Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish
yuritish bo‘yicha namunaviy
YO‘RIQNOMA
Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2020-yil “28” maydagi
136 -son buyrug‘iga
1-ILOVA
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy
YO‘RIQNOMA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish
yuzasidan tavsiyalar”, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 402,
1998-yil 29-yanvar), Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami 746, 1999-yil 14-iyun),
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1268, 2003-
yil 29-avgust) talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirligi (bundan buyon matnda
vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi tashkilot va muassasalarda kadrlarga oid hujjatlarni yuritish tartibini
belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, vazirlik tizimidagi tashkilot va ta’lim
muassasalarida (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) kadrlarga oid hujjatlarni yuritish
tashkilot rahbarlari tomonidan mazkur yo‘riqnomaga muvofiq ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida
amalga oshiriladi.
3. Yo‘riqnoma kadrlar xizmati mas’ul xodimlarining (boshqarma, bo‘lim, sho‘ba xodimlari va
ta’lim muassasalari kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor)lari) ish yuritish faoliyatini tashkil etishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, kadrlar tarkibining harakatini o‘z vaqtida hisobga olish uchun tashkilotda to‘g‘ri
va yagona kadrlarga oid ish yuritishni olib borish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
4. Yo‘riqnoma bilan shaxsiy tarkibga oid hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi (tartibi)
o‘rnatiladi hamda kadrlarga oid hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish, tasdiqlash, yuritish va saqlash
qoidalari belgilanadi.
5. Kadrlar xizmatida mehnat qonunchiligi talablari asosida quyidagi harakatlarni amalga
oshirish rasmiylashtiriladi:
ishga qabul qilish; boshqa
ishga o‘tkazish;
mehnat shartnomasini bekor qilish;
ta’tillar berish;
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
intizomiy jazo choralarini qo‘llash; mehnat
daftarchalarini yuritish;
ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;
xizmat safarlariga yuborish;
xizmat guvohnomalarini berish.
Kadrlar xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
6. Kadrlarga oid ish yuritish, o‘rnatilgan ishlash tartibi qoidalariga, kadrlarga oid hujjatlarni
rasmiylashtirish va saqlash muddatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik tashkilotning kadrlar xizmati
bo‘yicha tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sho‘ba) rahbariga, alohida tarkibiy bo‘linma
bo‘lmaganda esa, ushbu vazifani amalga oshiruvchi mas’ul xodimga (mutaxassis, kadrlar bo‘yicha
menejer) yuklatiladi.