O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi



Yüklə 228,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/28
tarix13.10.2022
ölçüsü228,12 Kb.
#65066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
08.12.1992. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI
MUQADDIMA
O‘zbekiston xalqi:
inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,
hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,
o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,
respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,
o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini
qabul qiladi.
BIRINChI BO‘LIM. ASOSIY PRINSIPLAR
I bob. Davlat suvereniteti
1-modda.
O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va
“O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va
madhiyasiga ega.

Yüklə 228,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin