O`zbek bolalar adabiyotining o`rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar qlib va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda davrimizning qudratli qurolidir. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblarda yosh avlodning hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona-diyorimizga, mеhnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ular yurtimizning munosib farzandlari bo’lishga chaqiradi.
O`zbek xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X. To`xtaboevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham ma'lum va mashhurdir. Qo`lingizdagi "Sariq devni minib" sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo`lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo`l halol mexnat,yaxshi xulq va qunt bilan o`qishga ekanligi ta'kidlanadi.
Ma'lumki, "Sariq devni minib" romani X.To`xtaboev ijodidagina emas, o`zbek bolalar adabiyotida ham alohida sahifani tashkil etadi. Asardagi sehrli qalpoqcha ramziy timsolini adibning jiddiy ijodiy topilmasi deyish mumkin. Sehrli qalpoqcha muallif badiiy niyatini ijro etishdagina qulaylik tu`gdirib qolmasdan, kitobxonning qiziqishini tutib turuvchi vosita vazifasini ham bajaradi.
Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqcha yordamida turli k`ochalarga kirib chiqishi roman syujeti qurilishida muhim o`rin tutadi. Kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqcha yordam bergan taqdirda ham bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda `oz o`rnini topib, baxtli b`ololmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa "bilim ol", "hunar o`rgan" degan quruq pand-nasihatdan ming chandon ta'sirliroqdir.
"Sariq devni minib" asarimning jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab - 1971 yili Italiyaning Rim shahrida bo`lib `otgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari b`olgan", - deydi adib suhbatlaridan birida.
"Sariq devni minib" asarimning jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab - 1971 yili Italiyaning Rim shahrida bo`lib `otgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari b`olgan", - deydi adib suhbatlaridan birida.
X`osh, adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada?
Nima uchun roman aynan shunday nomlangan?
Shu `orinda, avvalo, "Sariq dev" iborasining ma'joziy ma'nosini ifodalash joiz. Nima uchun aynan "sariq", qora yoki oq emas?
Ma'lumki, sariq - nafs-olov ma'nolarini bildiradi. Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya'ni nafs bandalari "Nafs olovlar" deb ham ataladi.
Ibora tarkibidagi "dev" afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan. Asar qahramoni Hoshimjon ham o`z nafsiga anchagina erk beradi: Nafs deviga minib yo`lga tushadi.
Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha `oy-fikrlar orqali hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-s`ozlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining yutug`ini ta'minlashga xizmat qilgan. Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri "sehrli qalpoqcha"ning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g`aroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.
X.To`xtaboev qahramonlarining har biri o`ziga xos qiyofa va gapirish manerasiga ega b`olsa-da, ularni adib asarlaridan asarlariga sayqal topib kelgan quvnoq va hayotbaxsh yumor birlashtirib turganini il`gash hiyin emas. "Rostini aytsam, - deydi Hoshimjon, - o`zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o`quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho`x bolalarga o`xshab, kun bo`yi ko`cha changitib yurmayman. Yashirib nima qilaman, k`ocha changitib yurgandan k`ora komandaga b`olinib olib, t`op tepgan yoki holiroq joyga, masalan, oying harchand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak `oynagan ming marta yaxshi".