Multimedia ma’lumotlar bazasini yaratish. MySQL va MS ACCESS, ORACLE da ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish vositalari.
Reja:
Multimedia ma’lumotlar bazasini yaratish.
MySQL ma'lumotlar bazasini yaratish
Ms Access da ma’lumotlar ba’zasini yaratish
ORACLE da ma’lumotlar bazasini yaratish
Xulosa
Multimedia ma’lumotlar bazasini yaratish.
Yozuvlar to'plamini uyushgan shaklda saqlash uchun ma'lumotlar bazasidan foydalaniladi. Bu bizga kerakli ma'lumotlarni tez-tez topish uchun ma'lumotlarni jadvallar, qatorlar, ustunlar va indekslarda saqlashga imkon beradi. Biz ma'lumotlar bazasi orqali yozuvlarga juda oson kirishimiz va boshqarishimiz mumkin.
Ma'lumotlar bazasi - bu oddiy yoki murakkab ma'lumotlar faylini belgilaydigan, umumiy usullar yordamida tartibga solinadigan, manipulyatsiya qilinadigan va so'roq qilinadigan so'z.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompьyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompьyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.
Dostları ilə paylaş: |