Ishning bajarilish tartibi: Nisbiy kuchni aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlashda, mashinaning passiv (yuqori) qisqichiga etalon toshlari ilinadi (shkala qiymati chegarasida). So‘ngra etalon toshlari qiymati mashinaning nisbiy kuchni o‘lchash shkalasida aks etadi. Etalon toshlar qiymati va mashina shkalasidan olingan qiymatlar jadvalga to‘ldirilib, tegishli formulalar yordamida nisbiy kuchni o‘lchovchi shkalaning doimiy va nisbiy xatoligi aniqlanadi.
Sinov savollari: 1. O‘lchash ehtimolligini aniqlash formulasini auting.
2. Disperciyani aniqlash formulasini auting.
3. To‘qimachilik materiallarining xususiyatlari nimadan iborat.
Ishning maqsadi: RT- 250M-2 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish iborat. Kerakli jihozlar: Uzish mashinasi (RT- 250M-2) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Ishning asosiy qismi:Uzish mashinasi RT-250 (RT-250 M-2) to‘qimachilik gazlamalarining mustahkamligini va uzilishdagi uzayishni aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘uyidagi qismlardan tashkil topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, pastki va yuqori qisqichlar, o‘tkazgich mexanizmi, cho‘zilishni o‘lchagich qismi va elektryuritgich.
Elektryuritgichni harakatga keltirish “pusk” tugmachasini bosish orqali, pastki qisqichning haraktini esa qo‘l bilan tutqich (richag)ni tortib bajariladi. Pastki qisqich pastga harakatlanadi, namuna uzilgach esa avtomatik ravishda boshlang‘ich holatiga qaytadi.
Mustahkamlik mayatnikli kuch o‘lchagichda aniqlanadi. Kuch o‘lchagich mayatnigi sharikli g‘ildirak markaziga o‘rnatilgan.
RT-250 uzish mashinasining texnik va metrologik xususiyatlari. Eng yuqori uzish qiymati 250 kgk;
Uzishning o‘lchash oralig‘i:
1 shkala-0-50 kgk;
2shkala 0-250 kgk.
Kuch o‘lchash shkalasining oraliq bahosi:
1 shkala-0,1 kgk;
2 shkala-0,5 kgk;
Qiymatning nisbiy kuch o‘lchash xatoligi belgilangan oraliq ±1%;
Deformatsiyani o‘lchash oralig‘i 0dan 200gacha;
Mayatnik ko‘rsatishining siljishi tutqichni to‘g‘rilashda 2 mmdan ko‘p emas;
SHkalaning oraliq bahosi 1mm;
O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik oralig‘i ±1mm;
Pastki qisqichning harakat tezligi oralig‘i 80-250 mm/min;
Pastki qisqichning harakat tezligi xatoligi 5%dan ko‘p emas;
Pastki qisqichning harakat tezlik bahosi 10 mm/min;