altak 
tutqichi; 4 - g'altak; 5 - shnur; 6 - ishqalanish sirti; 7 - namuna. 
Tajriba natijalari 3-jadvalda keltiriladi. 
Ishqalanuvchi juftliklarning sirpanib ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash bo'yicha 
sinov natijalari 
3-jadval 
Ishqalanish jufligi 
Namunaning 
og‘irligi – G,N 
Ishqalanish 
Kuchi – F,N 
Sirpanib 
ishqalanish 
koeffitsenti- f 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 329,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin