Rm-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish. Rt- 250M-2 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish. Statimat- c uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini o‘rganish ag-1 uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini



Yüklə 336,79 Kb.
səhifə1/5
tarix09.09.2023
ölçüsü336,79 Kb.
#142181
  1   2   3   4   5
2-Loboratoriya


RM-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish.
RT- 250M-2 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish.
Statimat- C uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini o‘rganish
AG-1 uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini o‘rganish. Ishning maqsadi: RM-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganishdan iborat.
Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, passiv va aktiv qisqichlar, o‘tkazgich mexanizmi aktiv qisqichga bog‘langan cho‘zilishni o‘lchagich qismi va elektryuritgichdan iborat.
Kerakli jihozlar: Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Ishning asosiy qismi: Elektryuritgichni harakatga keltirish ishlari «vverx» yoki «vniz» tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Agar namunani uzish vaqtida xatolik ro‘y bersa, elektryuritgich avtomatik ravishda to‘xtaydi. Elektryuritgichni hohlagan paytda to‘xtatish uchun «stop» tugmachasi bosiladi.
Uzish mashinasi (RM-3-1) ning texnik va metrologik hususiyati:
1) Eng yuqorigi uzish qiymati 30 N.
2) Uzishning o‘lchash oralig‘i: 1 shkala - 1 dan 5 N gacha, 2 shkala - 2 dan 10 N gacha, 3 shkala - 6 dan 30 N gacha. Nisbiy kuch o‘lchash xatoligidagi belgilangan oraliq ±1 foiz.
3) Deformatsiyaning o‘lchash oralig‘i: 0 dan 300 mm gacha, 0 dan 60 foizgacha. O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik og‘irligi: ±1 mm.
4) Aktiv qisqichning harakat tezlik oralig‘i 80 dan 800 mm/min. gacha.
5) Qisg‘ichlar orasidagi masofa: 0 dan 500 mm gacha.
RM-3-1 uzish mashinasini tekshirish usuli
1. Nisbiy kuchni aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlash.
2. Deformatsiyani aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlash.
3. Mashina tezligini sozlovchi tezlik shkalasining xatoligini aniqlash.

Yüklə 336,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin