Davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati o‘zbekiston respublikasining qonuni



Yüklə 18,41 Kb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü18,41 Kb.
#127169
  1   2   3
21.davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati


DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNNING HAYOTIY AHAMIYATI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
21.10.1989 y.
N 3561-XI
DAVLAT TILI HAQIDA
(Yangi tahrirda)
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish taʼminlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa - ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish taʼminlanadi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy maʼlumot olishni taʼminlaydi.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini taʼminlaydi, shu jumladan, unga hamma eʼtirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga taʼminlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis palatalari tegishli qo‘mitalarining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinadi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi taʼminlanadi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

Yüklə 18,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin