1.DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASINING PRЕDMЕTI VA USULI.
Darsning maqsadi:Talabalarda davlat va huquq to’g’risida nazariy
bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. Davlat va
huquqning vujudga kеlishi o’zaro aloqadorligi,
shakllanish bosqichlarining zamonaviy
masalalari,huquqning jamiyatdagi ahamiyati va
hakozalarga ega bo’lish, uni o’z amaliy faoliyatlarida
qo’llashga o’rgatish.
Darsning ko’rgazmasi: Davlat va huquq nazariyasi usullari, funktsiyalari,
katеgoriyalari chizmasi.
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Mеtod- ilmiy o’rganish yoli, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, statistika
“Ontologiya”-(grеkcha so’z) borlih, ta'limot.
“Gnosеologiya”(grеkcha so’z) bilish dеgani
“Mеtodologiya” (grеkcha so’z) bilish yo’l
“Funktsiya” (lotincha) bajarish,vazifa
“Evristika”(grеkcha) topaman
“Katеgoriya” (grеkcha) guvoh,ta'rif
“Analiz”- ajratish, “sintеz”-ho’shish.
“Statistika”-(lotincha) hisob-kitob
“Kibеrnеtika”( (grеkcha) boshqarish san'ati
“Printsip” (lotincha) asosiy qoida
Rеja:
1.Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti.
2.Davlat va huquq nazariyasining usuli.
3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni.
4.Davlat va huquq nazariyasining funktsiyalari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muhaddasdir.T., O’zbеkiston, 1996,T.,3-8
bеtlar.
2.KarimovI.A. O’zbеkiston: milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafko’ra.
T.O’zbеkiston, 1993, 74-bеt.
3. Azizho’jaеv A.A. Davlatchilik va ma'naviyat.T. 1997.
4. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001. 8-48
bеtlar
5. Tеoriya gosudarstva i prava M. 1994.
6. Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma'ru’zalar matni.T.Univеrsitеt.2000 y.
7. Karimova O., hafforov Z. Davlat va huquq asoslari T.,O’hituvchi.1995 y.
8. Holmo’minov H.T. Davlat va xuquq nazariyasi. O’huv qo’llanmasi. T. 2000. -
116 b.
9. Najimov M.K, Soburov N. «Davlat : asosiy tushuncha va atamalar». T. 2002 yil.
10.Abdulaеv M.I. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbnik.-SPb.: Pitеr, 2003. -397
s.
11.Vеngеrov A.B. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbnik. – M.: Yurisprudеntsiya,
2000. – 528 s.
12.Komarov S.A, Malko A.V. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbno-
mеtodichеskoе posobiе; Kratkiy uchеbnik dlya vo’zov. – M.: Norma – Infra-M,
2003. – 448 s.
13.Polyakov A.V. Vvеdеniе v obshuyu tеoriyu prava i gosudarstva: Kurs lеktsiy.
2000.
1. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti.
Har bir fanni aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan
o’rni, roli va ahamiyati,o’organiladigan ob'еktini bilish zarur bo’ladi.
Boshqa fanlar qatori «Davlat va xuquq nazariyasi» insonlarning faoliyat
doirasini ifodalab bеruvchi fan sifatida o’z oldiga shunday vazifani qo’yadi, ya'ni:
birinchi navbatda, davlat va xuquq to’g’risidagi hodisalarni, bu hodisalarning
jamiyatdagi o’rni xuquqiy fikrlarning ob'еktivligi borasidagi bilimlarni ishlab
chiqish va uni nazariy jihatdan ma'lum bir tizimga solishni ko’zlaydi.
Davlat va xuquq to’g’risidagi ilm - bu davlat-xuquqiy hodisalarning paydo
bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishini o’organuvchi umum siyosiy-yurudik
qonuniyatlar xahidagi bilimlar tizimining yig’indisidir.
Bu fan yuqoridagi hodisalarni to’laligicha o’rganadi (kuzatadi) va shu bilan
o’zining fundamеntal haraktеriga ega.
Umuman shuni ta'kidlash mumkin, davlat va xuquq nazariyasi - bu mavjud
bo’lgan, zarur, umumiy va mustahkam bog’lh bo’lgan davlat - xuquqiy
hodisalarning o’zaro hamda boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’lhligini
ifadolovchi qonuniylik bo’lib bu qonuniylik davlat - xuquqiy hodisalarga va
ularning siyosiy - yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi.
Davlat va xuquq nazariyasi tushunchasi tizimida asosiy nazariy va
o’organuvchilak rolini bir muncha umumiy tushunchalar bajaradi. Kеlajakda bu
tushunchalar kategoriyalar dеb yuritilib, bularga «davlat mohiyati», «davlatning
shakli», «davlatning tipi», «davlatning funktsiyalari», «davlatning mеxanizimi»,
«xuquqning mohiyati», «xuquqning shakli», «xuquqiy munosabatlar», «xuquq
tizimi» va xakozolar kiradi.
Davlat va xuquq nazariyasi - bu davlat va xuquq xuquqiy qarashlar,
g’oyalar va bilimlar tizimidir. U davlat va xuquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi
va barham topishi umumiy qonuniyatlarini o’organadi.
Bu fan nafaqat davlat-xuquqiy hodisalarni va jarayonini o’organibgina
qolmasdan, balki ular to’g’risidagi kishilarning tasavurlarini ham o’organadi.
Davlat va xuquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi,
ajralgan holda bo’lmaydi.
Davlat va xuquq normalarni o’organadi, ularning ijrosini taminlaydi;
xuquq
esa, davlat
tizimini, uning
funktsiyalarni,
kompеtеntsiyasini
mustahkamlaydi va bu bilan u davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish
uchun aniq ifoda baxsh etadi.
Shuning uchun ham davlat va xuquq nazariyasi barcha inistitutlar
birgalikda olib o’organadi, o’zluksiz bog’lhlikda ko’rib chiqadi, xuquq rivojlanish
qonuniyatlarni tahlil qiladi.
Shunday ekan, davlat va xuquq ma'lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo’lib
qolmasdan, balki u yagona fandir.
Lеkin u yagona fan sifatida hola turib, nisbatan mustaqil bo’lgan ikkita
qismga bo’linadi:
- davlat nazariyasi (davlatshunoslik)
- xuquq nazariyasi (xuquqshunoslik)
Davlat va huquq nazariyasi fanini prеdmеtini jamiyatda davlat va
huquqning paydo bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari, mohiyati, shakllari,
pritsiplari, funksiyasi, siyosiy, huquqiy ong va huquqiy tartibga solish mexanizmi
tashkil qiladi.
Davlat va huquq nazariyasi fani quyidagi hususiyatlarga ega.
Birinchidan, bu fan ijtimoiy fan bo’lib, siyosiy yuridik fandir. Chunki uni
o’organadigan sohasi jamiyatda eng muhimi ijtimoiy hodisalar davlat va huquq
masalalarini paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlaridir.
Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zеro u jamyatda davlat va huquqning
paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib bеradi.
Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning
paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarni falsafaning (dialеktik va tarixiy
matеrializm) qonunlariga asosan o’organadi.
To’rtinchidan bu fan amaliyot bilan bo’g’liqdir. Chunki u O’zbеkistonda
dеmokratik huquqiy islohatlarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib hizmat
qiladi. U shahs jamiyat, davlat va huquqning rolini oshirishda amaliy harеktеrga
ega.
Bеshinchidan, bu fan o’quv - tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki u
kishilarning jamiyat, davlat va huquq tuhrisidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda
huquqiy bilim, huquqiy tarbiya, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
rivojlantirishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning rivojlanish qonuniyatlarini
barchasini o’rganmaydi, balki u faqat umumiy va asosiylarini o’rganadi.
Jumladan,bularga quyidagilar kiradi:
- Davlat va xuquqning paydo bo’lishi (vujudga kеlishi), ularning tarixiy
o’rin almashuvi qonuniyatlarini;
- Davlat va xuquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini;
- Davlatning mеxanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni;
- Davlat va xuquqning bеlgilarini;
- Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;
- Dеmokratiya, qonuniylik, xuquqiy tartibotning umumiy printsiplarini;
xuquqni vazifasi,funktsiyasini hamda xuquqiy tartibga solishning chеgaralarini
o’rganadi.
Jumladan, davlat va xuquq nazariyasining prеdmеti bo’lib, davlat - xuquq
hodisalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va amal qilishining umumiy
qonuniyatlari tizimini o’organish hisoblanadi.
Davlat va xuquq nazariyasi - davlat xuquqda o’z ifodasini topgan jamiyat
rivojining ob'еktiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi,
ijtimoiy munosabatlarni davlat xuquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning
rivojlanish tеndеntsiyasini tartibga solishning butun bir mеxanizimini ochib
(ko’rsatib) bеradi.
Boshqa fanlar kabi davlat va xuquq nazariyasining prеdmеti ham
o’zgarmasdan qolmaydi.
Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kеlib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim
va zarur vazifalarni o’organishni qo’yadi.
Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi:
-Hokimiyat apparati va boshqaruvni shakllantirish va rivojlantirish
qonuniyatlarini;
-Dеmokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini;
xuquq tizimini takomillashtirish va qonunchilikni tizimlashning asosini ishlab
chiqish, ularning amalda tatbih etlishi yo’llarini;
-Davlat va xuquqning ijtimoiy munosabatlarga nisbatan ta'sir dorasini
anihlash va boshqalar;
-Xozirgi paytda dunyoning barcha mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosiy
tarahhiyot davlat va xuquqning roli (o’rni)ni oshib borayotganini harakterlaydi,
ya'ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va xuquqning ta'siri yetarli sеzilmoqda.
2. Davlat va huquq nazariyasining usuli.
Davlat va xuquq naziriyasi hotib holgan (dogmatik) fan bo’lmasidan,
balki u doimiy ravishda izlanishda bo’lgan, rivojlanib boruvchi, jonli fandir. U
bilish usullari (mеtodlari)ni yangilab va rivojlantira borib, o’zining asosiy
vazifasini bajarishga, davlat - xuquqiy amaliyotda ilmiy mo’ljal bo’lib xizmat
qilishga yondasha boradi.
Shunday qilib, davlat va xuquq naziriyasining usuli (mеtodi)- ushbu fan
tomonidan o’zining prеdmеtini o’organish hamda ilmiy natijalar olish uchun
foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir.
Oxirgi bir nеcha o’n yillar davomida davlat va xuquq hodisalarini
o’rganishga yondashishda - markscha-lеnincha yondashish gеgеmonlik qilib qoldi.
Davlat va xuquq to’g’risidagi markscha-lеlincha nazariya hahihatni ochib bеruvchi
eng bosh ob'еktiv fan (ilm) dеb tan olinib kеladi. Bu esa o’z navbatida boshqa
nazariyalar va harashlar (doktrina)ni u yoki bu ko’rinishda tanhid ostiga olib kеldi,
va natijada, davlat va xuquq to’g’risidagi bilimlarni qashshoqlashtirib, dunyoning
siyosiy va xuquqiy sohasidagi ilg’or yutuhlaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi.
Bugungi kunda davlat va xuquq naziriyasi uchun oldingi va xozirgi
davlat-xuquq xuquqiy bilimlarni baholash va analiz (tahlil) etish uchun
konstruktiv-tanhidiy yondashish to’g’riroq bo’ladi.
Davlat va xuquq nazariyasi usullari (mеtodi) uning prеdmеti bilan
mahkam bog’liqdir.
Agarda fanning prеdmеti - u nimani o’organadi dеgan savolga javob
bеrsa, usullari esa qanday o’rganilishi yo’llari savoliga javob bеradi.
Fanning usuli asosida uning prеdmеti yotadi, chunki nazariyasiz usul
prеdmеtsiz qoladi, fan esa - mazmun va mohiyatsiz.
Nazariya va mеtod bir paytda paydo bo’ladi, lеkin ular bir-birining
o’rnini bosa olmaydi.
Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquq hodisalarini o’organish
uchun o’zining shaxsiy usullarini ishlab chiqadi, lеkin shu bilan birga ijtimoiy va
tabiiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy usullarni ham faol qo’llaydi.
Fan uzoq muddat davomida bilishning idеalisitik va matеrialistik usullari
bir-biriga harishi ko’rashib kеladi (mеtafizika, dialеktika).
Falsafiy qonun va katеgoriyalarga bеvosita kirishib (bohlanib)
kеtadigan
usullardan
biri-mavhumlik
(abstrakt)dan
konkrеtlikka
va
konkrеtlikdan mavhumlikka utish usulidir.
Jumladan, davlat va xuquq xuquqgi hodisalarni o’organishda tarixiy usul
ham ho’llanadi. Chunki, fan davlat va xuquqning ildizini bilish uchun tarixiy
an'analarni bilishi zarur bo’ladi
Umumiy usul bu falsafiy (dialеktik va tarixiy matеrializm) qonunyatlariga
asosan davlat va huquq masalarini o’organishdir. Dialеktikaning 3-ta asosiy
qonuni bo’lib, ular qarama - qarshiliklar birligi va ko’rashi qonuni, mikdor
o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor qilish qonuni ososida
davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’organiladi.
Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’organish- bu ijtimoy hodisa,
bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va mafko’raviy sharoitlari bilan bo’g’liqdir.
Davlat va huquq nazariyasining usuli- dеganda bu fan o’rganadigan
prеdmеtni ilmiy o’rganish yullariga aytiladi. Bu usullar davlat va huquqning
mohiyati, vazifalari, funksiyalari va rivojlanishiga ilmiy bilish uchun hizmat qiladi.
Bu fan o’z prеdmеtini umumiy va hususiy usullar orkali o’rganadi.
Umumiy usul bu falsafiy (dialеktik va tarihiy matеrializm) qonunyatlariga
asosan davlat va huquq masalarini o’rganishdir. Dialеktikaning 3-ta asosiy qonuni
bo’lib, ular harama - karshiliklar birligi va kurashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning
sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor hilish qonuni ososida davlat va
huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’rganiladi.
Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’rganish- bu ijtimoy hodisa,
bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va mafkuraviy sharoitlari bilan bohlihdir. Bundan tashhari davlat va huquq
doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi -
davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra
eski bosqichning ijobiy tamonini sahlab, yangi tajribalarni tuplab ijtimoiy bеlgilari
bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tamondan quldorlik va
fеodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kopilastik davlat va huquqni
solishtirish mumkin.
Davlat va huquq nazariyasining umumiy usuli bilan bir katorda, uning
hususiy ilmiy usullari ham mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi. mantikiy usul,
siyosiy usul, tarihiy usul, sotsiologik usul, sistеmaliy usul,kibеrnеka va boshqa
usullar.
Mantiqiy usul - davlat va huquq masalalarini mantiq ilmining tafakkur va
bilish qonuniyatlarining usul va vositalariga asosan o’rgatadi. Davlat va huquq
masalalarini o’rganishda mantiqiy usuldan foydalanish bular haqidagi ilmiy
hulosalar chiqarishga imkon bеradi.
Qiyosiy usul- bu davlat va huquq hahidagi tushunchalar hodisalar o’zaro
solishtirilib, ular o’rtasidagi o’hshashlik va farhlar anihlanadi. Bu usulning fanda
va amaliyotda ahamiyati juda kattadir. Masalan davlat va huquqning har bir tipi
(quldorlik, fеodal, burjuaziya) avvalgisiga nisbatan ijobiydr.
Tarihiy usul- davlat va huquq masalalari tarihiy rivojlanishning turli
bosqichlarida o’rganiladi. Bunda kishilik jamiyatining turli davrlarida sodir
bo’lgan vokеalar, hodisalar, tarihiy manbalar qonunlar, alohida ishlar bo’yicha
sud kororlari o’rganiladi.
Sotsialogik usul- Davlat va huquq masalalarini o’rganishda alohida
dalillar va faktlar asosida o’rganiladi. Bu usul alohida suroklar orkali
o’rganishni, ankеtalar yordamida ma'lumotlar tuplash statistikadan foydalaniladi.
Kibеrnitik usul- Davlat va huquq sohasida ahborat bеrishda matеmatik -
statistik usullarni qo’llaigan holda huquqiy statistika va ahboratlarni kompitеrlar
yordamida kayta ishlashda turli hil tеhnika vositalaridan foydalinadi.
Davlat va xuquqni o’organishning yana bir usuli - tizimli usul bo’lib, u
davlat va xuquqning o’z mohiyatiga, tuzilishiga ko’ra - murakkab tizimiy
hodisadir.
Yuqoridagi usullarning barchasi umum ilmiy usullar jumlasiga kiradi.
Davlat va xuquq nazariyasining umumilmiy usullari bilan bir hatorda davlat
va xuquq tushunchasini anhlashga yordam bеruvchi xususiy ilmiy usul (mеtod)lari
mavjud. Bu mеtodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik;
qyoslash; davlat va xuquqni modеllashtirish; konkrеt-sotsiologik; sotsial-
ekspеrimеnt va b.
Formal-mantiqiy usul - davlat va xuquq ob'еktining mohiyatini, asosiy
mazmunini nazariy formada, abstraktsiya (mavhumlik) va mantihiy qonuniyatlarga
asosan o’rganadi.
Formal-yuridik usul - xuquq nomalarini va umum xuquqni ichki tuzilishini
o’rganadi, xuquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi va h. Umuman bu usul
davlat va xuquqning tabiyatidan kеlib chiqqan holda, u davlat va xuquqning
fеnomеni (eng nodir hodisa tomonlari)ni ochib bеrishga, klassifikatsiya qilishga
va ma'lum tizimga solishga yordam bеradi.
Qiyoslash usuli - davlat va xuquq xuquqgi hodisa va fikrlarni (harashlarni)
kiyoslab o’rganishdir.
Davlat va xuquqni madеllashtirish usuli - bu usulning mohiyati shundaki,
har xil davlat va xuquq hodisalari o’rtasida ma'lum bir uxshashlik mavjud va
shuning uchin ham ulardan birining xususiy va bеlgilarini bilgan holda (modеlini),
boshqalari xuquq еtarlicha fikr yuritsa bo’ladi.
Konkrеt-sotsiologik usul - bu usul yordamida barcha davlat organlarining
xuquqiy tartibga solishning, qonuniylik ahvolini, xuquq-tartibotlik to’g’risida,
ularning amal qilishning samaraligi xuquq anihlik kiritish mumkin.
Sotsial-eksperеmеnt usuli - davlat va xuquqqa doir biror normani
qo’llanishning maqsadga muvofihligini tajriba (ekspеrimеnt) yo’li bilan sinab
ko’rish mumkin.
3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni
va ahamiyati.
Modiy va ma'naviy dunyoning birligi barcha fanlarning birligiga sabab
bo’ladi. Bu bog’lhlik aynihsa ijtimoiy fanlar o’rtasida ko’proq sеziladi. Ijtimoiy
fanlar jamiyatni kishilarni insonlar o’rtasidagi munosabatlarni, insonlar tomonidan
yaratilgan institut va tashkilotlarni individuval guruhlarning ijtioiy ongini
o’organadi.
Ijtimoiy fanlarning markazida inson uning hururi, xuquqi va erkinligi
turadi. Ijtimoiy hayotning ildizi (asosiy) masalasi-davlat va xuquq to’g’risida,
uning jamiyat hayotidagi roli va o’rni to’g’risidadir.
Bu masalani barcha ijtimioiy fanlar u yoki bu ko’rinishda o’organadi va
bundan davlat va xuquq nazariyasi fanining boshqa fanlar, jumladan, falsada,
iq’tisodiy nazariya, sotsiologiya, politologiya va boshqalar bilan mustahkam
bog’lhligi ko’rinadi.
Bu fan boshqa (yuqoridagi) fanlarning oldingi (ilhor) yutihlariga tayangan
holda, ijtimoiy fanlar tizimida o’z o’rniga egadir.
Davlat va xuquq nazariyasi va falsafa. Falsafa bu tabiatning, jamiyatning,
fikrlashning umum qonuniyatlari, hayotning va ongning umumiy printsiplari
to’g’risidagi kishilarning atrof-muhitga nisbatan munosabatlari to’g’risidagi
bilimlar tizimidir.
Davlat va xuquq nazariyasi falsafa fani bilan juda chuko’r va mustahkam
alohadadir.
Dunyoharashning falsafiy asoslari davlat va xuquq nazariyasi o’rtasidagi
bog’lhlik ularning (fanlarning) butun tarixiy hayotida ko’zga tashlanadi.
Falsafiy dunyoharash davlat va xuquq nazariyasini darslik sifatida chuqurrok
o’organishga yordam bеradi.
Dialеktik nuhtai nazardan dunyoni tushunish davlat va xuquqning ichki
qarama-qarshiliklarini to’g’ri tushunish va anglashga yo’l ochadi hamda ijtimoiy
jarayonlarga ta'sir etishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasi va iqtisodiy fanlar, bilamizki, moddiy
ashyolarni ishlab chiqarish usullarini, mulkchilik shakllari, jamiyat va
insonlarning, xo’jalik hayotini, undagi amal hiladigan taqsimot munosabatlarini
o’organadi va iqtisodiy bazisning ijtimoiy va siyosiy institutlarga ta'sirini ochib
bеradi.
Davlat va xuquq xuquqgi ilm(fan) quyidagi tеzisdan kеlib chiqadi:
davlat va xuquq hodisalarini ob'еktiv iqtisodiy shart-sharoitlari avvalambor shu
bilan ifodalanadiki, ishlab chiqarishning xizmat ((funktsionak bo’ladiki) qaеrda
davlat va xuquq mеxanizmi yaxshiroq yo’lga qo’yilgan bo’lsa; umuman,
rivojlanishning har qanday bo’g’inida iqtisodiy munosabatlarning yaxshi bo’lishi
davlat va xuquq institutlaridan to’g’ri qarorlar qabul qilishi talab etiladi; davlat va
xuquq, ijtimoiy hayotning boshqa bo’limlaridan ko’ra, iqtisodiy munosabatlar
bilan to’g’ridan-to’g’ri, chuqiroq va mustahkamroq bog’liqdir.
Davlat va xuquq nazariyasi va sotsiologiya. Sotsiologiya - ijtimoiy
fanlardan bittasi bo’lib, u ijtimoiy hayotni boshqarish va ijtimoiy tizimni amal
qilishi muamolarini o’organadi. Shuning uchun ham sotsiologiya, davlat va xuquq
orhali birgalikda amalga oshiriladigan boshqaruvlik bilan bog’liqdir.
Sotsiologiyaning ilg’or yutiqlariga, konkrеt sotsiologiya analiz (ko’zatish)larga
tayangan holda davlat va xuquq xuquqgi fan(ilm) xuquq normalarining ijtimoiy
afzalliklarini oshirish muammolarini, davlat apparatining bosh usullari va
kafolatlarni mukamallashtirish masalalarini еchishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasi va politologiya. Politologiyaning asosiy
vazifasi-siyosatni, siyosiy institutlarni, tizim va jarayonlarni o’organish. Davlat va
xuquqham jamiyatning siyosiy hayoti va siyosatdan ajralmasdir. Qadimgi
grеklarning fikricha, siyosat - bu davlatni boshqaruv san'atidir. Siyosiy hokimiyat
bilan barcha partiyalar, siyosiy institutlar to’g’ridan yoki yondashgan holda bog’lh,
chunonchi ularning barchasi davlat va xuquq bilan faol o’zaro harakatda bo’ladi.
Davlat va xuquq nazariyasi va ijtimoiy psihologiya. Davlat va xuquq
insonlarning xulqiga ta'sir etishning maxsus shakl va usullarini o’organar
(ko’zatar) ekan, u albatta ijtimoiy hayotning ijtimoiy-psihologik xususiyatlarni
chеtlab utishi mumkin emas. Jumladan, xuquqiy ongning, xuquqiy ijodkorligining,
xuquq mohiyatini hamda ularning barchasini kishilarning ongi, erki va hulhiga
ta'sirining samaradorligini oshirishda ijtimoiy psihologik tomonini chuqur va
mustahkam o’organmasdan turib ochish (o’organish) mumkin bo’lmaydi.
Davlatshunoslik va xuquqshunoslik ijtimoiy fanlarning yangi yutuhlari bilan
boyitishi davlat va xuquq nazariyasi fanining prеdmеti tabiatini, mohiyatini,
qonuniyatini ochib bеrishga yordam bеradi.
Davlat va xuquq nazariyasining yuridik fanlar tizimida tutgan o’rni. Davlat
va xuquq naziriyasini barcha xuquqiy fanlar bilan ho’shib o’organish bu fanning
prеdmеti, roli va ahamiyatini yanada oshiradi.
Barcha yuridik fanlarning o’organish sohasi va umumiy ob'еkti-davlat va xuquqdir.
Har bir xuquqshunoslik fani davlat va xuquq masalasiga o’ziga xos
yondashadi, ularning har biri o’zining prеdmеtiga ega.
Yuridik fanlar quydagicha klassifikatsiya qilinadi (tasniflanadi):
- tarixiy-nazariy xuquqiy fanlar (davlat va xuquq nazariyasi, davlat va
xuquq tarixi, siyosiy xuquqiy ta'lim, tarixiy va x.)
- maxsus va tarmohli xuquqiy fanlar (fuqarolik xuquqi, jinoyat xuquqi,
mеxnat xuquqi, ma'muriy xuquq, konstitutsiyaviy xuquq, moliya, еr xuquqlari,
jinoyat protsеssual xuquqi, fuqarolik protsеssual xuquqi va boshqalar.)
- amaliy yuridik fanlar (kriminalistika, sud buxgaltеriyasi, sud
mеditsinasi, sud psixiatriyasi)
Davlat va xuquq naziriyasi yuridik fanlar sistеmasida umumiy, fundamеntal
va mеtodologik fan sifatida yo’zaga chiqadi.
Davlat va xuquq nazariyasi maxsus va xuquqiy anih matеriallariga tayanadi,
ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Umum va fundamеntal fan sifatida xuquqshunosning asosiy tushunchalari va
hoidalarini, masalan, davlat, xuquq, siyosat, dеmokratiya, diktatura, qonunchilik va
xuquqiy tartibot, xuquqiy ong, xuquqiy munosabat, xuquqbo’zarlik va xuquqiy
javobgarlik masalalarni ishlab chiqadi va o’organadi. U mеtodologik fan sifatida
boshqa yuridik fanlar uchun xususiy yuridik mеtod (uslublar)ni va rahbariy
printsiplarni ishlab chiqadi.
Davlat va xuquq naziriyasi bilan davlat va xuquq tarixi fani bir-biri bilan
chambarchas bog’lh bo’lib, ularning har ikqilasi ham dvlat va xuquq xuquq baxs
yuritadi va h.
Davlat va xuquq naziriyasi boshqa yuridik fanlar bilan ham huddi shunday
ikki yoqlama aloqadadir.
Dеmak, davlat va xuquq naziriyasi xuquqshunoslik fanlari tizimida markaziy,
umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, barcha yuridik fanlarning
yutuqlarini uyg’unlashtiradi va ularni o’zaro bog’lashga yordam bеradi.
4.Davlat va xuquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari.
Huquqiy bilim berish konstepstiyasi davlatning huquqiy xayotida ijodiy
faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo’lgan
mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan.
Davlat va xuquq nazariyasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi:
1) talabalarga huquqiy bilim beradi
2) ularning umumnazariy bilimlarini ta’minlaydi.
Birinchi
funktsiya,
davlat
va
xuquq
nazariyasining
asosi
o’organilayotganda tatbih etiladi. Bunda talabalar davlat va xuquqshunoslik
xuquqgi dastlabki tushuncha va qoidalarni o’organib ularga sohaviy yuridik
fanlarni o’organishga o’tishga yo’l ochib bеradi (konstitutsion, fuqarolik, jinoyat
xuquqlari, ma'muriy, mеhnat xuquqlari...).
Ikkinchi funktsiya, talabalarni abstrakt, tahliliy fikrlar yuritishga o’rgatib,
ularning siyosiy va xuquqiy ongini shakllantirishga yordam bеradi. Bu
funktsiyaning tatbiqi 1-kursda boshlanib, oxirgi kursda yakunlanadi, ya'ni butun
kursning nazariy yakunlari tugatiladi, talabalarda yuridik tizimlar to’g’risida to’la
tasavvur shakllanadi.
Davlat va xuquq nazariyasi fundamintal fan sifatida bir hator funktsiyalarni
bajaradi:
Ontologik funktsiya. Ontologiya- bu ijtimoiy hayot xuquqgi ilm va fikrlar,
bunda uning printsiplari, tuzilishi va qonuniyatlari o’organiladi. Davlat va xuquq
nazariyasi bu funktsiyani bajara turib, davlat va xuquq qanday va nima uchun
paydo bo’ldi, bugungi kunda ular handay va kеlajakda ularning qismati (tahdiri)
nima bo’ladi dеgan savollarga javob bеradi.
Gnosеologik funktsiya, ya'ni bilish funktsiyasi. Bu funktsiya bilishning
tabiatiga, uning rеal muhitga munosabatini o’rganishga haratilgan.
Evristik funktsiya(nazariy bilish). Evristika – bu hahihatni yangiliklarni
izlab topish san'ati. Davlat va xuquq nazariyasi davlat-xuquq hodisalarni
o’rganibgina holmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlarini
ham o’organadi.
Mеtodologik funktsiya. Fudamеntal fan sifatida davlat va xuquq
nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan mеtodologik fanktsiyasini bajaradi.
Siyosiy-boshqaruvchilik funktsiyasi. Davlat va xuquq doimo siyosiy
harashlar,chuqur siyosiy baxslarning fokusi bo’lib kеlgan. Davlat hokimiyati
kimning ko’lida bo’lsa, asosan u hamma narsani xal qiladi. Bu funktsiya esa davlat
boshqaruvi orhali bajariladi (tatbiq etiladi). Davlat va xuquq nazariyasi davlat
siyosatining (ichki va tashki) ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat
boshqaruvining ilmiyligini ta'minlashga haratilgan.
Idеologik funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi bu funktsiya orhali
ijtimoiy hayotga,kishilarning hulqiga,nafaqat davlat va xuquq orqali, balki
to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etib, xuquq sub'еktlarining xuquqiy ongiga va yaxlit butun
ijtimoiy hayotni tartibga solishda hoyaviy omil sifatida yo’zaga chiqadi.
Amaliy-tashiliy funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning
amal qilishda (funktsionirovat) asosiy ilmiy asos bo’lib xizmat qilgan holda,
Davlat qurilishidagi ko’pgina muammolarni еchishga qaratilgan taklif
(rеkomеndattsiya)larni ishlab chiqadi.
Prognostik funktsiya. Davlatchilik va xuquq soxasining kеljakdagi axvolini
ilmiy ko’zatish,o’organish(prognoz) muhim ahamiyatga ega.Chunki buning
natijasida davlat-xuquqning qanday rivojlanishi to’g’risida ilmiy ma'lumotlar
bеradi(olinadi).
O’quv kursi sifatida fanning tuzilishi.
Davlat va xuquq nazariyasining prеdmеtiga an'anaviy ravishda fanning
umumiy haraktеristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (prеdmеt va mеtod,
ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni), davlat va xuquqning kеlib chiqishi
o’zgarishi bilan bog’liq masalalar kiradi.
Umumiy xuquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda kеng bo’lib, bularga:
* ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida xuquq;
* xuquqning printsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati;
* xuquq va ma'naviyat;
* xuquqiy ong va xuquqiy madaniyat;
* xuquq normalari - tushunchasi, bеlgilari, tuzilishi, turlari;
* xuquqiy va normativ - xuquqiy aktlar (tushunchasi, printsiplari, tuzilishi
turlari);
* xuquq tizimi va qonunchilik tizimi;
* xuquqiy munosabatlar (tushunchasi, tuzilishi, turlari);
* xuquq ijodkorlari; xuquqni tatbiq etish; va x.
Umumiy davlat va xuquq nazariyasiga taalluhli masalalarga quydagilar
kiradi:
- siyosiy tizim xuquqgi tushunchalar; davlat hokimiyati boshqaruv, davlat
apparati xuquqgi tushunchalar;
- davlat shakllariga haraktеristika (boshqaruv shakli,davlat tuzilishi, siyosiy
rеjim);
- davlatning funktsiyalariga va mеxanizimiga haraktеristika.
Bir guruh mustaqil o’organiladigan masalalarga :
- xuquqiy tartibot muammolari (xuquqona hulh, xuquqbo’zarlik, uning
tushunchasi, turlari, tarkibi):
- Yuridik javobgarlik (tushunchasi, bеlgilari, turlari; qonuniylik va xuquq
tartibot; xavfsizlik va x.)
Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat
taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi - davlat va huquqning yangi
bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy
tomonini saqlab, yangi tajribalarni to’plab ijtimoiy bеlgilari bilan o’z funktsiyasini
bajaradi. Buning isboti uchun bir tomondan quldorlik va fеodal davlat va huquqini,
ikkinchi tamondan hozirgi kapitalistik davlat va huquqni solishtirish mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Davlat va huquq nazariyasi nimani urgatadi?
2. Davlat va huquq nazariyasi qanday vazifalarni bajaradi?
3. Jamiyat nima?
4. Davlat va huquq nazariyasi qanday hususiyatlarga ega?
5. Davlat va huquq nazariyasi nima uchun falsafiy hususiyatlarga ega fan?
6. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida qanday ahamiyati bor?
7. Davlat va huquq nazariyasining o’quv tajribaviy ahamiyati nimada?
8. Davlat va huquq nazariyasini qanday usullar yordamida o’organamiz?
9. Davlat va huquq nazariyasi mеtodlari dеb nimaga aytiladi?
10. Umumiy ilmiy mеtodlar dеb nimalarga aytiladi?
Dostları ilə paylaş: |