Davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati o‘zbekiston respublikasining qonuni



Yüklə 18,41 Kb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü18,41 Kb.
#127169
1   2   3
21.davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati

10-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi taʼminlanadi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqish va hal qilishda davlat tili qo‘llaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo‘lgan taqdirda - boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi taʼminlanadi.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qatʼi nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy anʼanalarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.

Yüklə 18,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin